6-ma’ruza. O‘lchashlarning sifat me’zonlari hamda o‘lchash vosit
O‘lchashning nisbiy xatoligi
, bu mutlaq o‘lchash xatoligining
o‘lchanayotgan kattalikning chinakam (haqiqiy) qiymatiga bo‘lagn nisbati. Nisbiy
xatolik odatda foizlarda ifodalanadi
%.
100
X ч
O‘lchash xatoligi doimo tasodifiy xatolik bo‘lib, determinantlashgan va tasodifiy
kattaliklar summasi sifatida tasvirlash mumkin. Determinantlashgan tashkil
etuvchisi
o‘lchashning muntazam xatoligi deyilib, quyidagicha ta’riflanadi: biror
kattalikning qayta-qayta o‘lchash natijasida doimiy qoladigan, yoki qonuniy
ravishda o‘zgaradigan o‘lchash xatoligining tashkil etuvchisi. Masalan, elektr
o‘lchagich patensiometridagi ishchi tokining asta-sekin kamayishi sababli bo‘lgan
xatolik. Ikkinchi tashkil etuvchi-
o‘lchashning tasodifiy xatoligi – biror kattalikni
qayta-qayta o‘lchash natijasida tasodifiy ravishda o‘zgaradigan o‘lchash
xatoligining tashkil etuvchisi. Masalan, o‘lchash asbobi ko‘rsatuvining variatsiyasi
tufayli bo‘lgan xatolik.
Muntazam xatoliklarni aniqlash va tegishli tuzatmalar kiritish orqali o‘lchash
tajribalari asosida o‘lchash natijalaridan chiqarib tashlash mumkin. Tasodifiy
xatoliklarni tajriba yo‘li bilan chiqarib tashlab bo‘lmaydi. Lekin ularni o‘lchash
natijasini keltirishda inobatga olish mumkin. Qandaydir chekli sondagi kuzatishlar
uchun tasodifiy xatoliklarning chegaralarini bu kuzatishlar natijalariga maxsus
matematik ishlov berish yo‘li bilan aniqlash mumkin, oxirgi natija esa qandaydir
ehtimollik bilan aniqlangan bo‘lishi mumkin.
Xatolikning hosil bo‘lish sababiga qarab o‘lchashning muntazam xatoligi
asbobiy, usuliy va sub’ektivliklarga bo‘linadi.
O‘lchashning asbobiy xatoligi – qo‘llanilayotgan o‘lchov vositalarining
xatoliklariga oid bo‘lgan o‘lchash xatoligining tashkil etuvchisi.