5A110101 - Aniq va tabiiy fanlarni o’qitish metodikasi (matematika)
magistratura mutaxassisligi uchun magistraturaga kirish sinovlari dasturi va
baholash mezonlari
Tuzuvchilar:
1.
Umumiy matematika kafedrasi mudiri, f-m.f.f.d.,
PhD. F.O’.Sulaymonov
2.
Matematika o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri v/b
dots., PhD. J.B.Ergashev
Taqrizchilar: Guliston davlat universiteti
Oliy matematika kafedrasi
mudiri p.f.n., dots.D.Turdiboyev
Samarqand
davlat
universiteti
dotsenti
f.-m.f.n.,
O.Abdullayev
Dastur Jizzax davlat pedagogika instituti Kengashining 2021-yil 3-iyuldagi
№ 11-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Kirish
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tashkil etishning xalqaro
standartlarga mos bo‘lgan samarali tizimini shakllantirish borasida
yirik islohotlar
davom etmoqda. So‘nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida ehtiyoj
yuqori bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni ta’minlash, xorijiy tajribalar asosida
oliy ta’limning o‘quv reja
va dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim jarayoniga yangi
pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Islohotlarning bosh maqsadi yoshlarning oliy
ta’lim bilan qamrab olinishini yanada kengaytirish, oliy ta’lim muassasalari orasida
sog‘lom raqobatni kuchaytirish va bozor sharoitida
raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashdan iborat.
5110100 - matematika o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi –
Respublikamizdagi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida,
shuningdek
umumiy o‘rta ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi bo‘lajak matematika fani
o‘qituvchilariga matematika kursini ilmiy asoslarini oʻrgatish
va uni samarali
oʻqitish hamda hozirgi zamon matematikasini oʻrganish uchun yetarli matematik
bilim, koʻnikma va malakalar shakllantirishdan iborat.
5A110101 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
magistratura mutaxassisligiga kiruvchi talabalar uchun ta’lim yo‘nalishi o‘quv
rejasiga asosan 4 ta ixtisoslik fanlari bo‘yicha: «Matematik analiz», «Algebra va
sonlar nazariyasi», «Geometriya» va «Matematika o‘qitish metodikasi»
fanlaridan
test savollari shakllantirilgan. Bu fanlar negizida qamrab olingan ma’lumotlar
quyida batafsil keltirilgan.
5A110101 – Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (matematika)
magistratura mutaxassisligiga kirish imtixoni test shaklida o‘tkaziladi,
umumiy
savollar soni 50 ta, shundan: 13 dan mutaxassislik (mateatik analiz, algebra va
sonlar nazariyasi va geometriya) bo‘yicha hamda 11 ta ixtisoslik (matematika
o;’qitish metodikasi) fanidan bo‘ladi. Har bir to’g’ri javobga 2 balldan 100 ballik
baholash tizimida baholanadi.