6-ma’ruza. Buyruqlar tizimi arxitekturalarini tasniflash


Qatorlar ko‘rinishidagi ma’lumotlar



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə7/12
tarix20.04.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#125715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
6-ma’ruza. Buyruqlar tizimi arxitekturalarini tasniflash

Qatorlar ko‘rinishidagi ma’lumotlar yoki qatorlar ko‘rinishidagi o‘zgaruvchilar. Bu xildagi ma’lumotlarning oxirida maxsus belgi yoki qatorning uzunligini ko‘rsatuvchi qismi mavjud bo‘ladi. Kompyuterda ushbu qatorlar ustida – ko‘chirib yozish, qidirib topish va ularni tahrirlash amallarini bajaruvchi buyruqlar mavjud.
Mantiqiy ma’lumotlar. Mantiqiy ma’lumotlar esa ikkita qiymatga ega bo‘lishi mumkin: rost yoki yolg‘on (true yoki falshe), ya’ni 1 yoki 0.
6.3-jadval. ASCII simvollariga to‘g‘ri keladigan kodlarning jadvali.

Pentium 4 protsessorida qo‘llaniladigan ma’lumotlarning xillari. Pentium 4 protsessori IEEE 754 standartiga asoslangan - ikkilik ishorali va ishorasiz butun sonlarni, ikkilik-o‘nlik sanoq sistemasidagi sonlarni va suriluvchi nuqtali sonlarni ifodalay oladi [16]. Bu protsessor asosida qurilgan kompyuter 8/16 – razryadli kompyuter hisoblanib, shunday uzunlikka ega bo‘lgan butun sonlar bilan ishlay oladi (6.4-jadval). Unda ko‘p sonli arifmetik buyruqlarni, bul amallarini va taqqoslash amallarini bajarish mumkin. Pentium 4 protsessori 8-razryadli ASCII simvollari bilan ishlay oladi, unda simvollardan iborat bo‘lgan qatorlarni ko‘chirib yozish va qidirib topish kabi maxsus buyruqlar ham mavjud.
6.4-jadval. Pentium 4 protsessori raqamli ma’lumotlarining xillari.


3.Kompyuterning buyruqlar tizimi, buyruqlarning turlari va buyruqlar formati
Buyruq - bu u bilan boshlangan operatsiya nomini va operatsiyani bajarishda ishtirok etadigan operandlarning manzillarini ifodalovchi tartiblangan bitlar to'plami. Buyruqning asosiy xarakteristikasi - bu buyruqdagi manzillar soni bilan belgilanadigan manzillilik. Manzilliligiga qarab buyruqlar 0-manzilli (nolmanzilli), 1-manzil (birmanzilli) va boshqalarga bo'linadi. Bitlardagi buyruq uzunligi, buyruq elementlarini kodlash uchun ishlatiladigan maydonlar soni (operatsiyalar, manzillar va belgilar), va buyruqdagi maydonlarning joylashuvi buyruq formatini belgilaydi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin