101
erituvchining kimyoviy tuzilishi va xossalariga bog„liq bo„ladi.
Amorf polimerlar odatda amorf-kristall polimerlarga qaraganda tezroq
bo„kadi va eriydi. Amorf-kristall polimerlarning to„liq erishi uchun
ularning kristall tuzilishini mukammal tutib turgan bog„larni uzish -
parchalash, ya‟ni suyuqlantirish lozim bo„ladi va bu odatda xona haroratida
amalga oshmaydi. Umuman olganda kristall polimerlarning
erishi yuqori
haroratlarda bo„kishi, kristall sohalarni suyuqlanishi va molekulalarni
erituvchi muhitida taqsimlanishi bilan amalga oshadi. Bunda polimerni
erituvchi bilan mexanik ravishda samarali aralashtirib turish va erituvchini
tanlash ham muhimdir.
Ustmolekulyar tuzilish hosil qiluvchi polimer eritmalar-tizimlarni
tayyorlash uchun erituvchilarni tanlash uchun bir qator talablar qo„yiladi:
- erituvchi yaxshi eritish qobiliyatiga ega bo„lib, kichik qovushqoqlik va
yuqori konsentratsiyali eritma hosil qilish imkonini berishi lozim;
- erituvchining qaynash harorati past bo„lmasligi lozim, odatda, bunday
eritmalarning
qaynash harorati 50
160
o
C oralig„ida bo„ladi;
- erituvchi termik va kimyoviy jihatdan yetarli darajada barqaror bo„lishi
va regeneratsiyasi, ya‟ni eritmadan ajralishi murakkab bo„lmasligi lozim;
- erituvchi zaharsiz va jihozlarga nisbatan kimyoviy inert bo„lishi kerak;
- erituvchi polimerni parchalamasligi, ya‟ni destruksiyaga uchratmasligi
va molekulyar tuzilishda qo„shimcha o„zgarishlarga olib kelmasligi lozim.
Muayyan polimer uchun tanlangan erituvchining erituvchanlik
qobiliyatini baholashda bir qator mezonlar mavjuddir. Ularning ichida eng
qat„iylari bu
termodinamik va
amaliy baholashlardir.
Termodinamik kriteriya erituvching sifatini inobatga olishga, ya‟ni
ozod energiyani (izobar-izotermik potensialni) o„zgarishiga qarab erituvchi
termodinamik
yaxshi va
yomon deb baholashga asoslangandir. Buning
uchun odatda Flori-Xaggins nazariyasiga muvofiq polimer-erituvchining
o„zaro ta‟sirlanish parametri (
12
) topiladi:
12
= (
I
-
o
1
)/RTV
2
2
-[ln(1-V
2
)
(1-1/x)V
2
]/V
2
(6.2.1.2)
bu yerda
i
va
o
1
erituvchini eritmadagi va xususiy kimyoviy potensiallari
farqi;
V
2
- polimerning hajmiy ulushi;
x - polimerning samarali qismi
(termodinamik segment) bo„lib, erituvchi o„lchami bilan bir tartibdadir.
Parametr
12
o„lchamsiz kattalik bo„lib, polimer va erituvchining
o„zaro ta‟sirlashish energiyalari nisbatini tavsiflaydi va uning miqdori
(kT)
issiqlik harakati energiyasiga yaqindir. Uning kritik miqdorlari mavjuddir:
- agar
12
< 0,5 bo„lsa, erituvchi termodinamik
yaxshi;
- agar
12
>0,5 bo„lsa, erituvchi termodinamik
yomon;
102
- agar
12
>1 bo‟lsa, erituvchi
cho„ktiruvchi hisoblanadi;
- agar
12
= 0,5 bo„lsa Flori ta‟biricha
-erituvchi, ya‟ni polimer-
polimer va polimer-erituvchi ta‟sirlanishlari bir xil bo„ladi.
Bunga mos
keluvchi harorot
-
harorot (
-nuqta) deyiladi va
=
H/
S kabi
aniqlanadi. Sharoit esa
-sharoit deb ham yuritiladi va uning uchun
G =
H - T
S = 0 shart bajariladi.
Termodinamik kriteriyaga muvofiq erkin energiya miqdori qanchalik
ko„p pasaysa, erituvchi shunchalik
yaxshi bo„ladi. Ammo erituvchi sifatini
baholashda termodinamik va amaliy kriteriyalar jiddiy farqlanadi. Shu
bois, erituvchini tanlashda har ikkala kriteriyani xususiyatlariga e‟tibor
berish lozim.
Amaliy kriteriya - polimerning eruvchanligiga va eritmaning xossasiga
nisbatan baholashga asoslangandir. Bunda ekvikonsentirlangan eritmaning
qovushoqligi qancha kichik yoki ekviqovushoq eritmaning konsentratsiyasi
qancha katta bo„lsa, erituvchi shuncha yaxshi hisoblanadi. Bu, odatda,
kichikroq tuzilishlar hosil qilish qobiliyatiga ega eritmaga mos keladi.
Polimerlarga erituvchi tanlash ular o„rtasida umumiylik bo„lishiga
bog„liqdir, ya‟ni o„xshash atomlar,
atom guruhlari, zvenolar, elementlar.
Ko„pchilik, hollarda erituvchi tarkibida ma‟lum miqdorlarda tuzlar,
ishqorlar va kislotalarning bo„lishi eruvchanlikni oshiradi. 6.2.1.1-jadvalda
bunday polimerlar uchun qo„llaniladigan turli xil eritmalar hamda ularning
qaynash va eritish haroratlari berilgan.
Bu erituvchilar polimerlar uchun keng qo„llanadi va ular vositasida
turli tuzilishli va tarkibli polimer tizimlar va materiallar olinadi.
Dostları ilə paylaş: