5A210201– Psixologiya (faoliyat turlari boʻyicha) mutaxassisligi uchun


Taraqqiyot psixologiyasi va diferensial psixologiya



Yüklə 454,93 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix19.05.2022
ölçüsü454,93 Kb.
#116020
1   2   3   4   5   6   7   8
23 5A2102012 Psixologiya dastur 2021 (1)

Taraqqiyot psixologiyasi va diferensial psixologiya. 
Psixik rivojlanish qonuniyatlariga biogenetik yondashuv. Rekapitulyasiya 
konsepsiyasi. (St. Xoll). Rivojlanishda tarixiylik va individuallik o‘zaro 
aloqadorligi muammosi. Ontogenezda psixik rivojlanishni harakatlantiruvchi 
kuchlarni tushunishga omilli yondashuvlar. Nativizm va empirizm. Preformizm 
nazariyasi. Uch bosqich nazariyasi (K.Byuler). Etilish nazariyasi. (A.Gezell). Bola 
psixik rivojlanishiga normativ yondashuv (A.Gezell, A.Bine, L.Termen). Klassik 
assotsianizm (Dj.Lokk) rivojlanishda muhit va tajribaning roli haqida. Bixeviorizm 


11 
va neobixeviorizmda rivojlanish muammosi (D.Uotson, E.Torndayk, K.Xall, 
B.Skinner). Ijtimoiy o‘rgatish nazariyasi (A.Bandura, R.Uolters). Konvergensiya 
nazariyasi (V.SHtern). Rivojlanishni


12 
tushuntirishda psixodinamik nazariyalar. Psixoanaliz va rivojlanish nazariyalari 
(Z.Freyd). 
Etishmovchilik 
kompleksi 
va 
sotsial 
hissiyot 
rivojlanishni 
harakatlantiruvchi kuch sifatida. Sibling maqomi va rivojlanish xususiyatlari 
(A.Adler). SHaxs rivojlanishini tushuntirishda M.Kleyn, A.Freyd, D.Vinnikot, 
M.Maler g‘oyalari. D.Boulbi nazariyasi. Eynsvort eksperimentlari. SHaxs 
rivojlanishini tushuntirishda epigenetik konsepsiya (E.Erikson). Bolaning 
intellektual rivojlanishi konsepsiyasi (J.Piaje). Egotsentrik nutq va egotsentrik 
tafakkur.
Rivojlanish psixologiyasida madaniy-tarixiy konsepsiya. (L.S.Vigotskiy). 
Yosh tuzilmasi va dinamikasi. Rivojlanishning ijtimoiy vaziyati tushunchasi. Bola 
rivojlanishida o‘qitish muammosi. Rivojlanishning yaqin zonasi tushunchasi, 
uning nazariy va amaliy ahamiyati.
Inson psixik rivojlanishini tushuntirishga ijtimoiy-madaniy yondashuv 
(A.Vallon). Ekologik tizimlar modeli (U.Bronfenbrenner).
Chaqaloqlik davrining psixologik xarakteristikasi. Chaqaloqlik davri inqirozi. 
Jonlanish kompleksi.Go‘daklik davrida rivojlanishning ijtimoiy vaziyati va etakchi 
faoliyat. Go‘daklik davrining psixologik xususiyatlari. Go‘daklik davrida aqliy 
rivojlanish. 1 yoshdagi inqiroz. 
 
Maktabgacha yoshdagi davrda aqliy taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari. 
Piaje 
tajribalari. 
Bolaning 
maktabga 
ruxiy 
tayyorgarligi 
muammosi. 
Kommunikativ tayyorgarlik. Kognitiv tayyorgarlik. 6-7 yosh inqirozi.  
Kichik maktab yoshi davrining o’ziga xos psixologik xususiyalari. Kichik maktab 
yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlar va 
anatomik-fiziologik o‘zgarishlar. 7 yosh inqirozi: yuzaga kelish sabablari, 
simptomlari. Kichik maktab yoshidagi bolaning etakchi faoliyati sifatida.
O‘smirlik davri inson taraqqiyotidagi tub burilish davri sifatida. O‘smirlik 
davridagi asosiy fiziologik va neyrogumoral o‘zgarishlar. O‘g‘il va qiz bolalarda 
o‘smirlik davrida jismoniy rivojlanishdagi farqlar. Akseleratsiya va uning o‘ziga 
xosligi. Usmirlik davrida kuzatiladigan asosiy psixologik o‘zgarishlar. Pubertat 
inqirozi. O‘smirlik davridagi shaxslararo munosabatlar.
 
O‘smirlik davrida xulq-atvorda kuzatiladigan o‘zgarishlar. O‘smirlik davrida 
dominant extiyojlar, o‘z-o‘zini tasdiqlashga bo‘lgan extiyoj. Usmirlik davrida 
o‘zini-o‘zi baxolash dinamikasi va uni tadqiq etish usullari. O‘smirning emotsional 
xususiyatlari. 
O‘smirlik 
davrida 
ijtimoiylashuv 
jarayonining 
uziga 
xosligi.O‘smirlar submadaniyati 
 
O‘spirinlik davri inqirozi. Dunyoqarashning kamol topishi.
Yetuklik davrining tabaqalanishi. Erta etuklik, o‘rta etuklik va kechki etuklik 
davrlari. Etuklik davrida yuz beradigan asosiy fiziologik o‘zgarishlar. Etuklik 


13 
davrida aqliy bilish jarayonlari rivojlanishi masalalari. Ijtimoiy vaziyatning o‘ziga 
xosligi. Erta etuklik davrining jismoniy, psixosotsial va kognitiv rivojlanish 
xususiyatlari. «O‘rta yoshlar» inqirozi.
O‘rta etuklik davrida kognitiv imkoniyatlarning o‘zgarishi va saqlanib 
qolishi. Salomatlik masalasi etuklik davrining asosiy muammosi sifatida. Etuklik 
davrida tafakkurning bir maromliligi. Etuklik davrida qadriyatlar tizimi va undagi 
o‘rin almashinishlar.
Gerontopsixologiyaning fan sifatida shakllanishi. Xozirgi davrning asosiy 
ijtimoiy-gerontologik muammolari. Keksalik va qarish. Qarilik davrining 
anatomik-fiziologik xususiyatlari va asosiy jismoniy o‘zgarishlari. Qarilik 
davrining o‘ziga xos psixologik xususiyatlari. Qarilik davrida kognitiv soxaning
o‘ziga xosligi. Qarilik davridagi intellektual saloxiyatning o‘ziga xosligi. Qarilik 
davrining ijtimoiy muammolari. Emotsional etishmovchilik sindromi. 
Gerontopsixologiyada shaxslararo munosabatlar muammosi. Qarilik davrining 
asosiy emotsional xususiyatlari. Moslashuv va yolg‘izlik muammolari. «Yolg‘izlik 
xissi» kompleksiva uning o‘ziga xos xususiyatlari. Qarilarni ijtimoiy-psixologik 
jixatdan qo‘llab-quvvatlash muammolari. 
Uzoq umr ko‘ruvchilar psixologiyasi. Uzoq umr ko‘rishning biologik ijtimoiy 
va psixologik omillari. Qariyalar bilan psixologik-konsultatsiya tadbirlarini olib 
borish xususiyatlari. Qariyalar uyida psixolog faoliyati va uni takomillashtirish 
tadbirlarini ishlab chiqish.
Individuallikni tadqiq etishga bo‘lgan yondashuvlarning xilma-xilligi va 
ularning tadqiqot vazifalariga bog‘liqligi. Ilmiy adabiyotlardagi mavjud 
paradigmalar: “biologik va ijtimoiy”, “tug‘ma va orttirilgan”, “irsiyat va muhit 
bilan bog‘liq”. Individuallikni tadqiq etishning o‘qitish va tarbiyalash, kasbga 
yo‘naltirish, konsultatsiya, profilaktika va korreksiya uchun ahamiyati 

Yüklə 454,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin