6-BOB. BUXGALTERIYA HISOBI REGISTRLARI VA SHAKLLARI 6.1. Buxgalteriya hisobi registrlari haqida tushuncha va ularning ahamiyati Buxgalteriya hisobi korxonalar faoliyatini yoppasiga, uzluksiz hisobini olib borar ekan, bunda hujjatlashtirish ahamiyati yuqoridir. Kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar dastlabki hujjatlarda aks ettirilib boriladi, so'ngra shu dastlabki hujjatlar har tomonlama tekshirilib, buxgalteriyaga qabul qilib olinadi. Tekshirib qabul qilib olingan dastlabki hujjatlar asosida buxgalteriya provodkalari amalga oshiriladi. Tabiiyki, bu buxgalteriya provodkadari ham hujjatlashtirilishi shart. Buning uchun buxgalteriya hisobi registrlaridan foydalaniladi. Demak, buxgalteriya hisobi registrlari - hisob yozuvlarini (buxgalteriya provodkalarini) aks ettirishga mo'ljallangan jadvallardir. Buxgalteriya hisobi registrlari - jumallar, vedomostlar, kitoblar, tasdiqlangan blankalardir. Hisob registrlarining ahamiyati shundaki, ularga schyotlarga tegishli ko‘rsatkichlar aks ettiriladi, umumlashtiriladi, oy oxiriga qoldiqlar aniqlanadi va umuman, xo‘jalik mablag'lari va ular tashkil topish manbalari bilan bog‘liq ma’lumotlar aks ettirib boriladi. Hisob registrlari ma’lumotlari oy oxirida umumlashtirilib, korxona balans va hisobotlarini tuzishda asos hisoblanadi. Demak, hisob registrlaridagi ma’lumotlaming nechog‘lik o ‘z vaqtida to‘g ‘ri va aniq rasmiylashtirilishi nafaqat korxonaning o ‘zim uchun, balki uning balans va hisobotlaridan foydalanuvchilar uchun ham ahamiyatli ekan. 115