Eslatma: Birgina qo‘shimchaning zamon.mayl, shaxs-son ma’nolarini ifodalay olishi buyruq-istak mayli qo‘shimchalariga xos. FE’LLARNING YASALISHI
QO‘SHIMCHALAR YORDAMIDA FE’L YASASH Fe’llar ham boshqa mustaqil so‘z turkumlari kabi tub va yasama bo'ladi. Masalan, kel, yur, o’qi singari fe’llar tub fe’llar; ishla, o’yna, jonlan, tasdiq qildi, kasal bo'ldi kabi fe’llar yasama sanaladi.
Yasama fe’llar yasashga asos qismga ma’lum yasovchi vosita qo‘shish yordami bilan hosil qilinadi. Yasovchi vosita qo'shimcha yoki so‘z bo'lishi mumkin. Jumladan, yuqorida keltirilgan misollardan oxirgi ikkitasi yasashga asos qismga (tasdiq, kasal) so'z holidagi yasovchi vosita (qildi, bo’ldi) qo'shish yordamida hosil qilingan. Boshqalari esa qo'shimchalar qo'shish yo'li bilan yasalgan. Shunga ko'ra, fe’l yasalishi ikki guruhga bo'linadi: