6 olmosh ravish fe’l olmosh



Yüklə 93,03 Kb.
səhifə29/48
tarix01.01.2022
ölçüsü93,03 Kb.
#107545
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48
2 5208808312203643257

1. Sof fe’l shakli fe’lni gapda kesim vazifasini bajarishga xoslaydigan shaklidir. Sof fe’l shakli zamon, shaxs-son, mayl ma’nolarini ko‘rsata oladi. Masalan: Azizim, qizingizning baxtini o‘zgalarning eshigidan qidirmang gapida qidirmang fe’li sof fe’l shakli bo‘lib, II shaxs ko‘plikva buyruq-istak ma’nolarini ifodalaydi.
2. Harakat nomi fe’lning otga xoslangan shakli bo‘lib,fe’l asoslariga -(i)sh, -(u)v, -moq (eski shakli --так)qo‘shimchalarini qo‘shish yo‘li bilan hosil bo‘ladi:chiqmoq, yozuv, o'quv, saylov, chaqirish, sanash, foydalanish, yashash,kelish,o‘qimoq.

a yoki i unlisi bilan tugagan fe’l asoslariga -v qo'shimchasi qo'shilganda, a unlisi о ga, i unlisi u ga aylanadi va shunday yoziladi. Masalan, ishla-ishlov, tani-tanuv.

Harakat nomi zamon,mayl va shaxs-sonni ko'rsatmaydi,fe’lning noaniq shaklihisoblanadi. Lug'atlarda fe’llar harakat nomi shaklida beriladi: o'qimoq, bormoq kabi.

Harakat nomi fe’lga xos bo'lishli va bo'lishsizlik ma’nolarini ko'rsatish hamda nisbat qo'shimchalarini qabul qilish xususiyatlariga ega.Harakat nomining bo'lishsiz shakli -maslik qo’shimchasi orqali yasaladi. Masalan: ko'rsatish-ko'rsatmaslik, ishlash- ishlamaslik, o'qish-o'qimaslik. Bilmaslik - ayb emas,bilimga intilmaslik – ayb.

Harakat nomi otlar kabi egalik, kelishik va ko'plik qo'shimchalarini oladi va gapda ular bajaradigan gap bo'laklari vazifasida keladi: Chiroyli yozishni o'rgan! Yozuving yomon emas.

Harakat nomi hech qachon zamon, mayl, shaxs-son shakllarini qabul qilmaydi.

3. Sifatdosh fe’lning sifatga xoslangan shakli bo'lib, fe’l asoslariga -gan (-kan, -qan), -ydigan


Yüklə 93,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin