9
TESTLAR
1. «Olmalarning» so‘zining grammatik ma’nosini
ayting. 1. ko‘plik (-lar). 2. kelishik (-ning)
3. mevali daraxt. 4. olma daraxti mevasi
A) 1, 2 B) 3, 4 C) 1, 3 D) 2, 3
2. «Olmalarning» so‘zining leksik ma’nosini ayting.
1. ko‘plik (-lar). 2. kelishik (-ning)
3. mevali daraxt. 4. olma daraxti mevasi
A) 1, 2 B) 3, 4 C) 1, 3 D) 2, 3
3. Grammatik ma’no va grammatik shakllarni
o‘rganuvchi bo‘lim qanday ataladi?
A) sintaktis
B) orfografiya
C) morfologiya
D) morfemika
4. Morfologiya so‘zi qaysi tildan olingan?
A) arabcha
B) forscha
C) fransuzcha
D) yunoncha
5. Morfologiya so‘zi qanday ma’noni anglatadi?
A) «morphe» – «shakl», «logos» – «so‘z, ta’limot»
B) «morphe» – «so‘z, ta’limot», «logos» – «shakl»
C) «morphe» – «turkum», «logos» – «so‘z, ta’limot»
D) «morphe» – «shakl», «logos» – «o‘rganmoq»
6. So‘zning atash ma’nosini qaysi bo‘lim o‘rganadi?
A) sintaksis
B) leksikografiya
C) morfologiya
D) leksikologiya
7. So‘zning grammatik ma’nosini qaysi bo‘lim
o‘rganadi?
A) sintaksis
B) leksikografiya
C) morfologiya
D) leksikologiya
8. So‘z tarkibi necha qismdan iborat?
A) 3 qism B) 4 qism C) 2 qism D) 6 qism
9. So‘z tarkibida qismlar qanday nomlanadi?
A) 1. Tub 2. Yasama
B) 1. Asos 2. So‘z yasovchi qo‘shimcha
C) 1. Asos. 2. Qo‘shimcha D) 1. Asos
10. So‘zning asosiy ma’nosini ifodalab mustaqil
qo‘llana oladigan qism qanday nomalanadi?
A) asos
B) qo‘shimcha
C) turkum
D) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha
11. Mustaqil qo‘llana olmaydigan, asosga qo‘shilib
unga yangi yoki qo‘shimcha ma’no yuklaydigan,
shuningdek, so‘zlarni bog‘lashga xizmat qiladigan
qism nima deyiladi?
A) asos
B) qo‘shimcha
C) turkum
D) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha
12. 1. Giyohlarni. 2. Adolatli. 3. Bog‘bon.
4. Ajratildi. 5. Bog‘larda. 6. Mevazor. 7. Birinchi.
8. Kuzda. 9. Dorishunos. 10. Sayohatchilar.
11. Topilgan. 12. Sezgir. 13. Ikkita.
14. Mehnatkash. 15. Bag‘riga. 16. Mehnatdan. Ushbu
birliklardagi yasama so‘zlarni toping.
A) 2, 3, 6, 9, 10, 12, 14
B) 1, 4, 5, 7, 8, 11, 13, 15, 16
C) 2, 3, 9, 10, 12, 14
D) 1, 4, 6, 7, 8, 11, 13, 15, 16
13. 1. Giyohlarni. 2. Adolatli. 3. Bog‘bon.
4. Ajratildi. 5. Bog‘larda. 6. Mevazor. 7. Birinchi.
8. Kuzda. 9. Dorishunos. 10. Sayohatchilar.
11. Topilgan. 12. Sezgir. 13. Ikkita.
14. Mehnatkash. 15. Bag‘riga. 16. Mehnatdan.
Tub so‘zlarni ajrating.
A) 2, 3, 6, 9, 10, 12, 14
B) 1, 4, 5, 7, 8, 11, 13, 15, 16
C) 2, 3, 9, 10, 12, 14
D) 1, 4, 6, 7, 8, 11, 13, 15, 16
14. Qo‘shimchalar vazifasiga ko‘ra necha turga
bo‘linadi?
A) 2 turga: 1. So‘z yasovchi. 2. Shakl yasovchi
B) 3 turga: 1. So‘z yasovchi. 2. Shakl yasovchi
3. Sintaktik shakl yasovchi
C) 2 turga: 1. Lug‘aviy shakl yasovchi
2. Sintaktik shakl ya-sovchi
D) 2 turga: 1. So‘z yasovchi
2. Lug‘aviy so‘z yasovchi
15. Asosga qo‘shilib yangi ma’no hosil qiluvchi
qo‘shimchalar qanday qo‘shimchalar sanaladi?
A) lug‘aviy shakl yasovchi
B) sintaktik shakl yasovchi
C) shakl yasovchi D) so‘z yasovchi
16. 1) -bon; 2) -shunos; 3) -gi; 4) -lar; 5) -imiz;
6) be-; 7) -ib; 8) -li; 9) -ona; 10) -guncha;
11) -soz; 12) -paz; 13) -ga; 14) -siz.
Ushbu qo‘shimchalardan qaysi biri sintaktik shakl
yasovchi qo‘shimcha sanaladi?
A) 5, 13, 14
B) 4, 7, 10
C) 1, 2, 3, 6, 8, 9, 11, 12, 14
D) 1, 2, 3, 6, 8, 9, 11, 12
17. 1) -bon; 2) -shunos; 3) -gi; 4) -lar; 5) -imiz;
6) be-; 7) -ib; 8) -li; 9) -ona; 10) -guncha;
11) -soz; 12) -paz; 13) -ga; 14) -siz.
Ushbu qo‘shimchalardan qaysi biri lug‘aviy shakl
yasovchi qo‘shimcha sanaladi?
A) 5, 13, 14
B) 4, 7, 10
C) 1, 2, 3, 6, 8, 9, 11, 12, 14
D) 1, 2, 3, 6, 8, 9, 11, 12
18. Asosga so‘z yasovchi qo‘shimcha qo‘shilishi
natijasida hosil bo‘ladigan so‘z qanday so‘zlar
sanaladi?
A) tub so‘z
B) juft so‘z
C) ko‘p ma’noli so‘z
D) yasama so‘z
19. Tarkibi asos va qo‘shimchalarga bo‘linmaydigan
so‘z qanday ataladi?
A) tub so‘z
B) juft so‘z
C) ko‘p ma’noli so‘z
D) yasama so‘z
20. Qanday so‘zlar asosdosh so‘z deyiladi?
A) bir asosdan yasalgan so‘zlar
B) ma’nodosh so‘zlar
C) bir tovush bilan farq qiluvchi so‘zlar
D) barchasi
10
21. Gul so‘zi asosida asosdosh so‘zlar hosil qiling.
A) guldor, guldon, gulchilik
B) guldon, gulga, gulning
C) gulchilik, guldan, gulsiz
D) barchasi
22. Bosh so‘zi asosida asosdosh so‘zlar hosil qiling.
A) boshla, bebosh, boshsiz
B) boshqa, boshliq, boshpana
C) boshga, boshning, boshsiz
D) barchasi
23. Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib
o‘ynamoqda.
Ushbu gapdagi yasama so‘z qaysi gap bo‘lagi
vazifasida kelgan?
A) ega B) to‘ldiruvchi C) hol D) kesim
24. Asosga qo‘shilib uning ma’nosiga qo‘shimcha
ma’no yuklash yoki o‘zi qo‘shilayotgan so‘zni
boshqa so‘zga bog‘lash vazifasini bajaruvchi qism
qanday ataladi?
A) shakl yasovchi qo‘shimcha
B) qo‘shimcha
C) so‘z yasovchi qo‘shimcha
D) asos
25. Shakl yasovchi qo‘shimchalar necha turga
bo‘linadi?
A) 3 turga B) 4 turga C) 6 turga D) 2 turga
26. Shakl yasovchi qo‘shimchalar qaysi xususiyatiga
ko‘ra ikki turga bo‘linadi?
A) vazifasiga ko‘ra B) tuzilishiga ko‘ra
C) qaysi so‘z turkumiga qo‘shilishiga ko‘ra
D) ifoda maqsadiga ko‘ra
27. O‘zi qo‘shilayotgan so‘zni boshqasiga bog‘lash
vazifasini bajaruvchi qo‘shimchalar qanday ataladi?
A) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar
B) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar
C) so‘z yasovchilar D) yordamchi so‘zlar
28.Asosga qo‘shilib uning ma’nosiga qo‘shimcha
ma’no yuklovchi qo‘shimchalar qanday ataladi?
A) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar
B) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar
C) so‘z yasovchilar D) yordamchi so‘zlar
29. Lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar qaysilar?
1. Otlarning ko‘plik shakli (-lar). 2. Otlarning
qarashlilik
qo‘shimchasi
(-niki).
3.
Fe’lning
bo‘lishsizlik shakli (-ma). 4. Fe’lning zamon shakllari
(-di, -ib, -gan, -moqda, -yotir, -yotib, -yap, -ajak, -adi,
-ur, -ar, -ay (-y). 5. Fe’lning vazifaviy shakllari (-ish
(-sh), -uv, -moq, -mak, -ar, -gan (-kan, -qan), -
ayotgan, -adigan, -ydigan, -ib, -guncha (-kuncha, -
quncha), -gancha (-kancha, -qan-cha), -gani (-kani, -
qani), gach (-kach, -qach). 6. Fe’lning munosabat
shakli qo‘shimchalari (shaxs-sondan tashqari) (-sa, -
ay, -aylik, -gin, -sin, -ing, -inglar, -moq-chi). 7. Sifat
darajalari shakl-lari (-imtir, -mtir, -ish, -roq). 8.
Otlarning erkalash-kichraytirish qo‘shimchalari (-
cha, -gina, -choq, -chak, -jon, -oy, -xon, -bek...)
A) 1, 3, 4, 5, 6, 7
B) 2, 3, 4, 5, 6, 7
C) 1, 2, 3, 5, 7, 8
D) barchasi
30. So‘z tarkibi qay tartibda joylashadi?
A) asos + lug‘aviy shakl ya-sovchi + so‘z yasovchi +
sintaktik shakl yasovchi
B) asos + so‘z yasovchi + sintaktik shakl yasovchi +
lug‘aviy shakl yasovchi
C) asos + so‘z yasovchi + lug‘aviy shakl yasovchi +
sintaktik shakl yasovchi
D) asos + sintaktik shakl yasovchi + so‘z yasovchi +
lug‘aviy shakl yasovchi
31. O‘rganish uchun olingan turli narsa, voqea-
hodisalar yig‘indisi qanday ataladi?
A) qoida B) to‘plam C) tasnif D) barchasi
32. To‘plamning o‘xshash va farqli belgilar asosida
ichki guruhlarga bo‘linishi nima deyiladi?
A) qoida B) to‘plam C) tasnif D) barchasi
33. Ma’lum so‘roqqa javob bo‘lib, biror gap bo‘lagi
vazifasida keladigan so‘zlar qanday ataladi?
A) oraliqdagi so‘zlar B) alohida so‘zlar
C) yordamchi so‘zlar D) mustaqil so‘zlar
34. Mustaqil so‘zlarga qaysilar kiradi?
A) ot, sifat, olmosh, fe’l, ravish, son
B) ot, sifat, olmosh, fe’l, ravish
C) ot, sifat, olmosh, fe’l, son
D) ot, sifat, olmosh, fe’l, ravish, son, yuklama
35. Fe’l qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
A) kim? nima? qayer?
B) nima qilmoq, nima bo‘lmoq?
C) qandaydir?, nechtadir?
D) A va B
36. Fe’llar qaysi xususiyatiga ko‘ra harakat va holat
fe’llariga bo‘linadi?
A) qaysi turkum bilan ifodalanishiga ko‘ra
B) nimani atab kelishiga ko‘ra
C) tuzilishiga ko‘ra
D) gap bo‘laklari sifatida shakllantirishga ko‘ra
37. 1. Qizarmoq. 2. Yasharmoq. 3. Chopmoq.
4. Sug‘ormoq. 5. Gapirmoq. Ushbu fe’llarni fe’lning
nimani atab kelishiga ko‘ra qaysi turiga kirishini
keltiring.
A) 1, 2 – holat 3, 4, 5 – harakat
B) 1, 2, 3 – holat 4, 5 – harakat
C) 1, 2, 4 – holat 3, 5 – harakat
D) 1, 2, 5 – holat 3, 4– harakat
38. Gul bargini nasim tildi – to‘kildi,
Saboga hikoyat qildi – to‘kildi.
Falak ishiga boq: bir haftada gul
Chiqdi, g‘unchaladi, kuldi – to‘kildi...
Ushbu misralarda necha o‘rinda fe’l so‘z turkumiga
oid so‘z ishlatilgan?
A) 8 o‘rinda
B) 9 o‘rinda
C) 7 o‘rinda
D) 10 o‘rinda
11
39. 1. Tasvirlamoq. 2. Kuylamoq. 3. Taralmoq.
4. Qotmoq. 5. O‘ylamoq. 6. Eshitilmoq. 7. Porlamoq.
8. Yiqilmoq. 9. Jimirlamoq. 10. Unmoq. 11. O‘smoq.
12. Fikrlamoq. 13. Ikkilanmoq. 14. Qaytarmoq.
Ushbu fe’llarning qaysilari holat fe’li?
A) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 9, 10, 11, 12, 13
B) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 9, 10, 11, 12
C) 2, 8, 13, 14
D) 2, 8, 14
40. 1. Tasvirlamoq. 2. Kuylamoq. 3. Taralmoq.
4. Qotmoq. 5. O‘ylamoq. 6. Eshitilmoq.
7. Porlamoq. 8. Yiqilmoq. 9. Jimirlamoq.
10. Unmoq. 11. O‘smoq. 12. Fikrlamoq.
13. Ikkilanmoq. 14. Qaytarmoq.
Qaysilari harakat fe’li?
A) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 9, 10, 11, 12, 13
B) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 9, 10, 11, 12
C) 2, 8, 13, 14
D) 2, 8, 14
41. Shaxs va narsalarning jismoniy faoliyati
natijasida ro‘y bergan harakatni bildiruvchi fe’llar
qanday ataladi?
A) fe’l nisbatlari
B) fe’l mayllari
C) holat fe’llari
D) harakat fe’llari
42. Shaxslarning ichki kechinmalari va narsalarning
bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish jarayonini
ifodalovchi fe’llar qanday ataladi?
A) fe’l nisbatlari
B) fe’l mayllari
C) holat fe’llari
D) harakat fe’llari
43. Tushum kelishigidagi so‘zga bog‘lana olish va
olmasligiga ko‘ra fe’llar qanday turlarga bo‘linadi?
A) o‘timli va o‘timsiz fe’llar
B) harakat va holat fe’llari
C) sodda, qo‘shma, juft, takroriy fe’llar
D) yasama va tub fe’llar
44. 1. Almashmoq. 2. Jiringla-moq. 3. O‘xshamoq.
4. Jilmaymoq. 5. Yuzlanmoq. 6. Kiyinmoq.
7. Kiymoq. 8. So‘roqlamoq. 9. So‘ramoq.
10. So‘rattirmoq. 11. Quvonmoq. 12. Quvontirmoq.
13. Joylashmoq. 14. Joylashtirmoq. Ushbu fe’llar
orasidan o‘timli fe’llarni ajrating.
A) 2, 3, 4, 5, 6, 11, 13
B) 1, 7, 8, 9, 10, 12
C) 2, 3, 4, 5, 6, 11
D) 1, 7, 8, 9, 10, 12, 13
45. 1. Almashmoq. 2. Jiringlamoq. 3. O‘xshamoq.
4. Jilmaymoq. 5. Yuzlanmoq. 6. Kiyinmoq.
7. Kiymoq. 8. So‘roqlamoq. 9. So‘ramoq.
10. So‘rattirmoq. 11. Quvonmoq. 12. Quvontirmoq.
13. Joylashmoq. 14. Joylashtirmoq. Ushbu fe’llar
orasidan o‘timsiz fe’llarni ajrating.
A) 2, 3, 4, 5, 6, 11, 13
B) 1, 7, 8, 9, 10, 12
C) 2, 3, 4, 5, 6, 11
D) 1, 7, 8, 9, 10, 12, 13
46. Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay
darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari
qanday ataladi?
A) fe’l nisbatlari
B) fe’l mayllari
C) holat fe’llari
D) harakat fe’llari
47. Fe’l nisbatlari nechta?
A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 9 ta
48. Qanday fe’l nisbatlari mavjud?
A) 1. Aniq nisbat. 2. O‘zlik nisbat. 3. Majhul nisbat.
4. Ort-tirma nisbat. 5. Birgalik nisbat
B) 1. Aniq nisbat. 2. O‘zlik nisbat. 3. Majhul nisbat.
4. Ort-tirma nisbat.
C) 1. Ijro nisbat. 2. O‘zlik nisbat. 3. Majhul nisbat.
4. Orttirma nisbat. 5. Birgalik nisbat
D) 1. Aniq nisbat. 2. O‘zlik nisbat. 3. Majhul nisbat.
4. Birgalik nisbat
49. Aniq nisbat qanday shaklga ega?
A) –in B) -n, -l C) –t, -tir, -ir, -ar, -iz
D) aniq nisbat maxsus shaklga ega emas
50. Qobil yugurib borib do‘konxona eshigidan xabar
oldi. Ushbu gapdagi fe’l qaysi nisbat shaklida?
A) aniq nisbat
B) majhul nisbat
C) o‘zlik nisbat
D) birgalik nisbat
51. Bajaruvchining o‘z ustida amalga oshadigan
harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli qaysi
nisbat shakli deyiladi?
A) aniq nisbat
B) majhul nisbat
C) o‘zlik nisbat
D) birgalik nisbat
52. O‘zlik nisbati qanday shakllarga ega?
A) -ish (-sh) B) -in, -il (-n, -l)
C) -t, -tir, -ir, -ar, -iz
D) maxsus shakl yo’q
53. Uning og‘ilga kirib qilgan taftishi Qobil boboga
bir umid bag‘ishlagan edi, bu so‘zdan haddan ziyoda
sevindi. Ushbu gapdagi fe’llar qaysi nisbat shaklida
qo‘llangan?
A) o‘zlik va majhul nisbat B) aniq va o‘zlik nisbat
C) aniq va majhul nisbat D) majhul va birgalik nisbat
54. Qaysi nisbat shakllarining grammatik shakli bir
xil?
A) o‘zlik va majhul nisbat B) aniq va o‘zlik nisbat
C) aniq va majhul nisbat D) majhul va birgalik nisbat
55. Majhul nisbat qanday shakllarga ega?
A) -ish (-sh)
B) -in, -il (-n, -l)
C) -t, -tir, -ir, -ar, -iz
D) majhul nisbat maxsus shaklga ega emas
56. 1. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy 1441-
yili tug‘ilgan. 2. U yuziga belbog‘ini tashlab
ko‘rpachaga cho‘zildi. 3. Hozirgi kunda milliy
hunarmandchilikka katta e’tibor berilmoqda. 4. Bir
bor ekan, bir yo‘q ekan, dunyoda hamma narsa
yaratilgan
ekan-u,
ammo
xushnavo
bulbul
yaratilmagan ekan. 5. Ho‘kizing hech qayoqqa
ketmaydi, topiladi.
Ushbu gaplardagi fe’llar qaysi nisbatda?
A) 1, 2 – o‘zlik nisbatida, 3, 4, 5 – majhul nisbatda
B) 1, 2, 3 – o‘zlik nisbatida, 4, 5 – majhul nisbatda
C) 1 – o‘zlik nisbatida, 2, 3, 4, 5 – majhul nisbatda
D) 1, 2, 5 – o‘zlik nisbatida, 3, 4 – majhul nisbatda
12
57. Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki
narsa tomonidan bajarilgan harakat yo holatni
bildiruvchi fe’llar fe’lning qaysi nisbat shaklini
yuzaga keltiradi?
A) orttirma nisbat
B) majhul nisbat
C) o‘zlik nisbati
D) birgalik nisbat
58. Orttirma nisbat shakllarini sanang.
A) -in B) -n, -l C) -t, -tir, -ir, -ar, -iz
D) orttirma nisbat maxsus shaklga ega emas
59. 1. Bitirmoq. 2. Aytmoq. 3. Tomchilamoq.
4. To‘ydirmoq. 5. Chaqirmoq. 6. Tushuntirmoq.
7. Anglamoq. 8. Yotqizmoq. 9. Asramoq.
10. O‘tkazmoq. 11. Topmoq. 12. Keltirmoq.
13. Qaramoq. 14. Tasvirlamoq. 15. Tushirmoq.
16. Ko‘rmoq. 17. Ko‘rsatmoq. 18. Ishlatmoq. Fe’llar
qaysi nisbat shaklida?
A) 1, 4, 6, 8, 10, 12, 15, 17, 18 – orttirma nisbat,
2,3,5,7,9,11,13,14, 16– aniq nisbat
B) 1, 4, 6, 10, 12, 15, 17, 18 – orttirma nisbat,
2, 3, 5, 7, 8, 9, 11, 13, 14, 16 – aniq nisbat
C) 1, 4, 6, 8, 12, 15, 17, 18 – orttirma nisbat,
2, 3, 5, 7, 9, 10, 11, 13, 14, 16 – aniq nisbat
D) 1, 3, 4, 6, 8, 10, 12, 15, 17, 18 – orttirma nisbat,
2, 5, 7, 9, 11, 13, 14, 16 – aniq nisbat
60. Faqat unli bilan tugagan fe’l asosiga qo‘shila
oladigan ort-tirma nisbat shakli qaysi?
A) -tir B) –dir C) -ir, -ar, -iz D) -t
61. -dir orttirma nisbat shakli qanday fe’l asoslariga
qo‘shiladi?
A) jarangsiz undosh
B) jarangli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga
C) undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga
qo‘shiladi
D) faqat unli bilan tugagan fe’l asosiga
qo‘shila oladi
62. -tir orttirma nisbat shakli qanday fe’l asoslariga
qo‘shiladi?
A) jarangsiz undosh bilan tugagan fe’l asoslariga
(keltir, quyultir kabi so‘zlar bundan mustasno)
B) undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga
C) faqat unli bilan tugagan fe’l asosiga qo‘shila oladi
D) jarangli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga
63. Undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga
qo‘shiladigan orttirma nisbat shakllari qaysilar?
A) -tir
B) –dir
C) -ir, -ar, -iz
D) -t
64. Qaysi nisbat shakli fe’l asosiga birdan ortiq
qo‘shilishi mumkin?
A) orttirma nisbat
B) majhul nisbat
C) o‘zlik nisbati
D) birgalik nisbat
65. Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan bajarilgan
harakat va holatni qaysi nisbat shakli ifodalaydi?
A) aniq nisbat
B) majhul nisbat
C) o‘zlik nisbati
D) birgalik nisbat
66. Birgalik nisbat qaysi qo‘shimchalar bilan hosil
qilinadi?
A) -ish (-sh) B) -in, -il (-n, -l)
C) -t, -tir, -ir, -ar, -iz
D) birgalik nisbat maxsus shaklga ega emas
67. Bahslashmoq, ommalashmoq, suhbatlashmoq
kabi fe’llar qaysi nisbat shaklida?
A) aniq nisbat
B) majhul nisbat
C) o‘zlik nisbat
D) birgalik nisbat
68.Fe’lning turli gap bo‘laklari vazifasida kelishiga
xoslangan shakli fe’lning qanday shakli sanaladi?
A) munosabat shakli
B) shaxs-son shakli
C) vazifaviy shakli
D) zamon shakli
69. Fe’lning vazifaviy shakllari qaysilar?
А) harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh, sof fe’l shakli
B) zamon, mayl, shaxs-son
C) harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh, zamon
D) zamon, mayl, shaxs-son, bo‘lishsizlik shakli
70. Fe’lning otga xoslangan shakli nima?
A) harakat nomi
B) sifatdosh
C) ravishdosh
D) sof fe’l shakli
71. Harakat nomi shakllarini keltiring.
A) -gan, -ydigan, -adigan, -(a)yotgan, -a(r)
B) -ish, -uv, -moq (-mak)
C) -gach (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, -quncha)
D) -gani, -guncha, -ib, -ay
72. -uv qo‘shimchasi qanday so‘zlarga qo‘shilganida
tovush almashinishi sodir bo‘ladi?
A) bir bo‘g‘inli so‘zlarga
B) i yoki a unlisi bilan tugagan so‘zlarga
C) o va u unlisi bilan tugagan so‘zlarga D) barchasi
73.Harakat nomi qo‘shimchasi qaysi qo‘shimchalarni
qabul qila oladi?
A) zamon, ko‘plik, shaxs-son B) egalik, son, zamon
C) kelishik, mayl, bo‘lishsizlik
D) egalik, kelishik, ko‘plik
74. Fe’lning sifatga xoslangan shakli qanday ataladi?
A) harakat nomi
B) sifatdosh
C) ravishdosh
D) sof fe’l shakli
75. Sifatdosh qanday shakllar orqali hosil qilinadi?
A) -gan, -ydigan, -adigan, -(a)yotgan, -a(r)
B) -ish, -uv, -moq (-mak)
C) -gach (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, -quncha)
D) -gani, -guncha, -ib, -ay
76. Sifatdoshlar qaysi xususiyatiga ko‘ra sifatlarga
o‘xshaydi?
A) sifat shaxs va narsaning turg‘un, barqaror belgisini
ifodalasa, sifatdoshlar o‘zgarish, harakat belgisini
ifodalaydi
B) harakatning belgisini bildirishi bilan
C) shaxs va narsalarning belgisini bildirishi bilan
D) A va C
77. Sifatdosh nimasi bilan sifatdan farq qiladi?
A) sifat shaxs va narsaning turg‘un, barqaror belgisini
ifodalasa, sifatdoshlar o‘zgarish, harakat belgisini
ifodalaydi B) harakatning beligisini bildirishi bilan
C) shaxs va narsalarning belgisini bildirishi bilan
D) A va C
78. Harakat nomining bo‘lishsizlik shakli qaysi
qo‘shimcha orqali ifodalanadi?
A) -maslik B) –ma C) emas D) yo‘q
13
79. Bilmaslik ayb emas, bilmaganini bo‘yniga
olmaslik ayb. Ushbu gapda fe’lning qaysi vazifaviy
shakllari mavjud?
A) harakat nomi
B) harakat nomi, sifatdosh
C) ravishdosh, harakat nomi
D) sifatdosh
80. Sifatdoshlar fe’l shakli bo‘lgani sabab qaysi
qo‘shimchalarni qabul qila oladi?
A) zamon, ko‘plik, shaxs-son B) egalik, son, zamon
C) zamon, nisbat, bo‘lishsizlik
D) egalik, kelishik, ko‘plik
81. Sifatdoshning o‘tgan zamon shakli qaysi
qo‘shimchalar orqali hosil qilinadi?
A) -(a)yotgan
B) -gan (-kan, -qan)
C) -ydigan, adigan
D) -(a)r
82. Hozirgi zamon sifatdoshi fe’l asosiga qaysi
qo‘shimchalar qo‘shish orqali hosil qilinadi?
A) -(a)yotgan B) -gan C) -ydigan, -adigan D) -(a)r
83. Kelasi zamon sifatdoshi fe’l asosiga qaysi
qo‘shimchalar qo‘shish orqali hosil qilinadi?
A) -(a)yotgan
B) -gan (-kan, -qan)
C) -ydigan, -adigan
D) A va B
84. Endigina ko‘tarilib kelayotgan oy sarg‘ish nurlar
sochib tun qo‘ynida mudrayotgan pastqam uylarning
tomlarini, daraxtlarning yalang‘och novdalarini
yoritib turardi. Ushbu gapda sifatdoshning qaysi
zamon shakli qo‘llangan?
A) o‘tgan zamon
B) kelasi zamon
C) hozirgi zamon
D) hozirgi va kelasi zamon
85.
Sifatdoshning
bo‘lishsizlik
shakli
qaysi
qo‘shimcha orqali hosil qilinadi?
A) –maslik B) -ma C) emas D) yo‘q
86. Fe’lning ravishga xoslangan shakli qanday
nomlanadi?
A) harakat nomi
B) sifatdosh
C) ravishdosh
D) sof fe’l shakli
87. Ravishdoshlar qaysi xususiyati bilan ravishlarga
o‘xshaydi?
A) ravish shaxs va narsaning turg‘un, barqaror
belgisini ifodalasa, ravishdoshlar o‘zgarish, harakat
belgisini ifodalaydi
B) harakatning beligisini bil-dirishi bilan
C) shaxs va narsalarning belgisini bildirishi bilan
D) A va C
88. -(i)b, -a(y) ravishdosh shakllari qanday ma’no
anglatadi?
A) payt, holat, sabab B) payt
C) maqsad
D) B va C
89. Maqsad ma’nosini bidiruvchi ravishdosh
qo‘shimchasi qaysi?
A) -gach (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, -quncha)
B) -gani (-kani, -qani)
C) -gach (-kach, -qach)
D) -(i)b, -a(y)
90. -gancha (-kancha, -qancha) ravishdosh shakli
qanday ma’noni anglatadi?
A) payt, holat, sabab B) payt
C) maqsad
D) holat
91. Payt ma’nosini bildiruvchi ravishdosh shakllari
qaysilar?
A) -gach (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, -quncha)
B) -gani (-kani, -qani)
C) –ar
D) -(i)b, -a(y)
92. Aslida, qosh qorayguncha yetib olish kerak.
Ushbu
gapda
ravishdoshning
qaysi
shakli
qo‘llangan?
A) holat ravishdoshi B) maqsad ravishdoshi
C) sabab ravishdoshi D) payt ravishdoshi
93. Gapni bilib-bilmay gapirmaslik kerak. Ushbu
gapda ravishdoshning qaysi shakli qo‘llangan?
A) holat ravishdoshi B) maqsad ravishdoshi
C) sabab ravishdoshi D) payt ravishdoshi
94. Shamol tinavermagach, tog‘ga chiqishni qoldirdi.
Ushbu
gapda
ravishdoshning
qaysi
shakli
qo‘llangan?
A) holat ravishdoshi
B) maqsad ravishdoshi
C) sabab ravishdoshi D) payt ravishdoshi
95. Orqa tomonda o‘tirgan Dilbar o‘zini tutolmay
qiqirlardi.
Ushbu
gapda
fe’lning
vazifaviy
shakllaridan qaysi biri qo‘llangan?
A) harakat nomi
B) harakat nomi, sifatdosh
C) ravishdosh, harakat nomi
D) sifatdosh, ravishdosh
|