6 olmosh ravish fe’l olmosh


Ravishlarning morfologik xususiyati



Yüklə 93,03 Kb.
səhifə20/48
tarix01.01.2022
ölçüsü93,03 Kb.
#107545
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48
2 5208808312203643257



Ravishlarning morfologik xususiyati:

1) biror so'z bilan bog'langanda, o'z shaklini o'zgartirmaydi, ya’ni shakl yasovchi qo'shimchalarni(shaxs-son, egalik, kelishik) olmaydi: atayin gapirdi;

2) o'ziga xos yasalish xususiyatiga ega: mardona, mardlarcha, har kuni;

3) harakat belgisini qisman bo'lsa-da ,darajalab ko'rsata oladi: ko'p-ko'proq, tez-juda tez;



Ravishlarning sintaktik xususiyati:

1) ravishlar holning barcha turlarini hosil qiladi. Holat,daraja-miqdor ravishlari fe’lga bog'lansagina, hol vazifasini bajaradi. Masalan: Terak bilan yong'oq yonma-yon o'sibdi; Oz so'zla,ko'p o'yla. O'rin,payt,sabab,maqsad ravishlari esa har doim hol vazifasini bajaradi.

2) ravishlar gapning oxirida kelsa,ot kesim: Uning do 'stlari ko'p;

3) ravishlar otga bog'lansa,sifatlovchi-aniqlovchi: Ko'p xatodan ko'p tajriba orttirasan.

Otlashganda:

4) qaratqich-aniqlovchi: Ко'pning duosi - ko'l;

5) egа: Ko'pi ketib, ozi qoldi;

6) to'ldiruvchi: Ko'pni yomonlagan ко'muvsiz qolar.
FE’L
Nima qilmoq? nima bo'lmoq? so'roqlariga javob bo'lib, shaxs yoki narsalarning harakat, holatini ifodalagan so'z turkumi fe’l deyiladi. Masalan: Talaba o'qidi (nima qildi?). Mashinalar guvullaydi(nima qiladi?)kabi.

Fe’llardan anglashilgan harakat va holat ma’lum shaxs yoki narsa tomonidan bajariladi. Ana shu shaxs yoki narsa harakatning bajaruvchisi sanaladi.

Fe’llar nimani atab kelishiga ko'ra harakat fe’llari va holat fe'llariga bo'linadi.

Shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati natijasida ro'y bergan harakatni bildiruvchi fe'llar harakat fe'llari hisoblanadi.Masalan: bormoq, yugurmoq, tekislamoq,eshitmoq,qurmoq kabi.



Misol:Bir bo'lak yog'och parchasini topib, uni pichoq bilan yo'ndi, tekisladi... Nihoyat, shakli dutorga o'xshagan bir nima yasadi.

Shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning bir holatdan ikkinchi holatga o'tish jarayonini ifodalovchi fe’llar esa holat fe’llari sanaladi.Masalan:taratmoq, qotmoq, jimirlamoq, unmoq, eshitilmoq,uxlamoqkabi.

Fe'llar qanday harakat-holatni ifodalashiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:


1.

Yumush fe’llari

ishladi, mehnat qildi, ter to'kdi

2.

Tafakkur fe’llari

o'ylaydi, o'qidi, kashf qildi

3.

Sezgi fe’llari

sezdi, his qildi

4.

Ruhiy holat fe'llari

kuldi, xursand bo'ldi, qayg'urdi, iztirob chekdi.

5.

Nutq fe’llari

gapirdi, so'zladi, bayon qildi, ifoda qildi, ming'irladi, do'ng'illadi.

6.

Ko'rish fe’llari

qaradi, ko'rdi, boqdi, termuldi,nazar tashladi

7.

Tabiiy holat fe'llari

eridi, muzladi, yotdi, uxladi

8.

Ishora fe'llari

imo qildi,labini burdi,ko'zini qisdi

9

Jismoniy holat fe'llari

og'ridi, isitma chiqdi, xastalandi, sog'aydi, kuchaydi,charchadi



Yuqoridagi fe'l turlarining har qaysisi bir necha fe'llarni o'z ichiga oladi. Bu fe'llar harakat-holat ma'nosini qanday ifodalashi bilan bir-biridan farq qiladi. Quyidagi farqlanishlarni kuzatish mumkin:

1. Harakat-holatning kuchli-kuchsizligiga ko'ra farqlanishi: jilmaymoq -kulimsiramoq - kulmoq.

2. Ijobiy va salbiy bahoga ega bo'lishiga ko'ra: kulmoq - tirjaymoq; so'zlamoq - to'ng'illamoq, ming'irlamoq.

3. Uslubiy xoslanishiga ko'ra: kulmoq (umumiste'moldagi so'z) - tabassum qilmoq (badiiy uslubga xos), so'zlamoq (umumiste'moldagi so'z) nutq irod etmoq (badiiy uslubga xos) kabi.

Yuqoridagi fe'llarning har qaysisini o'z o'rnida ishlatish nutqning ravonligi, aniqligi va ifodaliligini ta'minlaydi.



FE’L NISBATLARI
Fe'ldan anglashilgan harakat-holat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs о'rtasidagi munosabatni ifodalovchi ( bajaruvchining harakat va holat jarayoniga qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi) fe'l shakllariga nisbat shakllari, shunday shakllar tizimiga esa nisbat kategoriyasi deyiladi.

O'qidi, o'qitdi, o'qishdi, o'qildi fe’llarining o'xshash va farqli tomonlariga e’tibor bering. Ularning hammasi bir xil o'zakdan iborat. Shu bilan birga, ularning hammasi bir xil zamon shakliga (-di) ega. Shunday bo‘lishiga qaramay, ular bir-biridan ma’lum ma'nolariga ko'ra farqlanadi. Birinchi fe’lda bir harakatni aniq bajarilgani, ikkinchi fe’lda fe'l o'zagiga -t qo'shimchasi qo'shilib, bir shaxs boshqa shaxsga o'qish harakatini bajartirganini bildiradi. Uchinchi fe’lda esa fe’l o'zagiga -sh qo'shimchasi qo'shilib, fe’l o'zagida ifodalangan o'qish harakatining birgalikda bajarilganini, to'rtinchi fe’lda esa fe’l o'zagiga-il qo'shimchasi qo'shilib,o'zakdan anglashilgan o'qish harakatining kim tomonidan bajarilgani noma’lumligini ifodalaydi.

Yoki supurdi fe’lida supurish harakatini bajaruvchi shaxs aniq,supurildi fe’lida noaniq, supurishdi fe’lida birdan ortiq, supurtirdi fe’lida esa harakat boshqa shaxs vositasida bajarilgani ifodalangan.

Ko'rinadiki, yuqoridagi fe’llarning hammasi harakat bilan shu harakatni yuzaga chiqaruvchi shaxs o'rtasidagi munosabatni qanday ifodalashiga ko'ra o'zaro farqlanadi.Nisbat shakllari fe’lning asos qismidan keyin qo‘shiladi.



Yüklə 93,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin