6-mavzu: jamiyat sotsial strukturasi va stratifikasion jarayonlar reja



Yüklə 42,24 Kb.
səhifə7/7
tarix24.11.2023
ölçüsü42,24 Kb.
#133972
1   2   3   4   5   6   7
ma\'ruza 6

Qisqacha xulosalar:
Hozirda ijtimoiy munosabatlarda jamiyatimiz uchun mutlaqo yangi bo'lgan asoslar yaratilmoqda. Xususiy mulkchilikka asoslangan ko'p ukladli, dunyo sari ochiq yuz tutgan iqtisodiyot paydo bo'layapti. Shuning uchun ham yangi iqtisodiy va taqsimot munosabatlari sotsiologiyasini ishlab chiqish sosiologiya fanining asosiy vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda.
Respublikaning asta-sekin bozor munosabatlariga o'tib borish davrida Prezident I.A.Karimov tomonidan belgilangan besh tamoyilga asoslangan tarzda siyosat yurgizilmoqda. Stratifikatsiya sotsiologiyaning asosiy tushunchalaridan biri sifatida jamiyatning ijtimoiy tarkibi, ijtimoiy guruhlari va ularni tabaqalanishi belgilari tizimini o'zida aks ettiradi. Hozirgi zamon stratifikatsion yondashuvining nazariyotchilari ijtimoiy guruhlarning ishlab chiqarishdagi ishtiroki, jamiyatning asosan mulkka bo'lgan munosabat asosida tabaqalashuvi xususidagi marksistik yondashuvini inkor etib jamiyat, ma'lumot, ruhiyat, maishiy shart sharoitlar, bandlik darajasi, daromad ko'lamlari va boshqa belgilarga ko'ra tabaqalanishini asoslab beradilar. Ular yuqoridagi belgilarga ko'ra ajraluvchi ijtimoiy guruhlardan tashqari, yuqori tabaqa, o'rta tabaqa va quyi tabaqa doimiy amal etishini ta'kidlaydilar.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish (siyosati) munosabati bilan, O'zbekistonda mulkchilik turli shakllarining joriy qilinishi va ularning davlat himoyasiga olinishi taqsimot munosabatlarida tubdan o'zgarishlarga olib kelmoqda. Bu esa o'z navbatida jamiyat iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashga xizmat qilmoqda.
Nazorat uchun savollar:

  1. Strata nima?

  2. Olamiy uyg'unlik nazariyasining mazmuni qanday?

  3. Stratifikatsiya tushunchasini izohlang.

  4. Konsensus nima?

  5. Millatlar va etnik guruhlarga ta'rif bering.

  6. Sotsial - etnik tarkib tushunchasini izohlang.

  7. O'zbekistonda mustaqillik sharoitida yangidan shakllanayotgan sotsial - etnik tarkibni aytib bering.

  8. Sotsial tabaqalashuvga sabab bo'ladigan omillarni sanab ko'rsating.

  9. Ijtimoiy tabaqalashuvning qanday turlari mavjud?

  10. Jamiyatning ijtimoiy tarkibiga ta'sir o'tkazuvchi eng muhim ko'rsatkichlarni izohlang.

  11. Sotsial mobillik tushunchasi.

  12. Gorizontal sotsial mobillik nima

  13. Individual mobillikni tushuntiring.



1 Платон.Диалоги.М. “Мисл”1986,с-4

2 Рене Декарт.Избр.произв.М, 1950,с-27.

Yüklə 42,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin