keldim - kelmadim / kelgan emasman / kelganim yo 'q
kelding - kelmading / kelgan emassan / kelganing yo ‘q
keldi - kelmadi / kelgan emas/ kelgan (i) yo q
Ayrim shevalarda shaxs-son qo'shimchalari yo'q dan so'ng qo'shiladi. Masalan, borganim yo'q o'rniga borgan yo'qman, borganing yo'q o'miga borgan yo'qsan.
Bo'lishsizlikning yuqoridagi uchta shakli (-та, emas, yo'q) o'rtasida ham ma’lum ma’no farqlanishi bor. Sifatdoshning -gan shakli uch xil bo'lishsizlik shakliga ega:
1.Borganim yo'q - fe’ldan anglashilgan harakatning oddiy inkori («borish kerak edi, lekin bormadi») ma'nosini bildirmoqda.
2. Borgan emasman - umuman bormaganlikni ifodalamoqda.
3. Bormaganman - qat’iy inkorni anglatmoqda.
Yozib qo'ydi, kelib ketdi singari yetakchi va ko'makchi fe’l qolipidagi fe’llarda bo'lishsizlik qo'shimchalari ikki qismning bittasiga (yo yetakchi qismga, yo ko'makchi qismga) yoki har ikki qismga qo'shilib kelib, turli ma’nolarni ifodalaydi:
O‘qimay qo‘ydi – davomiy bo‘lishsizlik; o‘qib qo‘ymadi – bir martalik inkor;o‘qimay qo‘ymadi – tasdiq ma’nosi.
Dostları ilə paylaş: |