6-bob polimerlarning suyuq fazali tizimlari


 Polimer aralashmalar va komplekslar



Yüklə 107,12 Kb.
səhifə15/19
tarix25.11.2023
ölçüsü107,12 Kb.
#134151
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
6-bob polimerlarning suyuq fazali tizimlari-fayllar

6.6. Polimer aralashmalar va komplekslar 
Polimerlarning qo„shiluvchanligi. Polimerlarni amaliy qo„llanishida
ular asosidagi suyuq fazali aralashmalar va komplekslar hamda qattiq
fazali qotishmalar va kompozitlar hosil qilish muhim o„rin tutadi.
Ma‟lumki polimerlarni aralashtirish mexanik tarzda amalga oshirilganda
ko„p hollarda bir jinsli bo„lmagan aralashmalar hosil bo„ladi va bunday
tizimlarni texnologlar bir biriga mos kelmaydigan, nomansub, nomoyil,
qo„shilmovchan aralasmalar deb atashgan. Aksincha, turli polimerlar
aralashtirilganda, ular o„zaro qo„shilib, biri ikkinchisida erib haqiqiy eritma
hosil qilsa, tizim qo„shiluvchan, ya‟ni termodinamik moyil aralashma
deyiladi. Tarkibdagi elementlar, komponentlar, jumladan, polimerlar
ma‟lum sharoitdagina qushiluvchanlikni namoyon qilsa va bir jinsli tizim
bo„lib tursa, bunday aralshma kinetik barqaror tizim deyiladi. Shuni
alohida ta‟kidlash joizki, ikkita qattiq fazali polimerni bir biriga
qo„shganda eritma hosil bo„lishiga erishish juda murakkab jarayondir. Shu
bois, polimerlarning qo„shiluvchanligini baholashda, ularning eritmalari
aralashtirish yoki aralashmalarni shishalanish haroratini aniqlash orqali
tadqiqotlar o„tkazish samarali hisoblanadi.
Polimerlarning qo„shiluvchanligini ularning eritmalarini qo„shilish
xususiyatlari bo„yicha baholash usuli Dobri va Boyer-Kovenoki tomonidan
taklif etilgan. Unga binoan polimerlar uchun bitta universal erituvchi
tanlanadi va tayyorlangan eritmalarning biri ikkinchisiga quyiladi: - agar
eritmalar aralashmada shaffofligini yo„qotmasa, ular qo„shiluvchan
hisoblanadi; - agar aralashma xiralashsa va ikki qatlamga ajralsa hamda
qatlamlar asosan tarkibidagi polimer turi bilan farqlansa, bunday tizim
qo„shilmovchan bo„ladi. Qatlamlarga ajralishi o„ta suyultirilgan va yuqori
konsentirlangan eritmalar aralashishida yaxshi amalga oshmaydi. Shu bois
o„rtacha konsentratsiyali, taxminan 5 % li eritmalar qo„llaniladi.
Polimerlarning
o„zaro
erituvchanligi,
ularni
aralashmalaridan
erituvchini bug‟lantirib chiqarib yuborish asosida olingan plyonkalarni
optik zichligini aniqlash orqali aniqlash mumkin. Agar polimerlar o„zaro
eruvchan bo„lsa, unda plyonkalar shaffof bo„ladi. Agar polimerlar o„zaro
eruvchan bo„lmasa, plyonkada ikkinchi fazali zarrachalari hosil bo„ladi va
nur sochilish markazlari sifatida qayd etiladi. Polimerlar qo„shilmovchan



126
bo„lganda ham, bir eritmani ikkinchisiga kichik miqdorlarda qo„shib


borishda, dastlab aralashma shaffofligining saqlab turadi, keyin esa,
odatda, keskin tarzda xiralashadi. Bu holatni optik zichlikni (D). polimerlar
nisbatiga (P
1
P
2
) bog„lanish diagrammasi ko„rinishida ifodalansa,
grafikda sinish nuqtalari, ya‟ni D miqdorini keskin tarzda oshishi
kuzatiladi (6.6.1-rasm). Ushbu sinishlar ro„y beradigan konsentratsiyalar
bir polimerni ikkinchisida eruvchanlik chegarasi deb yuritiladi. Bunday
usul bilan Kuleznev tomonidan polistirolni (PS) polimetilmetakrilatda
(PMMA) eruvchanlik chegarasi 0,9 % (mass), aksincha, PMMA ning PS da
eruvchanlik chegarasi esa 1,9 % (mass) ekanligi aniqlangan.
Polimerlarning molekulyar massalari kichiklashsa, ularning o„zaro
eruvchanligi, ya‟ni qo„shiluvchanligi yanada oshadi. Yuqori saviyada
qo„shiluvchanlikka misol sifatida umimiy erituvchisi atseton bo„lgan nitrat
sellyulozani (NS) polivinilatsetat (PVA) bilan yoki NS ning PMMA bilan
aralashmalarini keltitirish mumkin. Ushbu tizimlar polimer komponentlari
deyarli barcha nisbatlarida yuqori darajada bir-biriga qo„shiladi hamda
shaffof aralashmalar va plyonkalar hosil qiladi.
Bulardan shuni ta‟kidlash joizki, o„zaro eruvchan polimerlar haqiqiy
eritma aralashma, aksincha, o„zaro erimaydigan polimerlar majburan
aralashtirilganda ikki fazali kolloid tizimlar hosil qiladi.
Ko„pchilik polimer-polimer aralashma plyonkalar uchun shishalanish
harorati (T

Yüklə 107,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin