Demografik portlash tushunchasi. Olimlarning hisoblariga qaraganda o’tgan 5 ming yilda insonning bor yug’i 292 yil urushlarsiz tinchlikda yashagan. Qolgan vaqtda 14513 martagacha urushlar bo’lgan va ular 3 milliard 64 million kishini yostigini quritgan. Ushbu urushlarga ketgan mablag’larni oltin bahosida hisoblaganda qalinligi 10 metr, eni 161 km ga tug’ri keladigan va yer sharini to’la aylanib chiqishga yetadigan oltin kamar yasash mumkin edi.
Insoniyat XX asr boshlarida har yili 25 million dollar ikkinchi jahon urushi arafasida 130 million dollar pulni qurollanishga sarflar edi. Hozir esa har yili jahondagi davlatlar 980 million dollar pulni urush va qurol-yarog’lar ishlab chiqarishga sarflamoqdalar.
Urush muammosiga juda qadimdan boshlab insoniyat taraqqiyoti uchun zaruriy, muqarrar va hattoki foydali hodisa sifatida qarab kelindi.
Bunday qarash ayniqsa g’arb tarixchilari hamda ijtimoiy fan namoyandalari N. Maklavell, F. Venon, T. Gobbs, D. Io. Prudon, F. Nitsshelorlarning asarlarida yaqqol ko’zga tashlanadi.
Lekin bu so’z g’arbning barcha mutafakkirlari urushga xuddi shunday munosabatda bo’lgan degan xulosaga kelish noto’gri bo’lgan edi. Xususan, urushga qat’iy qarshi chiqqan mutafakkirlardan Erazil Rotter, J. J. Russo, I.Kant, M. V. Lomonosovlar ham urushni ijtimoiy illat sifatida qoralaganlar. Shuni aytish mumkinki urush va tinchlik muammosi Hozirgi davrning birinchi darajali tarixiy-umumbashariy muammolari ichidagi eng uzun ro’yxatli o’z navbatida kechiktirib bo’lmaydigan muammolardan biridir . Sovuq urushni tugatilishi, bloklarni harbiy-siyosiy qarama-qarshiligini bartaraf etilishidir.
Xalqaro iqlimni umumiy tarzda yaxshilanishiga urushlarni ongli tarzda boshlanib ketishini oldini olishga xizmat qilgan bo’lsada, ammo uni tasodifan boshlanib ketish xavfini bartaraf qilib olganicha yuq. Shuning uchun bu umumbashariy muammoni hal etish uchun avvalo qurolsizlanishni birinchi navbatda, ommaviy qirg’in qurollarini tugatilishiga erishish zarur. O’z navbatida - Markaziy Osiyo xususan, bizning respublikamizda, barqarorlik va siyosiy muvozanat saqlanib qolgan sharoitdagina bu mintaqa jushqin va sobitqadam rivojlanadi, jahon hamjamiyati uchun munosib sherik bo’la oladi... .
Shuni nazarda tutadigan bo’lsak, butun mintaqaning sobitqadam va barqaror rivojlanishini ta’minlash hamda mojaroli vaziyatlarni oldini olish uchun hozirgi kunda ichki va tashki muvozanatni saqlash va qo’llab quvvatlashgina birdan - bir maqbul tamoildir.
Prezidentimiz so’zlari bilan aytganda, Jamoat tartibini va fuqorolarning o’z shaxsiy xavfsizligini saqlashi ularning xushyor va ogohligiga, tevarak atrofida ro’y berayotgan voqealarga faol munosabatiga naqadar bog’lik ekanini odamlarning ongiga yetkazish o’ta muximdir .
Umumbashariy muammolar ichida eng muhimlariga :
- jamiyat ichki jarayonlari tugdirgan umumbashariy muammolar;
- inson - jamiyat tizimidagi umumbashariy muammolar;
- jamiyat va tabiat tizimidagi umumbashariy muammolarni kiritish mumkin.
- yer yuzida inson paydo bo’lgandan beri kishilar turlicha madaniy darajasi, xoxish - istaklari va xokazolari bilan bir - biridan farq qilib kelganlar. Insoniyat o’zining bir hayot tarzidan ikkinchisiga, masalan, ko’chmanchi chorvachilikdan dehqonchilikka o’tish jarayonida tayyor maxsulotlarni iste’mol qilishdan, ularni qayta tayyorlash va ekin ekib, ularni yangitdan yetishtirishga o’tishi bilan ijtimoiy munosabatlar rivojlanib ketdi.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi iqtisodiy qoloqlik bilan bog’lik bo’lgan yana bir umumbashariy muammo aholining hozirgi o’sishidir.
Agar bu mamlakatlardagi iqtisodiy ahvol jamiyat rivojlanishi ichki qonuniyatlari bilan taqazolangan bo’lsa, demografik portlash insonning xoxish irodasi, mavjud an’analarga sodiqligi, madaniy darajasi, turmush mezonlari va hokazolar bilan belgilanadigan jarayondir. Ayniqsa, bugungi kunda oziq - ovqat muammosi favqulotda asosiy muammolardan biriga aylandi. Agar dunyo aholisning ocharchilikka mubtalo bo’lgan qismi 1970 yilda 460 million, 1990 yilda 550 millionni tashkil etgan bo’lsa 2000 yilga borib bu raqam 650 million kishini tashkil (planeta aholisining 10%) etadi. Mutaxasislarning hisob kitoblariga qaraganda oziq - ovqatlarni kishi boshiga minimal normada ta’minlash uchun har bir kishi uchun 0.6 gektar (6 sotix) o’zlashtirilgan yer zarur bo’ladi. Bugungi kunga kelib esa bu minimal norma ikki barobar kamaygan, 2000 yilga borib 2.5 barobar, 2050 yilda esa 4 barobarga kamayib ketishi kutilmoqda.
Faqat Osiyo va Afrika mamlakatlarini o’zida bir kunda 1200 taga qadar kishi xozirda ochlikdan xalok bo’lmoqda.
Aholining ko’payishi bilan birga uning tarkibida muhim o’zgarishlar sodir bo’ladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda nafaqaxo’rlarning soni aholining ko’pchiligini tashkil etadi va ularning miqdori asr oxirida 60% ga yetadi.