6-mavzu: Moliyaviy boshqaruv Reja: Moliyaviy boshqaruvning mazmuni va mohiyati



Yüklə 316,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix13.02.2023
ölçüsü316,36 Kb.
#123329
1   2   3   4   5
Moliyaviy boshqaruv slayd

tamoillari;
• Moliyaviy 
bashoratlash;
• Moliyaviy 
dasturlash;
• Moliyaviy 
rejalashtirish;
• Moliyaviy tartibga 
solish;
• Moliyaviy nazorat;
• Moliyaviy 
qonunchilik;
• Moliyaviy tahlil.
• Byudjet fondlarini 
shakllantirish va 
foydalanish bo’yicha 
munosabatlar;
• Byudjetdan tashqari 
davlat maqsadli 
fondlarini shakllantirish 
va foydalanish bo’yicha 
munosabatlar;
• Sug’urta fondlarini 
shakllantirish va 
foydanish bo’yicha 
munosabatlar.
• Makroiqtisodiy 
muvozanat;
• Byudjet
rejalarining
profitsitligi;
• Davlat qarzining
mavjud emasligi;
• Mustahkam
(barqaror) milliy
valyuta.


2. Moliyaviy boshqaruv organlari va ularning 
vazifalari
Moliyaviy tizimni umumiy boshqarish mamlakatning
oliy hokimiyat va
boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. Umumdavlat miqyosida moliyaviy
boshqaruv tizimi quyidagi boshqaruv organlaridan tashkil topishi mumkin:
• Prezident;
• Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi hamda moliya, byudjet, soliq va bank
masalalari bo’yicha Oliy Majlis har ikki palatasining tegishli qo’mitalari;
• Vazirlar Mahkamasi;
• Hisob palatasi;
• Moliya vazirligi va uning quyi , jumladan, G’aznachilik tizimi organlari;
• Markaziy bank;
• Davlat soliq qo’mitasi;
• Davlat bojxona qo’mitasi;
• Qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiya;
• Byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarining ijroiya direktsiyalari;
• va boshqalar.


Moliyaviy boshqaruvning markaziy organi Moliya vazirligi va uning
joylardagi organlari hisoblanadi. U mamlakat miqyosida yagona moliya, byudjet,
soliq
va
valyuta
siyosatining
amalga
oshirilishini
ta’minlaydi. Moliya
vazirligining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• yagona davlat moliyaviy siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
• davlat byudjetining loyihasini tuzish va uning ijrosini ta’minlash;
• byudjet mablag’lari va davlat maxsus fondlari mablag’larining oqilona va
maqsadli ishlatilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshirish;
• davlat moliyasining barqarorligini ta’minlash va moliyaviy bozorni
rivojlantirishga oid chora-tadbirlarni ko’rish;
• mamlakatning byudjet tizimini takomillashtirish, bu borada tegishli takliflarni
ishlab chiqish va ularni hayotga tatbiq etish choralarini ko’rish;
• mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo’nalishlarini ta’minlash
uchun moliyaviy resurslarni to’plash;
• davlat byudjeti va jamlanma byudjetning ijrosi haqida hisobotni tayyorlash;
• davlat tomonidan qarzlarni olish dasturini ishlab chiqish va davlatning ichki va
tashqi qarzlarini boshqarish;


• uzoq, o’rta va qisqa muddatli istiqbolga mo’ljallangan mamlakat taraqqiyotining
ijtimoiy-iqtisodiy bashoratlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
• iqtisodiyotni moliyaviy sog’lomlashtirish va uni tarkibiy jihatdan qayta qurish,
mamlakatdagi tovar ishlab chiqaruvchilar, ishlar va xizmatlarni bajaruvchilarning
manfaatlarini himoya qiluvchi va qo’llab-quvvatlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish
va ularni amalga oshirishda qatnashish;
• mamlakatdagi pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlari, iqtisodiyotdagi hisob-kitoblar
va to’lovlar-ning ahvolini yaxshilash bo’yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
• faol investitsion siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirishga yo’naltirilgan
choralarni ishlab chiqish, davlat investitsiya dasturlari va mamlakat Taraqqiyot
byudjetini ishlab chiqish va moliyalashtirishda qatnashish;
• moliyaviy rejalashtirish va milliy xo’jalikni moliyalashtirish sohalarida metodik
(uslubiy) rahbarlikni amalga oshirish;
• mamlakat moliyaviy resurslar balansini ishlab chiqishda (Iqtisodiyot vazirligi bilan
birgalikda) faol ishtirok etish;
• moliyaviy intizom buzilganda moliyalashtirishni chek-lash yoki umuman to’xtatib
qo’yish;


Moliya vazirligining markaziy apparatida quyidagi bosh boshqarmalar va boshqarmalar
bo’lishi mumkin:
• davlat byudjeti bosh boshqarmasi;
• valyuta aktivlari va majburiyatlari bosh boshqarmasi;
• hududlar moliyasi bosh boshqarmasi;
• agrosanoat majmuini moliyaviy tartibga solish bosh boshqarmasi;
• ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqar-masi;
• nazorat-taftish bosh boshqarmasi;
• investitsiyalar boshqarmasi;
• iste’mol bozori va xizmat ko’rsatish sohalarini moliyaviy hamda narx orqali tartibga solish
boshqarmasi;
• boshqaruv organlarini moliyalashtirish boshqarmasi;
• soliq siyosati boshqarmasi;
• buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi;
• qimmatli qog’ozlar va moliya bozori boshqarmasi;
• moliya institutlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi;
• sanoatning bazaviy tarmoqlari va yoqilg’i-energetika majmui moliyasi boshqarmasi;
• mudofaa majmui, huquq-tartibot organlari va boshqa sohalarni moliyalashtirish boshqarmasi.



Yüklə 316,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin