6-laboratoriya mashg’uloti I.Mavzu: Oqova suvlarni organik moddalardan adsorbsiya usuli bilan tozalash. II. Mashg’ulotning maqsadi: CHiqindi oqova suvlarni organik moddalardan adsorbsiya usulida tozalashni o’rganish.
III. Mashg’ulotni o’tkazish uchun kerakli asbob-uskunalar, jihozlar va ko’rgazmali qurollar. 1.Tajriba qurilmasi;
2.Namunalar;
3.Uslubiy ko’rsatma;
4.Stalagmometr;
5.Sorbiyalash qurilmasi;
IV. Laboratoriya mashg’ulotining bajarish tartibi: 1.Regenerativ usullar to’g’risida tushunchaga ega bo’lish;
2. Destruktiv usul to’g’risida tushunchaga ega bo’lish;
3.Ekstraksion tozalash to’g’risida tushunchaga ega bo’lish;
4.Adsorbentlarni o’rganish;
V. Laboratoriya mashg’ulotining bajarganligi to’g’risida talabaning hisoboti: 1.Regenerativ uslub to’g’risida ma’lumot bering;
2. Destruktiv uslub to’g’risida ma’lumot bering;
3.Ekstraksion tozalash to’g’risida ma’lumot bering;
4.Haydash va rektifikatsiya uslub to’g’risida ma’lumot bering;
5.Adsorbsiya to’g’risida ma’lumot bering;
VI. Tajriba mashg’ulotini bajarish uchun umumiy ma’lumotlar. Oqova suvni erigan organik bekorchi qo’shimchalardan tozalashda regenerativ va destruktiv usullar qo’llaniladi. Regenerativ usullar oqova suvni zararsizlantirib qolmay, balki undan foydali moddalarni ajratib olish va ishlab chiqarishda ulardan qayta foydalanishga imkon beradi. Agar qo’shimcha moddalarni ajratib olish imkoni bo’lmasa ѐki bunday ish iqtisodiy jihatdan foydali deb topilmasa destruktiv uslub qo’llaniladi. Bunda oqova suvning tozalash uchun suv tarkibidagi chiqindi moddalar parchalab yuboriladi.
Destruktiv uslub quyidagicha bajariladi: a) zaharli moddalarni issiqlik ta’sirida parchalab zararsizlantirish; bunda harorat 900 -10000 S gacha ko’tariladi;
b) kuchli oksidllovchilar, ya’ni ozon, kislorod, xlor va xlorli moddalar ( xlor dioksid, gipoxlorid va hokazo) ta’siri ostidagi oksidlash.
Regenerativ uslub quyidagilardan iborat: a)ekstraksion tozalash bekorchi qo’shimchalarni erituvchi ѐrdamida ajratib olishga asoslangan. Ekstraksion jaraѐnida erigan organik modda oqova suv bilan ekstragen (erituvchi) o’rtasida taqsimlanish qonuniga muvofiq taqsimlanadi: