Muayyan manfaatlar doirasida uyushgan korporativ tiplar.
Jinsiy tasnifga ko'ra tiplar.
Huquqbuzarlikka moyillikka ko'ra tiplar.
Madaniy-ramziy intilishlarga, qiziqishlariga ko'ra aholi tiplari.
O'zbekistondagi ijtimoiy stratifikasiya jarayonlarini o'rganishda konkret sotsiologik tadqiqot metodlari, xususan, anketa, intervyu test,hujjatlarni o'rganish usullariga real holatlar taqozosi asosida yondashiladi va ular orqali olingan birlamchi ma'lumotlar kontent analiz usulida qayta ishlanadi.
Jamiyatdagi ijtimoiy tabaqalarni o'rganishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
-Tadqiqot davomida ijtimoiy stratalarga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, ularning ijtimoiy tarkib va tuzumdagi o'rni va mavqeini hurmat qilish;
-Stratalar ijtimoiy statikasi va dinamikasi jarayonlarini ilmiy baholashda tizimiy va yaxlit yondashish;
-O'zbekistondagi ijtimoiy stratalarning milliy mentaliteti, regional-hududiy xususiyatlarini alohida e'tiborga olish;
-Ijtimoiy stratalar tarkib topishiga sezilarli ta'sir o'tkazuvchi siyosiy - iqtisodiy, ijtimoiy, diniy-konfessional, mafkuraviy omillarni o'rganish;
-Ijtimoiy stratalar tasnifini tuzishda siyosiy tahlil usullaridan foydalanish.
Iqtisodiy rivojning zamonaviy, eng ilg'or turiga o'tishga intilayotgan har bir mamlakat ham texnika, ham biznes sohalarida yuksak professional tayyorgalikka ega ijtimoiy qatlamga tayanishi shart. Mazkur ijtimoiy qatlam vakillari o'z professional - malaka tayyorgarlik saviyalariga mutanosib ijtimoiy o'rin egallashga intilishlari shart. Tarixiy taraqqiyot shunday shakllandiki, ilmiy bilimlar va ishbilarmonlik o'zlashmalari asosan g'arbiy davlatlar va Yaponiyada mujassamlashdi. Ularda band aholi tarkibidagi oliy kategoriyali professional ijtimoiy qatlam vakillarining hajmi o'rta va past kategoriya vakillarining ulushidan sezilarli darajada yuqoridir. Bu jarayon o'z yo'nalishda yanada rivojlanib, mazkur davlatlarning eng boy va zamonaviy ishlab chiqarish hamda ilmiy-texnik tarqqiyotning old qatoridagi xalqaro iqtisodiy o'rnini saqlab turishga zamin yaratmoqda.
Asosan xalq iste'moli mollari ishlab chiqarishda ixtisoslashgan va iqtisodiy xom ashyo etkazib berishga qaratilagn mamlakatlarda esa ijtimoiy qatlamlashuv tarkibi, asosan, professional ijtimoiy qatlamlarning o'rta va past kategoriya vakillaridan iboratdir. Buning sababi - mazkur davlatlar o'z taraqqiy etgan texnologiyasini yaratishga ko'makdosh firmalar yoki hukumat darajasida ilmiy tadqiqotlar o'tkazishga ko'makdosh iqtisodiy rag'batlarni ta'minlash uchun manbalarga ega emas.
Mazkur o'rnashib qolgan tartibni buzib va rivojlanayotgan davlatlarda jamiyat ijtimoiy tarkibida ijobiy o'zgarishga erishibgina emas, balki yuqori va o'rta kategoriyali ijtimoiy qatlamlarni shakllantirib, shart-sharoit yaratishga qaratilgan davlat siyosati hisobiga erishish mumkin. Rivojlanayotgan davlatlar mehnat faoliyatining murakkab, ilmiy, ijodiy turlarini rivojlantirish uchun kuchli homiylik siyosatini o'tkazishlari kerak. Faqat shunday yondashuv natijasidagina jamiyat ijtimoiy tarkibida progressiv o'zgarishiga erishish va ishlab chiqarish imkoniyatlari hamda mahalliy ilm talab mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilishda g'arb davlatlari bilan tenglik ta'minlanishi mumkin.
Dunyoning ko'plab rivojlanayotgan mamlakatlaridan farqli o'laroq O'zbekistonda bunday ijtimoiy qatlam mavjud. U ilgari yirik ilmiy muassasalar va boshqaruv organlarida ishlagan hamda o'sha davrning ijtimoiy pog'analarida etarli darajada yuqori o'rin egallagan yuksak malakali mutaxassislardan tarkib tapgan.
Hozirgi payitda mazkur ijtimoiy qatlam vakillarining sezilarli qismi kichik va o'rta biznes bilan shug'ullanadi, texnologik zamini ularning professional malakasiga mutanosib bo'lmagan kichik korxonalar va kooperatalar negizida faoliyat yuritadi.
Mazkur ijtimoiy qatlam, iqtisodda ularning ijtimoiy maqomini qayta tiklashga qodir yangi soha yuzaga chiqishi bilan o'zi jamuljam etgan professional - malaka salohiyatini maksimal darajada ishlatishga tayyor turadi.