6 olmosh ravish fe’l olmosh


-yap shakli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo'shilib -ayap



Yüklə 93,03 Kb.
səhifə36/48
tarix01.01.2022
ölçüsü93,03 Kb.
#107545
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48
2 5208808312203643257

-yap shakli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo'shilib -ayap holida talaffuz qilinsa ham, -yap yoziladi. Masalan, boryapman (borayapman emas).

Hozirgi zamon shakllari ma’lum uslubga xoslangani bilan o'zaro farqlanadi, -yap uslubiy betaraf (neytral) shakl bo‘lsa, -moqda,-yotir yozma nutq uslubiga xosdir.


3.Kelasi zamon shakllari harakat yoki holatning gap aytilayotgan vaqtdan so'ng yuz berishini bildiradi. Bu zamon shakllari fe’l asoslariga -a,-y,-(a)r qo'shimchalarini va shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilan hosil qilinadi.

Bu shakllar ba’zan harakatning doimiy, har uch zamonga oidligini ham ifodalaydi. Masalan: Akam kollejdi o'qiydi.

Undosh bilan tugagan fe’l asoslariga kelasi zamonning –a,-ar, unli bilan tugagan fe’l asoslariga -y,-r, bo'lishsiz fe’l shakllariga esa –s qo'shimchasi qo'shiladi. -(a)r shakli kelasi zamonni gumon, taxmin yo'li bilan ifodalaydi: kelib qolar, aytar.

Eslatma: kelasi zamon ma’nosi –jak,-ur,-gusi,-gay shakllari orqali ham ifodalanadi: borajak,qilgusi,qilgay kabi. -a,-ar uslubiy betaraf shakllar, –jak,-ur,-gusi,-gay shakllari badiiy va publitsistik uslubga xos shakllar hisoblanadi.


Zamon qo’shimchalaridan ham har xil uslubiy maqsadlarda foydalaniladi. Ish-harakatga, uning bajarilishiga va bajaruvchi shaxsga turlicha munosabatda bo'lish zarur topilsa, fe'l ma'nosida kutilmaganlik, davomiylik, imkoniyat yo imkoniyatsizlik, tasviriylik kabi bo'yoqlar bo'lsa, bir zamon qo'shimchasi ikkinchi zamon uchun ishlatiladi.

O'tgan zamonda bo'lib o'tgan voqealarga tinglovchini olib kirish, ularni uning ko‘z oldiga olib kelish maqsadida hozirgi zamon shakli ishlatiladi.

Tanklar, zambaraklar ag'anab yotibdi. Bir jangchining peshonasi bog'langan, bir jangchining esa yelkasidan qon oqmoqda. (Shuhrat)

O’tgan zamon -di bilan yasalgan shakli kelasi zamon ma’nolarida qo’llanadi: Hozir qayerga

bordik-u, nima ham qildik.

O’tgan zamon -gan bilan yasalgan shakli hozirgi zamon ma’nosida qo’llanadi: Birov kiiob o’qigan, kimlar shaxmat atrofida.

Hozirgi zamon fe’lining kelasi zamon ma’nosida qo’llanishi asosan, ket, bor, yubor ,boshla fe’llari doirasida uchraydi:Bugun Rossiyaga uchib ketyapman. Bugun terimni boshlayapmiz.

Yüklə 93,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin