27
Belgining me’yoridan biroz oz yoki ko’p ekanligini qiyosan ifodalaydigan sifat
shakli
qiyosiy daraja shakli deyiladi. Qiyosiy daraja shakli
-roq qo’shimchasi
yordamida yasaladi.
Belgining me’yordan kam ekanligini bildiruvchi shakli sifatning
ozaytirma
daraja shakli hisoblanadi. Ozaytirma shakli oddiy daraja shakli oldiga
sal, biroz,
picha, xiyla, nim so’zlarini qo’shish orqali hosil qilinadi. Rang-tus bildiruvchi
ayrim sifatlardan
-(i)mtir, -ish qo’shimchalari yordamida ham ozaytirma daraja
shakli yasaladi:
ko’kish, ko’kimtir.
Sifatlar qanday belgini ifodalashiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1) xususiyat;
2) rang-tus;
3) ma’za-tam;
4) hajm-o’lchov;
5) hid bildiruvchi;
6) makon-zamon belgisini bildiruvchi sifatlar
Narsanning turli xususiyat-holatlarini bildirgan sifatlar
xususiyat sifatlari, hajmi,
vazni, o’lchovi va shaklini bildirgan sifatlar
hajm-o’lchov sifatlari, o’rin va
vaqtga nisbatan belgilarini bildirgan sifatlar
makon-zamon sifatlari deyiladi.
Narsalarning rang-tusini bildirgan sifatlar
rang-tus sifatlari, maza-ta’m bildirgan
sifatlar
maza-ta’m sifatlari, hidini bildirgnan sifatlar
hid sifatlari deyiladi.
Dostları ilə paylaş: