vrotizm-shaxsning emosional beqarorligi, bezovtalanishi, o’ziga past nazar bilan qarashi, vegetativ buzilishlarini tavsiflovchi holatdir.), psixotizm (2)( psixotizm shkalasi esa shaxsning xulq-atvoriga mutanosibligini tekshirishga qaratilgan.), depressiya (3)(depressiya shaxsdagi salbiy emosional fonni, motivasiyasidagi o’zgarishlarni, kognitiv (bilish) tasavvurlari va xulqidagi umumiy passivlikni ifodalaydi.), vijdonlilik (4) (vijdonlilikshkalasi shaxsni ijtimoiy norma va etika talablariga hurmatini, o’zini -o’zi nazorat qilishi, vijdoni va umuminsoniy qadriyatlarga munosabatini belgiladi), turg’unlik (5) (turg’unlashuv shkalasida shaxs xulq-atvorining vazminlashganligi va ijtimoiylashganligi mujassamlashgan), umumiy faollik (6) (umumiy faollik shkalasi shaxsning kuchi, quvvati va umumiy faollik darajasini o’lchovchidir), tobelik(7) (jur’atsizlik, uyatchanlik shkalasi bujur’atsizlik, kuchsizlik va shaxslararo munosabatdagi cheklanganlikni xarakterlaydi), muomalaga kirishimlilik (8) (muloqotmandlik shkalasi shaxsning muloqot jadalligi va ko’lamini belgilaydi), estetik ta’sirchanlik (9) (estetik ta’sirchanlik esa shaxsning estetik va badiiy qadr-qimmatlarga sezgirligini aniqlaydi) va nazokatliliklar (10) (nazokatlilikda shaxsning madaniyat va jamiyat ko’rsatmalariga nazokatlilik bilan yondashishi o’z ifodasini topadi) kiradi. Yuqori shkalani esa psixik beqarorlik (11) (psixik beqarorlik shkalasi shaxsdagi nevrotizm, psixotizm, depressiyani mujassamlashtirb, psixik beqarorlikni umumiy tarzda baholashga yordam beradi), asosiallik (12) (asosiallikyordamida shaxsning ijtimoiy ko’nikishi baholanadi), introversiya (13) (introversiya shaxsning ijtimoiy munosabatlarga bog’lanishini) va senzitivlik (14) (senzitivlik esa shaxsning emosional kechinmalardagi nozik tomonlarni tafsilotini aniqlashga mo’ljallangan)tashkil etgan.
Agar ularning sxematik ko’rinishini keltirib o’tadigan bo’lsak quyidagi ko’rinishni oladi:
Yuqori shkalaning tashkil etuvchilar o’z tarkibiga quyi shkalaning bir qator shkalalalrini o’zida qamrab oladi. Psixologik testlarning muhim xususiyatlaridan biri ularda nazorat shkalasi, ya’ni tekshiriluvchilarning javoblarini obyektivligini baholash xarakteriga egaligidir. Mazkur psixodiagnostik testning nazorat shkalasini yuqori shkala bajaradi. Agar quyi shkala natijalari bilan yuqori shkala natijalari orasida mutanosiblik bo’lmasa natijalarning haqqoniyligi pastligidan dalolat