113
kuzatiladi (6.3.3-rasm, 2-chiziq).
Bunday holatda Xaggins qonuni bo„yicha tavsifli qovushoqlikni aniqlab
bo„lmaydi va buni bartaraf etish uchun
eritmaning suyiltirishda
konsentratsiyon anomaliya namoyon bo„lmasligi, ya‟ni elektrostatik
ta‟sirlashishlar bog„lanish grafigi chiziqli o„zgarishini ta‟minlash zarur
bo„ladi. Buning uchun eritmadagi ionogen guruhlarga qarshi zaryadli quyi
molekulyar ionlarni qo„shish orqali konformatsion o„zgarishlarni vujudga
keltiradigan
polielektrolitik bo„kish jarayonini amalga oshishiga yo„l
qo„ymaslik lozim bo„ladi. Agar qo„shiladigan ionlar miqdori ionogen
guruhlar miqdoridan katta bo„lsa, bog„lanish grafigi 6.3.3-rasmdagi
3-
chiziq kabi, agar ionlar miqdori kam bo„lsa,
5-chiziq kabi ko„rinishga ega
bo„ladi. Agar ionogen guruhlar qo„shilgan ionlar
bilan yetarli darajada
kompensatsiyalansa bog„lanish grafigi
4-chiziq ko„rinishida bo„ladi va
tavsifli qovushoqlikni aniqlash imkoniyati vujudga keladi.
Makromolekula zanjirida bir paytning o„zida kislotali va asosli
guruhlar mavjud bo„lsa, eritmani
pH miqdoriga bog„liq tarzda polikislota
va poliasos xususiyatlarini namoyon qiladi.
Bunday polielektrolitlar
poliamfolitlar deb ham yurilatiladi. Kislotali muhitda (
pH<7) kislotali
guruh
dissosatsiyasi
sezilarli
darajada
bostirilgan
bo„ladi
va
makromolekula asosli guruh dissotsiatsiyasi natijasida polikationga
aylanadi va musbat zaryadga ega bo„ladi. Ishqoriy muhitda (
pH>7) esa,
aksincha, asosan kislotali guruh dissosatsiyalanadi va makromolekula
manfiy zaryadga ega bo„ladi. Oraliq sohada (
pH
7) poliamfolit
makromolekula bipolyar (qo„sh qutbli) ionlar kabi bo„ladi.
Bunday
o„zgarishlar quyidagicha ifodalanadi:
6.3.3-rasm. Keltirilgan qovushoqlikni (
kel
)
konsentratsiyaga (
C) bog„lanish grafiklari:
1- zaryadsiz (noionogen) makromolekula;
2 - zaryadlangan (ionogen) makromolekula;
3 - qushiladigan tuz
eritmani ion kuchi
polielektrolit eritma ion kuchidan katta;
4 - qushiladigan tuz eritmani ion kuchi
polielektrolit eritma ion kuchiga teng;
5 - qushiladigan tuz eritmani ion kuchi
polielektrolit eritma ion kuchidan kichik.
114
Bu kabi poliamfolit xossalar oqsil molekulalariga xosdir. Ammo
oqsillar tarkibida ko„plab har xil ionogen guruhlar mavjud bo„lishi
poliamfolit xossalarining turlicha tarzda namoyon bo„lishiga olib keladi.
Har bir asosli va kislotali guruhlar o„ziga xos alohida
pK bilan tavsiflanadi,
hatto bir turdagi guruh bir qancha
pK larga mos kelishi mumkin.
Poliamfolit eritmada zanjirning o„rtacha yig„indi zaryadi nolga teng
bo„lishiga to„g„ri
keladigan pH miqdori
izoelektrik nuqta (
IEN) deyiladi.
IEN
miqdori
poliamfolit
konsentratsiyasiga
bog„liq
bo„lmaydi.
Poliamfolitning bo„kish darajasi, eruvchanligi, osmotik bosimi, eritmaning
qovushoqligi kabi parametrlar
IEN da minimum orqali o„tadi. Qovushoqlik
IEN da minimal bo„ladi (6.3.4-rasm). Chunki, eritmada qarama qarshi
zaryadlangan guruhlarning miqdorini teng bo„lishi polimer zanjiriga
nisbatan zichroq o„ralgan konformatsiyaga ega bo„ladi. Zanjir
IEN dan
uzoqlashsa, masalan, kislotali sohaga siljisa yig„indi musbat zaryadli va
ishqoriy sohaga siljisa yig„indi manfiy zaryadga ega bo„ladi.
Poliamfolit eritmada tashqi qo„shimcha ionlar bo„lmasa, uning xususiy
ionogen guruhlari dissotsiatsiyasi
pH miqdorini belgilaydi va
izoion nuqta
(
IIN) deyiladi. Makromolekulaning ushbu nuqtadagi
zaryadi zanjirdagi
kislotali va asosli guruhlar tabiati va nisbatiga bog„liq bo„ladi. Agar
IIN =
7 (ya‟ni
pH = 7) bo„lsa, u
IEN ga mos keladi. Bu eritmaning elektroneytral
holatda ekanligidan dalolat beradi:
C + [H
+
] – [OH
-
] = 0 (6.3.11)
bu yerda
C - poliamfolitning
mol konsentratsiyasi; - izoion holatida
poliamfolitning o„rtacha yig„indi zaryadi.
pH
7 bo„lsa,
0.
Izoion (
IIN) va izoelektrik (
IEN) nuqtalar poliamfolitlarda,
jumladan
oqsillarda yaqqol namoyon bo„ladi.
IEN va
IIN larni inobatga olgan holda
gidrodimnamik tadqiqotlar o„tkazish, aynan, molekulyar-massaviy va
konformatsion tavsiflarini aniqlash imkonini beradi.
6.3.4-rasm. Poliamfolitning solishtirma
qovushoqligini (
sol
) eritmaning
pH
miqdoriga bog„liqligi