6 - LABORATORIYA MASHG’ULOTI Mavzu: NOMLAR. C++ DASTURLASH TILIDA MA`LUMOTLAR VA ULARNING TURLARI. O`ZGARUVCHILAR VA O`ZGARMASLAR.
O`quv mashg’ulotining maqsadi: C++ dasturlash tilida ma`lumotar, ularning turlari, o`zgaruvchilar, o`zgarmaslardan foydalanishni, dasturda qo`llashni o`rganish, o`zlashtirish. Mavzu bo`yicha bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi: Nazariy qism bilan tanishib chiqish.
C++ dasturlash tilida o`zgaruvchi va o`zgarmaslarni dasturda qo`llashni o`rganish.
Bajargan ish va natijalar asosida laboratoriya ishi hisobotini tayyorlash.
Nazariy qism: Identifikatorlar (nomlar) Bular dasturning asosiy qurilma bloklari bo‘lib sinflar, ob'yektlar, massivlar, funksiyalar va o‘zgaruvchilarga nom berish uchun qollaniladi.
C++ dasturlash tili identifikatori quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak :
(1) harflar, raqamlar va pastki chiziqlar yig'indisi (2) birinchi belgi harf bo‘lishi kerak, (pastki chiziq ham _ harf deb hisoblanadi). (3) C ++ dasturlash tilida katta va kichik harflar har xil qo‘llaniladi. (4) Barcha belgilar muhim ahamiyatga ega. (5) zahiradagi so‘zlar identifikatorlar / o‘zgaruvchilar nomlari sifatida qo‘llanilmaydi. Maqbul identifikatorlarga misollar:
num, sum, average, total_salary, big, SIZE, Value
Nomaqbul identifikatorlar quydagilar :
Continue (himoyalangan so‘z)
Marks (bo‘sh joy qo‘yish mumkin emas)
B, pay (maxsus belgilar ‘,’ qo‘llanilgan)
SUM va sum turli xil identifikator nomlaridir
Eslatma: pastki chiziq o‘zgaruvchilar nomlarining qismlarini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Masalan, avg_marks yoki katta harflar uslubida yozishingiz mumkin: avg_Marks ikkinchi so‘zning birinchi qismida bosh harf ishlatilgan.