6 ona tili javobi docx



Yüklə 243 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/28
tarix28.02.2023
ölçüsü243 Kb.
#123672
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
6 - ona tili JAVOBI

Hozirgi zamon shakllari. Hozirgi zamon shakllari fe’l asoslariga -yap(ti), -
moqda, -(a)yotir, -(a)yotib qo’shimchalarini qo’shish bilan hosil qilinadi. Hozirgi
zamon shakllari harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtda yuz berishini
ifodalaydi. Shaxs-son qo’shimchalari zamon qo’shimchalaridan so’ng qo’shiladi.
-yotir, -yotib shakllari unli bilan tuggan fe’l asoslariga-ayotir, -ayotib shakllari
esa undosh bilan tugagan fe’l asoslariga qo’shiladi. -yap shakli undosh bilan
tugagan fe’l asoslariga qo’shilib, -ayap holida talaffuz qilinsa ham-yap yoziladi.
Kelasi zamon shakllari. Kelasi zamon shakllari harakat yoki holatning gap
aytilayotgan vaqtdan so’ng yuz berishini bildiradi. Bu zamon shakllari fe’l
asoslariga -a, -y, -(a)r qo’shimchalarini va shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish
bilan hosil qilinadi. Bu shakllar ba’zan harakatning doimiy, har uch zamonga
oidligini ham ifodalaydi. Masalan: Akam kollejda o’qiydi. Undosh bilan tugagan
fe’l asoslariga kelasi zamonning -a, -ar, unli bilan tugagan fe’l asoslariga -y, -r,
bo’lishsiz fe’l shakliariga esa -s qo’shimchasi qo’shiladi. -(a)r shakli kelasi
zamonni gumon, taxmin yo’li bilan ifodalaydi.
Zamon shaklining uchta turi bor:
1.O’tgan zamon:
-di
– o’zi ko’rgan ish
-gan
– ilgariroq bo’lgan ish
-ib
– birovdan eshitgan ish
2.Hozirgi zamon:
-yapti (ayapti imloviy xato)
-moqda, -yotir, -yotib
3.Kelasi zamon:
-moqchi, -jak, -ar, -ur, -gusi, -gay
-ar, -a, - y – bu qo’shimchalar ham
kelasi zamon, ham doimiy zamon
ma’nosini beradi:
Akam kitobni ertaga o’qiydi (kelasi)
Akam litseyda o’qiydi
(doimiy zamon)



Yüklə 243 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin