O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi Samarqand davlat universiteti 2018-yil12-yanvarN 131 Universitet xiyoboni, 15. MA’LUMOTNOMA To`xtasinov Abduhakim Shomurodovich Samarqand Shomurodovich Samarqand davlat universitetining fakulteti sirtqibo`lim ikkinchi mutaxassislikyo`nalishi to`rtinchi kurs talabasi hisoblanadi. U 2018-yil 2-yanvardan 12-yanvargacha qishki imtihonlar sissiyasi mashg`ulotlarida ishtirok etdi.
Ma’lumotnoma Samarqand viloyati Narpay tumanidagi ikkinchi g`isht zavodi ma’muriyatiga taqdim etish uchun berildi.
SamDU talabalar Bo`limi boshligi: imzo Hasanov O.U. Muhr
TOPSHIRIQLAR Mavzuni o`qib, tavsifnoma va tavsiyanoma o`rtasidagi farqni tushuntiring.
Tavsifnoma namunasini yozing
Tavsiyanoma qanday maqsadda yozilishini aytib bering.
Mavzuning zaruriy qismlari hamda ilovada berilgan namunadan foydalanib, o`rtog`ingizning nomzodini mukofotga tavsiya eting.
Tavsifnoma, tavsiyanoma, ma’lumotnoma hujjatlarining yozilish tartibi zaruriy qismlarini o`rganing va namunalar ustida ishlang.
Mavzu bo`yicha adabiyotlarni qiyosiy o‘rganish kerak.
Mavzu yuzasidan testlarni ishlang.
Mustaqil bajarish uchun vazifa:Tavsifnoma, tavsiyanoma, ma’lumotnoma hujjatlariga namunalardan foydalanib yangi misollar yozing (kamida bittadan).
KERAKLI ADABIYOTLAR: Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish. – Toshkent, 2000.
Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi va imlosi. – T.: O‘qituvchi, 2003.
Boltayev M. Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlosi. INTERNETdagi manzili: www.samdu.uz.files/web/index.htm
Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik. Uslubiy qo‘llanma. Tuzuvchi: Boltayev M. – Samarqand: SamDU, 2007.
5. Mahmudov N. va bosh. Ish yuritish asoslari. – Toshkent: O‘zME davlat ilmiy nashriyoti, 2006.
6. Sanaqulov U., Abdiyev M., Qurbonov A. O`zbek tilida ish yuritish asoslari.- Samarqand, 2014.
7. Ҳожиев А. Термин танлаш мезонлари. Ахборот. 11 – 12-чиқарув. – Тошкент: Фан, 1996.
8.