14
bozori tashkil topishi va shakllanishi sekin astalik bilan tubdan o‘zgarib borgan va
bir nechta bosqichlarni bosib o‘tgan
3
. Respublikamiz sug‘urta bozori isloh etilishini
birinchi bosqichi (1991-1996 yillar) sug‘urta bozoriga xususiy sug‘urta
kompaniyalarni kirib kelishi va Davlat sug‘urtasi(Gosstrax)ni transformatsiyasi
jarayoni boshlanishi bilan bog‘liq bo‘lib, shakllanayotgan tadbirkorlikning huquqiy
bazasi bilan qo‘llab quvvatlangan. 1991 yilning o‘zida milliy iqtisodiyotimizni isloh
qilinishini qonuniy rasmiylashtirilishiga asos solgan “O‘zbekiston Respublikasidagi
tadbirkorlik haqida”gi, “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi
kabi o‘sha davrning progressiv qonunlari qabul qilingan. “O‘zbekiston Respublikasi
Fuqarolik kodeksi” (kodeksning 52-bobi sug‘urta masalalariga bag‘ishlangan)
amalga kiritilguniga qadar (mart 1997 yil) “O‘zbekiston Respublikasidagi
korxonalar
to‘g‘risida”gi
qonun
xo‘jalik
yurituvchilar
tomonidan
Respublikamizning o‘ziga xos iqtisodiy konstitutsiyasi sifatida qaralgan. 1992 yil
31 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
xuzuridagi Vazirlar
Mahkamasining 605-sonli qarori bilan O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1979
yil 9 oktyabrdagi “O‘zbekiston SSR davlat tekshirish organlari to‘g‘risidagi
Nizomni tasdiqlash haqida”gi 700-sonli qarori bekor qilinib, “O‘zbekiston davlat
sug‘urta organlari to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlangan.
Ushbu Nizomga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi
Davlat sug‘urta bosh boshqarmasi (“O‘zdavsug‘urta”) va unga bo‘ysunuvchi davlat
sug‘urta boshqarmalari va nazorat muassasalari O‘zbekiston Respublikasi davlat
sug‘urta organlari hisoblangan. “O‘zdavsug‘urta” O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzurida bo‘lib, to‘la xo‘jalik mustaqilligi sharoitida
ish olib borgan va
davlat sug‘urta organlarining yagona tizimini tashkil etgan
4
. Bu davrda nodavlat
sug‘urta kompaniyalari faoliyat yuritgan bo‘lsalarda, sug‘urta
sohasida Davlat
sug‘urta organlari ustun kelgan. CHunki, “O‘zdavsug‘urta” butun Respublika
bo‘yicha tarqalgan keng tarmoqli va barqaror davlat strukturasi imidjiga ega
bo‘lgan. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 23
dekabrdagi qarorlari
bilan amalga kiritilgan, fuqarolarga qarashli mol-mulkining
davlat majburiy sug‘urtasi va qishloq xo‘jaligi korxonalari mol-mulkining davlat
majburiy sug‘urtasi kabi va boshqa sug‘urtaga
oid qonun hujjatlari
“O‘zdavsug‘urta”ga majburiy sug‘urtani amalga oshirishga ustunlik bergan. Bozor
iqtisodiyotiga o‘tish, erkin raqobatni talab qilishi va O‘zbekiston Respublikasida
sekin astalik bilan Davlat sug‘urta tashkiloti o‘rnida yangi sug‘urta tashkilotlarini
tuzish zaruriyati tug‘ilganligi sababli, 1993 yil 6 mayda tijorat sug‘urtasi amalga
3
Умаров С.А. Становление и развитие рынка страховых услуг в Узбекистане. // Страховое дело, – Т.: 2007.
№1. – С. 32-35.
4.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarori. O’zbekiston davlat sug’urta organlari tog’risida. O’zbekiston
Respublikasi Hukumati qarorlari to’plami. – Т., 1992. 12-son, 40-modda.
15
oshirilishiga, sug‘urta faoliyati davlat nazoratiga va milliy sug‘urta
bozorida chet el
sug‘urtalovchilarning faoliyat yuritishlariga huquqiy asos solgan hamda
“O‘zdavsug‘urta”ning yakka hokimligini bartaraf etilishiga manba bo‘lib hizmat
qilgan “Sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun amalga kiritildi. Lekin, 1997
yilga qadar
barcha nodavlat sug‘urta kompaniyalari xissasiga umumiy sug‘urta mukofotlari
tushumining bir foizidan ham kam bo‘lgan ulush to‘g‘ri kelgan
5
.
Dostları ilə paylaş: