Ushbu so’rovnoma 57 savoldan iborat bo’lib, unda: Ekstraversiya-introversiya-24 ta savol.
Neyrotizm-barqarorlik –24 ta savol.
Yolg’on –rostgo’ylik -9 ta savol.
Zamonaviy psixodiagnostikada temperamentni o’rganish borasida izlanishlar ham ijtimoiy, ham konstruktiv dispozisiyalarni qamrab olishga harakat qilingan. Bu borada B.M.Rusalov «Temperament strukturasini o’rganish» testini taqdim etgan. Ushbu test tarkibida 9 ta shkala mavjud: 1) erg; 2) sosial erg; 3) temp; 4) sosial temp; 5)plastiklik; 6) sosial plastiklik; 7)emosionallik; 8) sosial emosionallik va 9) nazorat shkalasi
1). Psixodiagnostik tadqiqotlarda shaxs to’g’risida yetarlicha va obyektiv ma’lumotlar olishga erishish uchun qilinadigan urinishlar, o’zbek mutaxassislarini psixologik amaliyotda ma’lum o’ringa ega bo’lgan metodikalarni modifikasiya qilishga undamoqda. Chunki, ishonchli metodikalar o’zining yetarlicha konseptual asosiga egaligi bilan birga shaxsni o’rganishga mo’ljallangan boshqa psixodiagnostik metodikalarni to’ldirishi va ularni mazmunan boyitishi lozim bo’ladi. Quyida so’z boradigan metodika jahon psixologiyasida yetakchi o’rin egallagan (MMPI, 16-faktorli shaxs so’ronomasi, ekstraversiya-introversiya va neyrotizmni aniqlash) shaxs testlarini modifikasiyalash asosida rus olimlari (L.T.Yampolskiy va Melnikovlar) yangi ko’rinishdagi «Psixodiagnostik test» ishlab chiqdilar. Ushbu test yuqorida sanab o’tilgan testlarning barchasidagi mavjud jihatlarni mujassamlashtirgan bo’lib, ularning amalga oshirish lozim bo’lgan shaxs xususiyatlarini yoritishga yordam beradi. Chunki bizning muhitimizda MMPIning 566 savolli varianti bo’yicha modifikasiya mavjud emas, R.B.Kettellning 16-faktorli shaxs so’rovnomasining 100 ta savolli varianti mahalliy sharoitimizda qo’llanilib kelinmoqda, uning 187 ta savolli varianti uchun hali psixometrik talablarga javob beruvchi versiyasi mavjud emas. Bugungi kunda G.Yu.Ayzenkning “Ekstro-introversiya va neyrotizmni aniqlash” metodikasining ayrim variantlaridan psixologik tadqiqotlarda foydalanilyapdi.
Psixodiagnostik test tarkibidagi savollar 14 ta shkalaga mujassamlashtirilgan bo’lib, ulardan 10 tasi quyi shkala va 4 tasi yuqori shkala hisoblanadi. Quyi shkala tarkibiga nevrotizm (1) (ne