7.1. Polimerlarning gidrodinamik tavsiflari
Gidrodinamik tavsiflar asosan makromolekulyar
zanjirlarning bir
biridan izolyatsiyalangan holatda bo„lishini ta‟minlaydigan suyultirilgan
eritmalarda issiqlik harakatidan ancha jadal ravishda namoyon bo„ladigan
ilgarilanma va aylanma harakatlar amalga oshadigan
sharoitlarda tadqiq
qilinadi. Bunda polimer molekulalarining individual harakatlari,
ularning
eritmada konformatsion holatiga nisbatan egallagan effektiv (samarali)
hajmlariga va ushbu hajmlarini qay darajada o„zgarishlar sodir qilishlariga
bog„liq bo„ladi. Izolyatsiyalangan makromolekulalar aylanma va
ilgarilanma
harakatlar qilmaganda, ularning effektiv hajmini aniqlash
suyultirilgan eritmalarning yorug„likni sochilish
usuli yordamida amalga
oshirish mumkin. Makromolekulalarning ilgarilanma harakati bo„yicha
tadqiqotlar samarali ravishda tezlik sedimentatsiyasi usulida amalga
oshiriladi. Polimer molekulalarini ilgarilanma
va aylanma harakatlari
kompleks tarzda kapillyarli viskozimetriya usulida tadqiq qilinadi. Bu
gidrodinamik usullar ichida kapillarli viskozimetriya eng oddiy va qulay
hisoblanadi. Ma‟lumki, kapillyar bo„ylab suyuqlik og„irlik kuchi (P = mg)
ta‟sirida oqishida kapillyar devorlari yaqinida
oqim tezligi minimal va
http://fayllar.org