1. Afrika materigini 20° meridian yoyi bo‘ylab shimoldan janubga qancha masofaga cho‘zilganligini gradus va km larda hisoblang.
Yechish: Afrikaning shimoliy va janubiy chekka nuqtalari koordinatlarini aniqlaymiz. Bunda shimoliy ch.n. 330, janubiy ch.n. 350 kengliklarga to‘g‘ri keladi.
Shunday ekan: 33 + 35 = 68
(Ma’lumki, 1 meridian yoyi oralig‘idagi masofa 111 kmga teng)
111 x 68 = 7548 km
Javob: Afrika materigi 20° meridian yoyi bo‘ylab shimoldan janubga 7 548 km masofaga cho‘zilgan.
2. Quyida berilgan ta’rif materikning qaysi iqlim mintaqasi uchun xos?
Usbu hudud ekvatorning har ikkala tomonida joylashgan. Bu yerada yil bo‘yi harorat yuqori va yog‘inlar miqdori ko‘p (1500-1800 mm) bo‘ladi. Ayrim joylarga 10 000 mm gacha, o‘rtacha yillik va oylik harorat +26°C ga teng bo‘ladi.
Javob: Ekvatorial iqlim mintaqasi.
3. Berilgan rasmda С ва D harflar bilan Afrika materigining qaysi iqlim mintaqalari ko‘rsatilgan?
1. Afrika materigini 10° meridian yoyi bo‘ylab shimoldan janubga qancha masofaga cho‘zilganligini gradus va km larda hisoblang.
Yechish: Afrikaning shimoliy va janubiy chekka nuqtalari koordinatlarini aniqlaymiz. Bunda shimoliy ch.n. 370, janubiy ch.n. 30 kengliklarga to‘g‘ri keladi.
Shunday ekan: 37 + 3 = 40
(Ma’lumki 1 meridian yoyi oralig‘idagi masofa 111 kmga teng)
111 x 40= 4440 km
Javob: Afrika materigini 10° meridian yoyi bo‘ylab, shimoldan janubga 4400 km masofaga cho‘zilgan.
2. Quyidagi iqlim xususiyatiga ega bo‘lgan mintaqa qanday nomlanadi?
Bu Yerning iqlimi faqat materikda emas, balki butun dunyoda eng issiq na eng quruq iqlim hisoblanadi. Quyosh qumli cho‘llarni 70°-80°C gacha qizdiradi, kechasi harorat 0°C gacha pasayib ketadi.