6-mavzu: Ravon nutqini rivojlantirish



Yüklə 62,5 Kb.
səhifə2/3
tarix15.12.2023
ölçüsü62,5 Kb.
#140877
1   2   3
6. Ravon nutqni rivojlantirish

Bolalarda ravon nutqni rivojlantirish - maktabgacha ta’lim tashkilotining asosiy vazifasi hisoblanadi, maktabgacha yoshining nihoyasiga" kelib bola kattalarga xos bo‘lgan og‘zaki nutqning asosiy shakllarini egallashi, ya’ni ravon nutqning ikki shakli - dialogik va monologik nutqni egallab olishi shart.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining vazifasi - bolalarda ravon so‘zlashuv nutqni (dialogik nutq) va monologik nutqni rivojlantirishdan iborat. So‘zlashuv nutqini shakllantirysh vazifasi ko‘p qirrali. Maktabgacha kichik yoshli bolalarda ularga qaratilgan nutqni tinglash va tushunish, bir-birini tinglash, savollarga javob berish va o‘zi ham savollar berishi, suhbat mavzusi bo‘yicha izchil javob berish qobiliyati shakllamadi.
Nutqning ushbu ikki turlari o‘rtasidagi farq matn ichidagi gapning mantiqiy aloqa turi bilan belgilanadi. Monolog doimo vaqtli yoki sabab-oqibatli aloqada bo‘ladigan (bir-biriga nisbatan) borliq faktlari haqida xabar qiladi.
Vaqtinchalik aloqa ikki tomonlama bo‘lishi mumkin: faktlar haqiqatdan ham bir vaqtdalik yoki ketma-ketlik munosabatlarida bo‘lishi mumkin.
Bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘ladigan faktlar haqidagi xabarlar tavsif deb ataladi. Faktlar ketma-ket keladigan xabar bayon qilish deyiladi. Sabab-oqibatli munosabatlarda bo‘lgan faktlar haqidagi xabarlar esa mulohaza deb yuritiladi.
Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichkiindividual va umuminsoniy. Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni bosqichini aks ettiradi, ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga egadir:
1-vazifasi – individuallararo – kishilar o‘rtasidagi muloqot vositasidir. Ushbu holatda nutq og‘zaki nutq – monolog, dialog, bir nechta odamlar suhbati sifatida chiqadi.
2-vazifasi – ichki individual – bu erda nutq ko‘plab ruhiy jarayonlarni (fikrlash, diqqat-e’tibor, xotira, tasavvur va boshq.) aniq-tiniq anglash darajasiga ko‘targani hamda shaxsga ruhiy jarayonlarni tartibga solish va nazorat qilish imkonini bergani holda ularni amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
3-vazifasi – umuminsoniy – bu o‘rinda nutq alohida bir odamga umuminsoniy ijtimoiy-tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish imkonini beradi. Ushbu holatda – bu grafik ramzlar va belgilarda moddiylashtirilgan yozma nutqdir.
Dialog - suhbat bolaning kattalar va o‘z tengdoshlari bilan muloqotining asosiy shakli hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘qitish ikki shaklda amalga oshiriladi: a) erkin nutqiy muloqotda; b) maxsus mashgulotlarda.
Dialog ko‘proq erkin nutqiy muloqotda paydo bo‘ladi va u bolalar lug‘atini boyitish, talaffuzga oid, grammatik ko‘nikmalarni tabiiy ravishda rivojlantirish bazasi, ravon nutq ko‘nikmalariga ega bo‘lish bazasi hisoblanadi.
Bolalarga monologik nutqni muntazam o‘qitish taxminan besh yoshdan boshlanadi. Lekin bunga tayyorgarlik bola hayotining ikkinchi yilida - bolalarning o‘qish va sanoq she’rlarni yodlash jarayonida boshlanadi. To‘rt yoshdan boshlab bolalar monologning tavsiflash va bayon qilish turlarini qo‘llashga, yetti yoshdan boshlab esa – qisqa mulohaza yuritishga qodir bo‘ladilar. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarning dialogik muloqoti negizida nutqning yangi shakli – monolog tug‘iladi va shakllanadi.U bolaning o‘z fikrlari, his-tuyg‘ulari, atrof-muhit haqidagi bilimlarini o‘rtoqlashish istagi oqibatida vujudga keladi. Bunda nutq qisqa hikoya shakliga ega bo‘ladi. Hikoyada albatta, bolani lol qoldirgan va uni hayajonga solgan biron-bir qiziq hodisa (tabiat qo‘ynidagi qiziqarli uchrashuv, ukasning kulgili harakatlari va h.) aks etadi. Ravon nutqni rivojlantirish maktabgacha yoshdagi bolalarga nisbatan nutqning ikki shaklini – dialogik va monologik shakllarini ko‘rib chiqish lozim.
Dialog ikki yoki bir necha so‘zlovchining biron-bir vaziyat bilan bog‘liq mavzudagi fikrlarining almashinuvi bilan tavsiflanadi. Dialogda, yuklamalardan foydalanilgan holda, sintaksik jihatdan sodda bo‘lgan darak, undov (iltimos, talab), so‘roq gaplarning barcha turlari namoyon etilgan. Til vositalari imo-ishoralar, mimika bilan kuchaytiriladi.
Tarbiyachi shunday vaziyatni yaratishi kerakki, unda bolalar turli xil til vositalaridan foydalangan holda dialog tuzish – so‘rash, javob berish, tushuntirish, iltimos qilish, luqma tashlash va h.k. zaruratiga duch kelsin.
Ushbu maqsadda bolaning oiladagi, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi hayoti, uning do‘stlari va kattalar bilan munosabatlari, uning qiziqishlari va taassurotlari bilan bog‘liq turli xil mavzularda suhbat o‘tkazishdan foydalanish lozim. Aynan dialogda suhbatdoshni tinglash, savollar berish, mazmundan kelib chiqqan holda javob berish qobiliyati rivojlanadi. Qayd etilgan malaka va ko‘nikmalar monologik nutqni rivojlantirish uchun ham zarurdir.
Tengdoshlar bilan dialogik muloqotni yo‘lga qo‘yish uchun kooperativ tusdagi faoliyat muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur faoliyat asta-sekinlik bilan shakllanadi. Dastlab bolalar ro‘y berayotgan hodisalarni sharhlagan holda, yaqinda turib harakat qiladilar. Ushbu vaziyatda nutq tengdosh bolaning mavjud bo‘lishi va u bilan so‘zlashish imkoniyati orqali rag‘batlantiradi hamda u o‘z faoliyatini rejalashtirish va tashkil etish, shuningdek, ijtimoiy muloqot o‘rnatish funksiyasini bajaradi.
Bolalar o‘rtasidagi muloqot asosan amaliy xususiyatga ega. Dialog ko‘pincha shunday shaklga olib boriladiki, bunda bola sherigining qisqa luqmalariga harakat bilan javob beradi yoki ro‘y berayotgan hodisaga nisbatan o‘z munosabatini nonutqiy vositalar yordamida ifodalaydi. Ular orqali bolalar bir-biriga e’tibor berishni, do‘stlarini tovushidan bilib olishni, tashqi ko‘rinish detallarini sezishni, nutqiy muloqot qilishni o‘rganadigan ko‘plab xalq o‘yinlari mavjud.
Dialog muloqotini yo‘lga qo‘yish uchun stol o‘yinlari va chop etilgan («loto», «domino») o‘yinlardan foydalanish tavsiya etiladi. Juft bo‘lib o‘ynashda bolalar dialogik hamkorlik qilish usullarini: navbatga rioya qilish, bir-biriga xushmuomalalik bilan murojaat qilish, o‘z nuqtai-nazarini dalil-isbotlar bilan himoya qilish, fikrlarini sherigi bilan muvofiqlashtirishni o‘rganadilar. Bunday o‘yinlarda biluvchanlikning asosi sifatida nutqiy topshiriqlarning har xil turlari ishtirok etishi mumkin, masalan: berilgan tovushli so‘zlarni tanlab olish, akustik va artikulyatsion jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan tovushlarni tabaqalashtirish, umumlashtiruvchi nomlarni tasniflash, rasmlar turkumi asosida birgalashib hikoya qilish va h.k. Monologik nutqni rivojlantirish Bolalarga keng yoyilgan fikr tuzishni o‘qitishda tarbiyachi ularda matn tuzilmasi (boshi, o‘rtasi, ohiri) haqidagi eng oddiy bilimlarni, gap bilan fikrning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqalar haqidagi tasavvurni shakllantirishi zarur. Aynan ushbu ko‘rsatkich (gaplar o‘rtasidagi aloqa vositasi) nutqiy fikrning ravonligini shakllantirishning muhim shartlaridan biri sifatida ishtirok etadi.
Har qanday tugallangan fikrda iboralarni bog‘lashning keng tarqalgan variantlari mavjud bo‘ladi. Gaplarni bog‘lashning eng keng tarqalgan usuli – bu zanjirli aloqadir. Olmosh, leksik takrorlash, sinonimik jihatdan o‘rin almashish mazkur aloqaning asosiy vositalari hisoblanadi. Zanjirli aloqa nutqni yanada moslashuvchan va rang-barang qiladi, chunki bola bu usulni egallar ekan, bir so‘zni qayta takrorlashdan qochadi.
Pedagog bolalarga gaplarni parallel ravishda bog‘lashni o‘rgatishi zarur, bunda gaplar bir-biriga ulanmaydi, balki taqqoslanadi yoki hatto qarama-qarshi qo‘yiladi (Kuchli shamol esardi. Quyon iniga yashirinib oldi).
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga ravon matnlar tuzishni o‘rgatishda ularda mavzuni va aytilgan so‘zning asosiy fikrini ochib berish, matnga sarlavha qo‘yish qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Ravon fikrni tashkil etishda intonasiya katta rol o‘ynaydi, shuning uchun ayrim gaplar intonasiyasidan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish umuman matnning tarkibiy birligi va mazmunan tugallanganligini qayd etishga yordam beradi.
Kattalar bilan bolalarning birgalikdagi so‘z ijodkorligi monologik nutqni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblanadi. Endigina besh yoshga to‘lgan bolalar tanish ertaklarni hikoya qilib berish, voqealar to‘qish, shaxsiy tajribasidan so‘zlab berishga qiziqishni namoyon qiladilar. Katta yoshli odam yo‘naltiruvchi va aniqlashtiruvchi savollarni berish, o‘yin vaziyatlarini yaratish orqali bola tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi darkor. Pedagogning sekingina hikoya mazmunini, rejasini, voqealarning ehtimoliy rivojini, so‘z shaklini aytib qo‘yishi birgalikdagi so‘z ijodkorligida muhim ahamiyatga egadir.
Axborotni uzatish yoki uni bayon qilish usullariga ko‘ra fikr bildirishning quyidagi turlarini ajratish mumkin: tasvirlash, bayon qilish mulohaza, ular maktabgacha yoshdagi bolalarning ravon fikrlarida kontaminasiyalangan (aralash) ko‘rinishda uchrashi mumkin, ya’ni ularda tasvirlash (mulohaza) usullari bayon qilishga qo‘shilib ketadi (va aksincha).
Har xil turdagi matnlar tuzishni o‘qitishni ishlarning suhbat, o‘zining va begonalarning matnini tahlil (baholash) qilish, reja tuzish va u bo‘yicha hikoya qilish, matn sxemasidan (modelidan), turli xil mashqlardan foydalanish kabi shakllarda amalga oshirish tavsiya etiladi.


Yüklə 62,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin