6-MA’RUZA: MAVZU: G‘afur G‘ulom va Quddus Muhammadiyning hayoti va ijodiy faoliyati Reja: G‘afur G‘ulom ijodi tahlili.
Quddus Muhammadiyning hayoti va ijodiy faoliyati.
Xulosa.
Adabiyotlar: 1.M.Jumaboеv. Bolalar adabiyoti. Darslik. 2010 yil.
2.M.Jumaboеv. O‘zbеk va jahon bolalar adabiyoti. Qo‘llanma. 1996 y.
3.Z. Masharipova T.Matyoqubova O‘zbek yozma adabiyotida folklor an’analari Toshkent – 2011
4. www. ziyonet.uz. Bolalar adabiyoti-
5.Paul H. Fry. Theory of literature Yale University- 2012
G‘afur G‘ulom. 1903 yilda Toshkent shahrida tavallud topgan otashnafas kuychi G‘afur G‘ulom hozirgi zamon о‘zbek bolalar adabiyotining yuksalishida muhim о‘rin egallaydi.
1918- yilda G‘afur G‘ulom 8 oylik muallimlar tayyorlash kursiga kirib o‘qidi va 1919-yildan boshlab tarbiyachilik, o‘qituvchilik ishlari bilan shug‘ullana boshladi. Yoshlarni bilim va madaniyat quchog‘iga tortishda u astoydil xizmat qildi. U Toshkentdagi «Urfon» nomli maktab qoshidagi boquvchisiz bolalar uyida tarbiyachi va mudir bo‘lib ishladi.
1923- yildan adabiyot maydoniga qadam qo‘ygan G‘afur G‘ulom o‘z ijodini bolalarga atab she’r yozishdan boshladi. She’riyat bu bizning shunday shaxsiy vaqtimizki, biz unda yashashimiz qiyin bо‘lgin dunyoning majmuasidir1.
U butun ijodi davomida yosh avlodni unutmadi va unga munosib adabiy meros qoldirdi. SHoirning «Mukofot» (1940), «She’rlar» (1946), «Tongotar qo‘shig‘i» (1949), «Bari seniki» (1953), «Bir g‘uncha ochilguncha» (1955), «Siz mening yoshligimsiz» (1958) she’riy to‘plamlari, o‘rta va katta yoshdagi bolalar uchun «SHum bola», «Tirilgan murda» (1934), «Yodgor» (1935) kabi ajoyib asarlari bolalar adabiyotida munosib o‘rin tutadi.
Shoir «Bari seniki» she’rida yuksak vatanparvarlik g‘oyasini ilgari suradi. Ayni chog‘da, o‘z xalqining baxtini, go‘zal Vatanning istiqbolini kuylagan shoir hayotga bo‘lgan muhabbatini Vatanga bo‘lgan muhabbati tuyg‘usi bilan yonma-yon ko‘radi, bolalarga ikkovini bir butun holda tushuntiradi. Buni shoir bola tilidan quyidagicha ifodalaydi:
Muncha ham chiroylisan, aziz Vatanim,
Bodomday ming ko‘z bilan sevar badanim.
Sensan avval-oxir, sensan sevganim,
Jonim, yurak qonim, hatto shu tanim
Bir butun holicha bari seniki.
G‘ulomning «Tirilgan murda» asarida jamiyatga dog‘ bo‘lib tushadigan dangasalik o‘rtasidagi kurash asosida mehnatning tarbiyalovchi qudrati ko‘rsatiladi. Muallif ijodiy maqsadni Mamajonning boshidan kechirganlari va uning o‘zi tomonidan yozilgan kundalik sahifalari vositasida kulgili tarzda hikoya qiladi. Asar prolog va epilogdan tashqari, olti fasldan iborat bo‘lib, ularda mulla Mamajonning 1925- yildan to 1933- yilgacha o‘tgan davrda boshidan kechirganlari yozilgan. Asarda G‘afur G‘ulom o‘z qahramoniga «so‘z» berib, uning o‘ziga xos xarakterini yaratadi.
Adibning «Tirilgan murda» asari ikki qismdan iborat. Ikkinchi qismda uning jamoa xo‘jaligiga kirishi va qayta tarbiyalanishi, farovon hayotga erishishi tasvirlanadi.
G’.G’ulomning o’zbek bolalar adabiyotini rivojlantirish sohasidagi hizmatlarini alohida umumlashtirish yo’nalishidagi ilk urinishlar XX asrning o’rtalaridayoq yuzaga kelgan edi. O’shanda pedagogika bilim yurtlarida o’qishga mo’ljallangan bolalar adabiyoti faniga oid o’quv qo’llanmalari va xrestomatiyalarida G’.G’ulom alohida ijodkor sifatida taqdim etilib, uning haqida portret-maqola va asarlaridan namunalar berila boshlangan edi.G’afur G’ulomning bolalar shoiri va nosiri qiyofasiga otalik va murabbiylik tuyg’ulari chuqur singishib ketgan. Bunda etimlikda kechgan bolalik hotiralari ta’siri ayricha rol o’ynaganini alohida ta’kidlash joiz. Shu holat uni qo’liga qalam olib ilk she’rini yozishga undagan edi. «Bir kuni, - deb yozgan edi u o’zining «Kechmish va kechirmishlarimdan» xotiranomasida, - bolalar bog’chasidagi yetim bolalardan 15 tasini bizning internatga o’tkazdilar. Men bu go’daklar bilan birga tunab qoldim. Kechasi uxlamay, kuzatuvchilik qilib chiqdim. Shu kecha o’z yetimligim, boshimdan kechirganlarim va shu yetim bolalar ahvoli... to’g’risida she’r yozdim. Shu she’rimni birinchi she’rim desam bo’ladi”. O’sha ilk she’ridayoq u bolalarning ham hazrati Odam farzandi ekanligini, binobarin, ular ham insonday yashash va ulg’ayish huquqiga ega ekanliklarini ularning o’z tillaridan favqulodda bir ko’tarinkilik bilan ifoda etgan edi.
Biz Odam bolasimiz,
Odamning donasimiz.
Biz o’sib ulg’ayamiz,
Olim bo’lish g’oyamiz.
G’afur G’ulom yetimlikda ulg’ayganini umr bo’yi unuta olmadi. Yetimlik uni o’ksik qalb sohibiga aylantirgan va mudom ta’qib etganligi tufayli bolalarga atab qaysi mavzuda she’r yozmasin, o’sha zahoti xotirasi qatlaridagi yetimlik armonlari uyg’onishi tabiiy edi. Kattalar uchun yozilgan va XX asrdagi o’zbek she’riyatida voqeaga aylangan «Sen yetim emassan»da ham, bolalarga atab bitilgan «Bayram maktubi» va boshqa qator she’rlarida ham bu holni kuzatish mumkin. Inchunin, shoirning roppa-rosa ellik ikki yasharligida yaratgan «Bayram maktubi» she’rida o’qiymiz:
O’ttiz sakkiz yil burun
Bugungi siz bilan teng
O’n to’rt yoshlarda edim.
Tongsiz, uzun kechqurun
qora qo’ynin ochar keng
Ko’z o’ngida uchurum.
Maktab qayoqda deysiz?
Nonning hatto o’zi yo’q,
Bo’z yaktak, yirtiq ishton,
Eshiksiz, o’tsiz, nursiz,
Vayronalar qup-quruq,
Halq tentirar parishon
Oq podshoning urushi
Yurtni yergacha toptab,
Tekkan edi tinkaga.
Och qo’shinning yurishi
Er yuzini gur o’rtab,
O’xshardi alangaga.
Rus mustamlakachiligi siyosatining butun fojeasini bolalik xotirasi vositasida shu xilda fosh etarkan, qonxo’r fashistlar ming-minglab bolalarni ota-onalaridan ayru etib, yetim qoldirayotganidan jirkanganida yana o’sha «o’ninchi yillar sargardonligi»ni eslamay, o’tolmaydi:
G’.Gulomning o’smirlar kitobxonligining asosini tashkil etgan «Netay», «Yodgor» va «Shum bola» қissalarida shu muammo tahlil қilindi. Adib asarlarida etimlikni keltirib chiqargan sabab va oqibatlarga badiiy nazar solish yo’lidan boradi. Uning talqinicha, yetimlik-mohiyat e’tibori bilan o’gaylik ham. Chindan-da, o’z otasi yo onasi (ba’zan har ikkovi)dan bevaqt ajralib, o’gay ota yoki o’gay onadan shafqat emas, shafqatsizlik ko’rgan bolakayning achchiq va alamli qismati-shunday foje’ qismatdir. Bunday holatda yetimning o’gayligi birmuncha shaxsiy fojea sanalishi mumkin. Ammo G’afur G’ulom masalani shu holda echish yo’lidan bormagan, aksincha u o’tmishdagi nobop tuzum va bemehr jamiyatning shafqatsizligi ham o’lganni tepkilab, etim-esirlarga o’gaylik qilishi fojeasini ochishga harakat qildi va aytish mumkinki, bunga muvaffaq ham bo’ldi. Bu jihatdan Netay va SHum bola-qoravoyning etimlik qismati talqini e’tiborni tortadi.
«Yodgor» qissasida yetimlik syujetni harakatga solgan motiv. Unda yetim go’dak Yodgorning qismatiga munosabat hal qiluvchi rol o’ynaydi. S.Mamajonov to’g’ri ta’kidlaganidek: «Yodgor» poetik ma’lum jihatidan ramzli nom. Go’dak Yodgor asarda tasvir ob’ekti bo’lmasa ham yozuvchi uchun yangi insoniy munosabatlarni ko’rsatib berish uchun ola bir vosita rolini o’ynaydi, xolos. Bu go’dak Mehri va Jo’ralar, ularning ota-onalarining qalb dunyosini ochib beruvchi bir kalitdir, ohu go’dak asar voqeasini yaratadi, konfliktga keskin tus beradi, syujetni o’stiradi va uni ikkiga bo’lib tashlab, keyin yana bir-biriga qo’ohadi, Shu go’dak xarakterlarni rivojlantiradi, ochadi. U asardagi voqealar va odamlarni bir-biri bilan munosabatga kirituvchi, asarning hamma bo’lagini yozuvchining ko’rish markaziga bog’lab, tortib turuvchi magnitdir: Mehrining o’z sevganiga shu go’dak halaqit beradi. Jo’raning «aybsiz aybdor» bo’lib onasi, aka va ammalari oldida ta’naga qolishida shu go’dak sababchi bo’ladi, xuddi sxuningdek, Jo’raning insoniyligini ochib beruvchi, Saodat sevgisini sinovdan o’tkazuvchi va Mehriga hayot haqiqatini tushuntirgan ham shu go’dak – «Yodgordir».