О‘zbekistonning ma’naviy va madaniy taraqqiyoti
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritilishi O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish uchun qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratdi. Bizning diyorimizda bozor munosabatlari yangilik emas. Ming yillar davomida ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan ajoyib mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyoning to‘rt tomonga chiqarib savdogarlik qilgan, mol almashgan. O‘zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib o‘zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘limizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bo‘lib qoldi. O‘zbekiston tanlagan islohot yo‘li ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilib dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o‘zining hayotiyligini namoyish etmoqda. Bu tamoyillarning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
iqtisod siyosatdan ustun turib, mafkuraviy tazyiqlarsiz, o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog‘i kerak;
davlat bosh islohotchi o‘rnida bo‘lib, u islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim;
bozor munosabatlariga o‘tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart;
bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o‘tkazish;
ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo‘nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tish evolutsion yo‘l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur. Yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tish tamoyillari asosida g‘oyat ma’suliyatli va murakkab vazifa-iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning boshlang‘ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtirilgan, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o‘tishdan iboratdir.
Bozor islohotlarini amalga oshirish.
2. Davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, xalqimiz davlatchiligi tarixi, milliy qadriyatlar va jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan isloh qilish va rivojlantirish milliy modeliga ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning beshta asosiy tamoyili asos qilib olindi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish «o‘zbek modeli»ning asosiy tamoyillari. Rivojlanishning «o‘zbek modeli» deb nom olgan jamiyatni modernizatsiya qilish va yangilash modelining amalga oshirilishi tarixan qisqa muddatlarda iqtisodiyotning tarkibini tubdan o‘zgartirish, makroiqtisodiy muvozanatni va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkonini berdi.
YAIMning o‘sish sur’atlari (o‘tgan yilga nisbatan foiz hisobida)
O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgan vaqtdan buyon mamlakat YAIMining hajmi xarid qilish qobiliyatining pariteti bo‘yicha qariyb 4,5 marta oshdi, shu bilan birga, so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari kamida 8 foizni tashkil qilmoqda.
O‘zbekiston mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik, neft-gaz-kimyo, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat va to‘qimachilik kabi mutlaqo yangi tarmoqlari barpo etildi. Asaka va Pitnak shaharlarida «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar, Samarqandda «Isuzu» avtobuslari va «MAN» kompaniyasi bilan hamkorlikda yuk avtomobillari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavodlar ishga tushirildi.
Neft-gaz-kimyo tarmog‘ida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmui, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi va bir qator boshqa yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar qurildi.
Shu bilan birga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishlar samaradorligini oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda, ular natijasida 2000-2013 yillarda mehnat unumdorligi 2,1 marta oshib, iqtisodiyotning energiya sarfi 3,2 martaga qisqardi.
Sanoat tarmoqlarining o‘sish sur’atlari, (foiz) (1990 y. = 100 foiz)
3. O'zbekiston rivojlanish xarakatlar Strategiyasi: asosiy yunalishlar, vazifalar.
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) o‘rta muddatli istiqbolda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab bergan eng muhim dasturiy hujjat hisoblanadi.
2017-yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda alohida e’tibor “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” degan tamoyil va “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyaning, eng avvalo, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatish hamda fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining real himoya qilinishini ta’minlash orqali hayotga amaliy tatbiq etilishiga qaratildi.
Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida 30 dan ortiq qonunlar hamda 900 dan ortiq qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi keng ko‘lamli islohotlar, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, xalq farovonligini yuksaltirishning mustahkam huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: |