6-Ma’ruza 6-Mavzu: Qurilish ishlab chiqarishni tayyorlash. Reja



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/4
tarix10.04.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#125062
1   2   3   4
6-ma\'ruza

Titul ro‘yxati (TR) – bu buyurtmachi tomonidan tuzilib, davlat organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan (davlat korxonalari va tashkilotlari uchun majburiy) qurilish ob’yektlarining ro‘yxati ko‘rinishidagi davlat buyurtmasi. Ularda qurilish joyi, uning boshlanish va tugallanish vaqti, rejalashtirilgan yildagi kapital kiritmalar hajmi, quvvatlar va asosiy fondlar o‘lchamlari va ularni ishga tushirish muddatlari ko‘rsatiladi. TR tarkibidan faqat tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari bilan ta’minlangan ob’yektlargina o‘rin oladi. TR qurilishni rejalashtirish, moliyaviy ta’minlash, kreditlar taqdim etish va resurslar ajratish uchun butun qurilish davriga mo‘ljallangan asosiy va o‘zgarmas hujjat hisoblanadi.
Ularni tuzishda pul mablag‘larining topshiriladigan ob’yektlarda jamlanishi, yangi boshlanayotgan va o‘tish bosqichidagi ob’yektlar uchun esa – qurilish davri me’yorlarida belgilangan o‘lchamdan kam bo‘lmagan darajada mablag‘ bilan ta’minlash zarurati hisobga olinadi. TR butun qurilish davriga, qurilishning ichki (yillik TR) hujjati esa – rejalashtirilgan yil uchun tuziladi.
Sanoat qurilishida ishga tushiriladigan majmua – ya’ni ob’yektlar, agregatlar, mexanizmlar, shuningdek qurilayotgan ishlab chiqarish quvvatlarining bir qismi, shu jumladan turar-joy va kommunal-maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini foydalanishga topshirish imkonini ta’minlaydigan kommunikatsiyalar to‘plami tushunchasi mavjud. Ishga tushirish ob’yektining tarkibi va qiymati buyurtmachi tomonidan belgilanib, loyiha tashkiloti va bosh pudratchi bilan kelishib olinadi.
Turar-joy, kengroq ommaviy qurilishda sanoat qurilishidagi ishga tushiriladigan majmuaga o‘xshash tushuncha mavjud. Masalan, shahar qurilishida qurilayotgan turar-joy mikrorayonining bir qismiga nisbatan qo‘llanadi. Uning tarkibiga turar-joy binolaridan tashqari savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish binolari va zarur muhandislik inshootlariga ega bo‘lgan va obodonlashtirilgan hudud kiradi. Bu kabi majmualarni loyihalash va qurish tartibi Shahar qurilish majmui to‘g‘risidagi nizomga binoan tartibga solinadi. Mikrorayonning majmualari qurilishi navbati foydalanishga topshiriladigan uylarda yashaydigan aholini to‘la hajmda madaniy-maishiy xizmatlar bilan eng qisqa muddatlarda ta’minlash sharti bilan belgilanadi. Mikrorayonning birinchi majmuiga bolalar bog‘chalari va yaslilar, kundalik ehtiyojga molik madaniy- maishiy ob’yektlar, zarur hollarda, maktab binolari kiritiladi. Majmualar qurilishi rejalashtirilganda ularning me’morchilik nuqtai nazaridan ma’lum darajada tugallanganligi ham hisobga olinadi. Odatda, majmua hajmi uni bir yil muddatda foydalanishga topshirishdan kelib chiqib belgilanadi.
Qurilishdagi pudrat shartnomalar quyidagi turlarga bo‘linadi.
Bosh pudrat shartnomasi bosh pudratchi bilan butun qurilish hajmiga tuziladi.
Yillik pudrat shartnomasi taqvimiy bir yil muddatga – alohida ob’yektlar bo‘yicha ishlarni bajarishga tuziladi.
Tayyorgarlik ishlari pudrat shartnomasi tayyorgarlik ishlari majmuini amalga oshirilishini nazarda tutadi.
Subpudrat shartnomasi deb, bosh pudrat shartnomasining egasi bo‘lgan qurilish tashkiloti ma’lum bir ishlarni bajarilishini boshqa bir ixtisoslashgan tashkilotga topshirganda, ya’ni bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlari orasida tuziladigan shartnomaga aytiladi.
Tayyorlov davri ishlari.

Amerika tajribasida qurilish oldi konferentsiyasi deb barcha asosiy ijrochilar ma’lum bo‘lganidan so‘ng o‘tkaziladigan yig‘ilish (majlis)ga aytiladi. Konferentsiya mavzulari keyinchalik, ish jarayonida, to‘xtalishlar yuz bermasligi uchun avvaldan muhokama qilinib, hal etilishi kerak bo‘lgan barcha masalalar ko‘rib chiqiladi.


Bu kabi tadbirga quyidagi asosiy, hal etuvchi shaxslarning hozir bo‘lishi ta’minlanadi:

    • ega - buyurtmachi yoki uning vakili;

    • me’mor (muhandis) yoki rezident – eganing ob’yektdagi doimiy vakili;

    • bosh pudratchi;

    • subpudratchilar;

    • asosiy ta’minotchilar;

    • davlat va ijtimoiy (jamoatchilik) agentliklarining vakillari (zarur hollarda).

Ushbu majlisda ishtirok etishga shu qadar katta ahamiyat beriladiki, hatto ba’zan kontraktda konferentsiyada barcha pudratchi va subpudratchilarning ishtirok etishi shart qilib qo‘yiladi. Qurilish egasining ishtiroki ijrochilar duch keladigan muammolarni yaxshiroq tushunishi, o‘z navbatida, ijrochilar esa – konferentsiyaning asosiy maqsadi, ya’ni egasining talablarini anglab olishi imkonini beradi. Kelajakda keraksiz bahs va munozaralarga yo‘l qo‘ymaslik uchun kim “kul rang mas’uliyat hududlari (gray area)”ga javobgar bo‘lishi kelishib olinadi. Majlis jarayonida ishtirokchilar orasidagi ziddiyatlarni anglab olish va ularni bartaraf etishga harakat qiladilar.
Majlis uchun ajratilgan vaqt kun tartibidagi barcha masalalarni muhokama qilib olish uchun yetarli bo‘lishi kerak. Har qanday holda ham, vaqt sarfidan qat’i nazar, majlis maqsadlari bo‘lajak ehtimoliy xatolarning oldini olish deb, qabul qilish lozim.
Munozaraning asosiy masalalari Loyiha mohiyati, uning ko‘lami va murakkabligi, shuningdek taqdim etilayotgan ustuvor maqsadlariga bog‘liq. Har qanday ob’yektning o‘ziga xos, uni ajratib turadigan xususiyatlari mavjudligiga qaramay, barcha turdagi qurilishlarga xos bo‘lgan umumiy ahamiyatga ega muayyan omillari mavjud. Bunday konferentsiya kun tartibini ishlab chiqishda amerikalik quruvchilar tajribasidan kelib chiqib muhokama qilinadigan masalalarning nisbatan to‘liq ro‘yxati foyda berishi mumkin.
Tavsiya etiladigan mavzular ro‘yxati mazkur ishda ko‘rib chiqish uchun kattalik qiladi, shuning uchun muammolarning faqat asosiy guruhlarini qayd etib o‘tamiz. Avvalombor koordinatsiya majlisi o‘tkazilib, bu yerda Loyihada ishtirok etayotgan tashkilotlarning rahbar xodimlari shaxsan tanishish, vakillarining vakolatlari va mas’uliyat darajasini belgilab olish maqsadida uchrashadilar. Bu holda sifatni nazorat qilish, inspektorlar va superintendant huquqlari masalalari haqida kelishib olinadi.
Loyiha ma’muriyatiga oid masalalar yuzasidan barcha hujjatlardan o‘tish amaliyoti, zarur sug‘urta polislari va bondlari ro‘yxati, bajarilgan ishlar uchun to‘lovlar va O‘zgartirish orderlarini rasmiylashtirish tartiblari belgilab olanadi.
Subpudratchilar, yetkazib beruvchilar va davlat agentliklari bilan shartnoma munosabatlarini muhokama qilib olish “adolatli” (fair) munosabatlarni o‘rnatishga qaratilgan bo‘lib, bunga erishish vositalaridan biri ishtirokchilar barcha harakatlarini hujjatlashtirib borish tartibiga qat’iy rioya qilishdan iboratdir.
Ish boshlashdan avval qurilish uslublari, eng mas’uliyatli loyiha yechimlari, ish chizmalari va TU ni o‘zaro muvofiqlashtirish, materillar va uskunalarni almashtirish tartibiga doir masalalar ko‘rib chiqiladi. Ijrochilar e’tiboriga egasi bilan kelishilgan nazorat muddatlari belgilangan ishlar grafigi yetkaziladi.
Mehnat munosabatlari masalalari bo‘yicha mahalliy qonun talablari, hujjatlashtirish va audit xususiyatlariga aniqlik kiritib olinadi. Da’vo va bahslarni ko‘rib chiqish tartibi, bunda shartnomalarning roli va ega vakilining vakolatlari belgilanadi. Ana shu dastlabki bosqichdayoq ob’yektni qabul qilib olish tartibi va bu bilan bog‘liq nazorat va moliyaviy amaliyotlar belgilab olinishi muxim rol o‘ynaydi.
U yoki bu masalaning hal etilishi haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan har sharoitda ariza (talabnoma) berilishi, uni ko‘rib chiqish va tomonlar mas’uliyatiga oid qat’iy tartib (reglament) ishlab chiqiladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin