Bundaxishn (olamning yaratilishi)-pahlaviy adabiyotlar ichida eng salmoqli
asarlardan biri va «Avesto»dagi yo’qotib yuborilgan Damdad-nask ning tafsiri
hisoblanib, bizgacha 2 xil qisqa (hindcha) va to’liq (eroncha) ko’rinishda yetib
kelgan. Bundaxishnning eng qo’hna nusxalaridan biri 1397 yilda Peshotan Ram
Kamdin tomonidan ko’chirilib tartib berilgan. Hozirgi kunda barcha qadimgi Eron
tarixi va zardushtiylik masalalari bilan shug’ullanadigan tadqiqotchilar Rossiya
fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti Sankt-Peterburg arxivida I 170/6
inventar raqami, Londondagi India Offis kutubxonasi va Zardushtiylarning hozirgi
kundagi markazlaridan biri hisoblangan Naosari shahridagi dastur Maxyyar
(Mexrdji) Ran kutubxonalarida saqlanayotgan Bundaxishn va boshqa bir qancha
paxlaviy matnlarni o’zida mujassamlashtirgan, dastur SHopur SHaxrobji
tomonidan 1873 yilda tartib berilgan qo’lyozma nusxasidan foydalanishadi. Dastur
SHopur SHaxrobjining bobokaloni mashhur kohin, dastur Maxyyor (Mexrdji) Ran
1579-1591 yillarda Boburiylar saroyida bo’lib Avesto, Bundaxishn va boshqa
7
«Avesto». Gohlar. 34-hot.13-band. A.Mahkam tarjimasi.-T.: “Sharq”, 2001yil. B-17.
8
«Avesto». Yasna. 32-hot. 9-band.A.Mahkam tarjimasi.-T.: “Sharq”, 2001 yil.
9
Qarang. O’sha asar. B-22.
pandnomalar asosida shoh Akbarni zardushtiylik ta’limoti bilan tanishtirgani
to’g’risida ham ma’lumotlar saqlangan.
Bundaxishnning qisqa (hindcha) talqini o’ttiz to’rt fasldan iborat bo’lib
uning asosiy mazumunini olamning yaratilishi, yahshiilik va yovuzlik o’rtasidagi
ko’rash, tabiatda uchraydigan hodisalar va ularning xususiyatlari masalalari tashkil
etadi. Shuningdek osmon jismlari, sayyoralar, vaqt hisobi, viloyatlarni boshqarish,
tarixiy shaxslar va bir qator turli jabhalar, jumladan boshqa yozma yodgorliklarda
uchramaydigan qator ilmiy-ahloqiy fikrlar, ajdodlarimizning ta’lim-tarbiyaga oid
qarashlari aks etgan. «Bundaxishn»ning «Donishmandning o’z farzandiga
nasihati», «Ustozning birinchi sinf o’quvchisiga pandi» kabi qismlarida yosh avlod
tarbiyasi, kamoloti oldida ota-ona, jamoa, qo’ni qo’shni, muallimlarning burch
hamda vazifalari , o’quvchilarning maktabda, ko’chada, ustoz, ota-ona, keksalar,
kattalar huzurida o’zini to’tishi, qoidayu-yo’sinlari birma-bir sanalib o’tilib, unga
rioya qilish mezonlari ko’rsatilgan.
«Bundaxishn»da ta’lim-tarbiya jarayonida insonda faqatgina yahshiilik
fazilatlari shakllanib, aql va zakovat hosil bo’lishi lozimligi o’qtiriladi va shu
jarayonga rahnamolik qiluvchi ilohalar birma-bir sanab o’tiladi. Jumladan: Rashn
(«Avesto»da Rashnu)-porloqlik va parhezkorlik ma’nolarini anglatib, hakamlik
ilohasi sanaladi va mazdoparastlik dinida muhim o’rin tutadi. U Ahura Mazda va
Sipandormazning o’g’loni, iloha Ashaning, Surush, Mehr va ma’buda Dinning
birodari. Bu ilohning nomiga ko’p o’rinlarda «rost» yoxud «barchadan rost, to’g’ri,
haq» sifatlari ilova qilib aytiladi. «Bundaxishn»da yozilishicha Rashn adolat
hakami, rostlik, haq va haqqoniyat miynusi sifatida moddiy olamni yomonlik,
yolg’on va razolat, ablahlik va jaholatdan qutqarmoq uchun bu qabohatlarning
asosiy sabablari bo’lmish devlarga qarshi ko’rashadi va ularni nest-nobud aylaydi.
Shuningdek, «odamlarni rostlikning bebaho sarmoyasidan avraguvchi» yomon
tarbiyachi va ustozlarni oxirat kunida imtihon qiladi va ularning gunohlarini
tarozida o’lchaydi. Soch tolasi qadar xatolik yoxud badkirdorlik uning faoliyatiga
yotdir. Ta’lim-tarbiya jarayoniga rahnamolik qiluvchi ilohlardan biri Arshtoddir.
Arshtod zardushtiylik dinidagi faol ilohalardan biri bo’lib, rostlik, to’g’rilik
ma’nolarini ifoda etadi va «jahonparvar», «dunyoni kengaytirguvchi» kabi sifatlar
bilan ta’riflanadi. «Bundaxishn»ning ta’rif berishicha,iloha Arshtodning xayrli
amallari boshqa ilohalar bilan hamkorlikda oxirat kunida odamlarning yahshii-
yomon amallarining hisobini olish, adolatli hakam vazifasini bajarib, oqni oq,
qorani qora demoqdir. Arshtod iloha Rashn bilan yor va hamkordir. Zero, rostlik
va adolat hakamlik tushunchasi bilan egizdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida Arshtod
yahshi va ezgulik urug’larini sepuvchi tarbiyachi va ustozlarga rahnamolik va
g’amxo’rlik qiladi.
|