116
Bu ketma-ketlikning amalga oshishida fazaviy va agregat holatlar bir
biriga mos kelmasligi, ya‟ni uzoq tartiblanish va joylashish jipsligi hamda
usullari turlicha bo„lishi mumkin. Bunda holatlarning biridan ikkinchisiga
almashishi
I tur fazaviy o„tish mexanizmi bo„yicha, ya‟ni termodinamik
potentsiallarning birinchi hosilalarini keskin tarzda sakrab o„zgarishlari va
issiqlik yutilishi yoki chiqarilishi bilan amalga oshadi.
Suyuq kristallarning asosiy mezofazalari ichida o„zining quyi holatlari
mavjud bo„lib, ular orasidagi o„tishlar simmetriyalarining o„zgarishi bilan
bog„lig va ular ham
I tur fazaviy o„tishlardir. Ular orasida nematik
teksturadan
xolesterik (
Xl) teksturaning shakllanishi, ya‟ni nematik tartibni
(ikki o„lchamli shakl) bir qator ketma-ket qatlamlar hosil qilishi va har bir
qatlam oldingisiga nisbatan umumiy o„q atrofida ma‟lum burchakka (
xl
)
burilishi bilan amalga oshadi. Bu burchaklar diffirentsial qo„shilsa
yig„indisi
180
o
, hatto
360
o
gacha ortib, molekulyar orientatsiya
o„zgarganligini ko„rsatishi mumkin (6.4.2-rasm). Shuni ta‟kidlash joizki,
suyuq kristall holatni nafaqat anizometrik molekulalar, balki qutbli,
aromatik siklli va azot yoki murakkab efirli guruhlari bo„lgan polimer
molekulalari ham namoyon qiladi. Bunday suyuq kristallar elektr va
magnit maydon ta‟siriga juda sezgir bo„ladi va shu tufayli ularni
Dostları ilə paylaş: