tegishli registming bo‘sh joyiga
izoh berilib, xatoni tuzatgan shaxsning
imzosi bilan tasdiqlanadi.
Jumal-order shaklida hisob yuritishda hisob registrlaridagi xatolar
korrektura usuli bilan ularda hisobot oyi uchun jami chiqarilgunga qadar
tuzatiladi. Registrlar jamlangandan so‘ng, lekin
yozuvlar bosh dafitarga
o ‘tkazilmasdan oldin, registrlardagi xatoni tuzatish, buning uchun
belgilangan
bo‘sh
qator yoki
grafada,
maxsus
buxgalteriya
m a’lumotnomasi (spravkasi) asosida amalga oshiriladi. Jamlangan
m a’lumotlar dafitarga o ‘tkazilgandan so‘ng registrlarda xatoni tuzatishga
yo‘l qo‘yilmaydi.
Bunday vaqtda
ham xatoni tuzatish maxsus
tuziladigan buxgalteriya m a’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi. Bu
m a’lumotnomadagi
yozuv Bosh
dafitarga
alohida
o ‘tkaziladi.
M a’lumotnoma esa xato topilgan jum al-orderga ilova qilinadi (tikib
qo‘yiladi).
Masalan: “Materiallar” schyoti buxgalteriya hisob reestriga 40050
so‘m o ‘miga, 40000 so‘m yozilgan:
40000 (14.03.18) “to ‘g'rilanganligiga ishonilsin ” (imzo).
“Qizil
stomo”
usulidan
buxgalteriya
provodkasi
noto‘g ‘ri
berilganida, yoki ko‘p summa aks ettirilganida foydalaniladi.
“Qizil stomo” usuli yordamida xato yozuv qizil rangli siyoh orqali
to‘g ‘rilanadi. Ya’ni qizil rangda yozilgan raqam,
shu raqam yozilgan
aylanma jam i summasidan ayirilishi kerak.
Qizil siyohdagi yozuv aks ettirilib, xato yozuv to‘g ‘rilanganidan
so‘ng, to ‘g ‘ri buxgalteriya provodkasi hisob registrlariga yozib
qo‘yiladi.
Masalan: “Asosiy ishlab chiqarish” uchun ombordan material
berildi
60000 so‘m. Ushbu jarayon uchun
buxgalteriya provodkasi
quyidagicha bo‘ladi:
Debet “Asosiy ishlab chiqarish”.
Kredit “Materiallar”.
Buxgalteriya xodimi tomonidan esa, hisob registrlariga 600 000
so‘m aks ettirilgani aniqlandi.
123
Xato yozuvni bitta 0 ni o ‘chirish orqali to‘g ‘rilash mumkin emas.
Demak, “qizil stom o” usulidan foydalanishga to‘g ‘ri keladi.
600 000-540 000 = 60 000.
Buxgalteriya hisob registrlariga 540 000 so‘m ortiqcha yozilganligi
sababli, 600000 dan 540 000 ayirilishi shart. Aksincha, yozilishi kerak
bo'lgan summadan
kam summa yozilgani aniqlansa, “qo‘shimcha
yozuv” usulidan foydalaniladi.
Masalan, xodimga hisoblangan ish haqidan 170 000 so‘m daromad
solig‘i ushlab qolindi. X o'jalik jarayoni buxgalteriya hisob registrida
quyidagi buxgalteriya provodkasi asosida aks ettiriladi:
Debet 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”.
Kredit 6410.
Xato yozuv orqali yuqoridagi schyotlar uchun yuritiladigan
buxgalteriya hisob registriga 170 000 soni o ‘m iga 120 000 soni
yozilgani aniqlandi.
170 0 0 0 - 1 2 0 000 = 50 000.
Xato yozuv to ‘g ‘rilanishi uchun 50 000 qo‘shimcha yozuv aks
ettirilishi kerak.
Materiallar qiymatida farqlar ijobiy yoki salbiy bo‘lishiga ko‘ra
tegishli schyotlarga “q o ‘shimcha yozuv” yoki “qizil yozuv”
usuli orqali
aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: