52. Mafkuraviy tajovuz va unga qarshi milliy xavfsizlikni ta'minlash zarurati Javobi



Yüklə 15,21 Kb.
tarix16.03.2023
ölçüsü15,21 Kb.
#124173
52. Mafkuraviy tajovuz va unga qarshi milliy xavfsizlikni ta\'minlash zarurati


52. Mafkuraviy tajovuz va unga qarshi milliy xavfsizlikni ta'minlash zarurati
Javobi:
Taraqqiyot jarayonida ijtimoiy munosabatlar chuqurlashib, davlatimiz murakkab umumbashariy muloqot tizimiga uyg’unlashib borayotgan pallada rahbar kadrlar mas’uliyati kuchayib boradi. Mas’uliyatni his qilish esa, birinchi navbatda, davlat va umummilliy manfaatlar darajasida fikr qilish bilan uzviy bog’liqdir. Ona zaminga muhabbat, vatanparvarlik tuyg’usi elu yurtga tahdid solishi mumkin bo’lgan har qanday xavf-xatarni yengishning asosiy manbaidir. Shunday ekan, Vatan xavfsizligi va barqarorligini ta’minlashda, uning kuch-qudratini yanada oshirishda inson salohiyati, ya’ni inson omilining o’rni beqiyosdir. Davr inson dunyoqarashi va faoliyatida sifat jihatdan o’zgarish ro’y berishini, o’zligini anglab yetishini taqozo etmoqda. Darhaqiqat, inson aql-idroki, zakovati va salohiyati ijtimoiy taraqqiyot, olam yaxlitligining birdan-bir omiliga aylanishiga ehtiyoj kuchaymoqda. Turli-tuman tahdidlarni bartaraf etish faqat va faqat inson zimmasiga tushmoqda. Shu bois jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin tutadigan bunyodkorlik ruhi bilan yo’g’rilgan, hayotimizni obod va farovon bo’lishiga xizmat qiladigan yangi ishlanmalar, taklif va tavsiyalar bugun har qachongidan ham zarurdir. Bugungi g`oyalar kurashi ketayotgan davrda inson ma’naviyatini boyituvchi ma’naviy ozuqa sifatida xizmat kiluvchi vosita bu adabiyot va san’atdir. Adabiyot va san’at azal – azaldan inson qalbining ifodachisi sifatida xalq hayotini yorqin buyoqlarda aks ettirib kelgan. Adabiyot va san’at hamisha, turmushning mushkul damlarida ham, quvonchli paytida ham odamlar kayfiyatiga ta’sir ko`rsatib, ularga ma’naviy madad bo`lib kelgan. Hayotning barcha tamonlarini o`zida mujassam etgan adabiyot va san’at kezi kelganda xaqiqat va adolat jarchisi bulib maydonga chiqqan. Mustakillikdan so`ng adabiyot va san’atga bo`lgan e’tibor kuchaydi. Milliy – ma’naviy tiklanish jarayonida hukumatimiz tamonidan adabiyot va sanatni rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratildi.
Yüklə 15,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin