9
3
LABB
Mas'uliyati cheklangan jamiyat
Adjaster xizmat ko’rsatish natijalari hisobot tarzida rasmilashtirilib, undan sug’urtalovchi zararlarni
o’rnini qoplash va nizolarni xal qilish chog’ida foydalanishi mumkin.
Bugungi kunda O’zbekiston sug’urta bozorida quyidagi adjasterlik tashkilotlar
o’z faoliyatini ko’rsatib kelmoqdalar.
Biz mamlakatimizda sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga
solishni tashkil etish va uni takomillashtirish yo‘llari haqida o‘ylar ekanmiz,
yaqin qo‘shni mamlakatlar, xususan, Rossiya Federatsiyasida
bu sohada olib
borilayotgan ishlar haqida biroz to‘xtasak, foydadan xoli bo‘lmaydi.
Bugungi kunda, Rossiya Federatsiyasida 1500 dan ortiq sug‘urta tashkiloti
faoliyat ko‘rsatmoqda va ularning aksariyati sug‘urta faoliyatini nazorat qiluvchi
Federal xizmatning litsenziyalariga ega. Sug‘urta faoliyatini nazorat qiluvchi bu
tashkilot 1992 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u Rossiya sug‘urta
bozorini tartibga
keltirish bo‘yicha etarli tajribaga ega bo‘ldi, o‘nlab me’yoriy hujjatlar ishlab chiqdi.
Ulardan eng muhimlari “Rossiya xududida faoliyat ko‘rsatuvchi sug‘urta
tashkilotlariga litsenziyalar berish tartibi”, “Sug‘urta zahiralarini joylashtirish
tartibi” va hokazolardir. Mazkur tashkilot o‘zini qattiqqo‘lligi va boshqa harakatlari
tufayli Rossiya ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta nufuzga egadir. Eng asosiysi,
sug‘urta nazorati xizmati har yili Rossiya hududida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta
kompaniyalarining etarli darajada kuchlilarini reyting asosida aniqlab,
keng xalq
ommasiga ma’lum qilib boradi.
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga
muvofiq, sug‘urta tashkilotlari sug‘urtalanuvchi oldidagi majburiyatini bajara olmay
qolganda, davlat sug‘urta nazorati xizmati, mijozlarning manfaatini ko‘zda
tutadigan choralar ko‘rishi kerak. Bozorda ko‘plab sug‘urta tashkilotlari faoliyat
ko‘rsatadi, tabiiyki, bu holat potensial mijozlarni jalb qilish uchun ular o‘rtasidagi
raqobatni ham kuchayishiga olib keladi. Natijada, raqobatga bardosh bermagan ba’zi
sug‘urta kompaniyalari “sug‘urta maydonidan” chiqib ketadi.
Bunga jahon
tajribasidan ham misollar keltirish mumkin. Jumladan, 1993 yil boshida AQSHda
103 ta fuqarolar hayotini sug‘urtalashga ixtisoslashgan kompaniyalar to‘lov
qobiliyatini yo‘qotgan, deb e’lon qilindi. Qizig‘i shundaki, bu kompaniyalar ichida
moliyaviy jihatdan ishonchli bo‘lgan “Ekzekyutiv Layf Inshuerans” kompaniyasi
ham bor. Mutaxassislar tomonidan uning aktivi bir necha milliard AQSH dollariga
baholangan. Bu erda, shunday o‘rinli savol tug‘ilishi mumkin. Xo‘sh, xalqaro
sug‘urta bozorida kuzatilgan yuqoridagidek holat ro‘y bermasligi uchun,
davlat
qanday chora-tadbirlar ko‘rishi mumkin?
Birinchidan hukumat o‘zining tegishli nazorat organi orqali, sug‘urta
kompaniyalari tomonidan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni talablarini qat’iy bajarilishini, shu jumladan, sug‘urta
zahiralarini to‘g‘ri joylanishini nazorat qilib borish muhimdir.
Ikkinchidan, endi
shakllanayotgan O‘zbekiston sug‘urta bozoriga moliyaviy jihatdan mustahkam
xorijiy sug‘urta kompaniyalarining kirib kelishini tartibga solish kerak. Negaki, bu
10
holat mahalliy sug‘urta kompaniyalarining raqobat bardoshligiga salbiy ta’sir
ko‘rsatib, ularni bankrot bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Sug‘urta tashkilotlari o‘z zimmasiga olgan majburiyatlari hajmiga qarab,
ma’lum foiz ajratish yo‘li bilan markazlashgan sug‘urta jamg‘armasini
tashkil
etsalar, maqsadga muvofiqdir. Ushbu jamg‘arma mablag‘lari qiyin holatga tushib
qolgan sug‘urta tashkilotlariga beriladigan yoki ular bankrot deb e’lon qilinganda
majburiyatlarini bajarishi uchun xizmat qiladi. Bizningcha, bu jamg‘arma tashkil
etilajak davlat sug‘urta nazorati xizmati tomonidan, sug‘urtalovchilar uyushmasi
vakillarini jalb qilgan holda boshqarilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi
Qonunining 15-moddasida sug‘urta faoliyatini litsenziyalash masalalari ko‘rsatib
o‘tilgan. Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda maxsus
vakolatli davlat organi beradigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
Litsenziya sug‘urtalovchiga hayotni sug‘urta qilish
sohasida yoxud umumiy
sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni
sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi
umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas,
umumiy sug‘urta sohasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
belgilaydigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasnodir. Umumiy sug‘urta
sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi hayotni sug‘urta
qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas.
Litsenziyada sug‘urtalovchi amalga oshirishni nazarda tutayotgan sug‘urta
turlari (klasslari) ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Sug‘urta
xizmatlari
bozorini yanada rivojlanlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaroriga asosan
sug‘urta faoliyati klassifikatori tasdiqlangan. Unda hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i
4 ta klassdan, umumiy sug‘urta tarmog‘i 17 ta klassdan iborat ekanligi ko‘rsatilgan.
Dostları ilə paylaş: