6-ma’ruza. O‘lchashlarning sifat me’zonlari hamda o‘lchash vositalarining metrologik xususiyatlari



Yüklə 346,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix01.12.2023
ölçüsü346,9 Kb.
#136830
1   2   3   4   5   6
6-ma’ruza. O‘lchashlarning sifat me’zonlari hamda o‘lchash vosit

O‘lchashning nisbiy xatoligi 

,
bu mutlaq o‘lchash xatoligining 
o‘lchanayotgan kattalikning chinakam (haqiqiy) qiymatiga bo‘lagn nisbati. Nisbiy 
xatolik odatda foizlarda ifodalanadi 
%.
100
X
ч




O‘lchash xatoligi doimo tasodifiy xatolik bo‘lib, determinantlashgan va tasodifiy 
kattaliklar summasi sifatida tasvirlash mumkin. Determinantlashgan tashkil 
etuvchisi 
o‘lchashning muntazam xatoligi
deyilib, quyidagicha ta’riflanadi: biror 
kattalikning qayta-qayta o‘lchash natijasida doimiy qoladigan, yoki qonuniy 
ravishda o‘zgaradigan o‘lchash xatoligining tashkil etuvchisi. Masalan, elektr 
o‘lchagich patensiometridagi ishchi tokining asta-sekin kamayishi sababli bo‘lgan 
xatolik. Ikkinchi tashkil etuvchi-
o‘lchashning tasodifiy xatoligi
– biror kattalikni 
qayta-qayta o‘lchash natijasida tasodifiy ravishda o‘zgaradigan o‘lchash 
xatoligining tashkil etuvchisi. Masalan, o‘lchash asbobi ko‘rsatuvining variatsiyasi 
tufayli bo‘lgan xatolik.
Muntazam xatoliklarni aniqlash va tegishli tuzatmalar kiritish orqali o‘lchash 
tajribalari asosida o‘lchash natijalaridan chiqarib tashlash mumkin. Tasodifiy 
xatoliklarni tajriba yo‘li bilan chiqarib tashlab bo‘lmaydi. Lekin ularni o‘lchash 
natijasini keltirishda inobatga olish mumkin. Qandaydir chekli sondagi kuzatishlar 
uchun tasodifiy xatoliklarning chegaralarini bu kuzatishlar natijalariga maxsus 
matematik ishlov berish yo‘li bilan aniqlash mumkin, oxirgi natija esa qandaydir 
ehtimollik bilan aniqlangan bo‘lishi mumkin.
Xatolikning hosil bo‘lish sababiga qarab o‘lchashning muntazam xatoligi 
asbobiy, usuliy va sub’ektivliklarga bo‘linadi.
 
O‘lchashning asbobiy xatoligi
– qo‘llanilayotgan o‘lchov vositalarining 
xatoliklariga oid bo‘lgan o‘lchash xatoligining tashkil etuvchisi.

Yüklə 346,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin