Ishning maqsadi. Haydovchining psixofiziologik xususiyatlaridan biri-
diqqatni tadqiq qilish usuli bilan tanishish.
Topshiriq. 1. Oddiy variant Shulte-Platonov jadvalini tuzish
2. Tekshirish natijasida diqqatni baholash.
Uslubiy ko‘rsatmalar Diqqat inson ongining biror narsa yoki hodisaga jamlanishidir. Haydovchining diqqati pasayishi sababli ko‘pincha yo‘l-transport hodisalari sodir etilmoqda. Diqqatni blankalar, maxsus asboblar yoki kompyuterda tadqiq qilish mukin. Diqqatni tekshirish bilan haydovchining avtomobilni boshqarishga xavfli psixofiziologik holatini aniqlash va uni oldini olish imkoniyatini beradi.
Diqqatni Shulte-Platonov jadvali yordamida taqiq qilish.
Bu usul haydovchi diqqatining xususiyatlarini (hajmi, taqsimlanishi va ko‘chirilish tezligi), operativ xotirasi va emotsional turg‘unligini aniqlash imkoniyatini beradi. Jadvalda 49 katakda qora va qizil raqamlar yozilgan.
Bu usulda tekshirishda haydovchining vazifasi navbat bilan qora raqamlarni o‘sish, qizil raqamlarni kamayish tartibida qidirib topishdan iborat. Tekshiruv oddiy va murakkab variantli jadvallar bilan bajariladi. Jadvalning oddiy varianti 25 ta qora, 24 ta qizil raqamlardan iborat. Tekshirishda haydovchi uchta topshiriq bajaradi. 1-topshiriq-qora raqamlarni 1 dan 25 gacha topish, o‘qish va ko‘rsatkich bilan ko‘rsatish. 2-topshiriq-qizil raqamlarni 24 dan 1 gacha topish. 3-topshiriq-raqamlarni diqqatni ko‘chirib (rangini almashtirib) topish. Tekshiriluvchi qora raqamlarni o‘sish, qizil raqamlarni kamayish tartibini almashtirib (1 qora, 24 qizil, 2 qora, 23 qizil; 3 qora, 22 qizil va hakozo) topadi; Jadvalning murakkab varipantining iborat bo‘lib, oddiy variantdan farqi qora raqamlarni toq sonlardan iboratligidadir (1,3,5,7..49). Har bir topshiriqni bajarish vaqti, yo‘l qo‘yilgan xatoliklar va uzoq to‘xtab qolishlar soni aniqlanadi.
Diqqatni baholash har bir topshiriqni bajarish vaqti, ko‘chirish vaqti va xatolar soni bilan baholanadi. Ko‘chirish vaqti 1 va 2 topshiriqni bajarish vaqtlarini qo‘shib, 3-topshiriqni bajarish vaqtidan ayirish bilan aniqlanadi.
Murakkab variantli jadval bilan diqqatni tekshirishda quyidagi baholash mezonidan foydalanish mumkin: topshiriqni bajarish vaqtni 170 sek. va kam - «a’lo», 171-240 sek. - «yaxshi», 241-310 sek. - «qoniqarli», 311-380 sek. - «qoniqarsiz», 380 sek. va ko‘p - «juda qoniqarsiz». Har bir yo‘l qo‘yilgan xato uchun topshiriqni bajarish vaqtiga 5 sek. qo‘shiladi.
Ko‘chirish vaqti bo‘yicha baholash me’yorni: 74 sek. va kam «a’lo»; 75-106 sek. - «yaxshi»; 107-138sek. - «qoniqarli»; 139-170sek. - «qoniqarsiz»; 171 sek. va ko‘proq - «juda qoniqarsiz».