6-seminar mashg’ulot. Dunyodagi demografik muammolar (2soat) Umumiy ma’lumot


O‘zbekiston aholisining tadrijiy o‘sishi. Demografik siyosat



Yüklə 22,38 Kb.
səhifə4/5
tarix22.03.2023
ölçüsü22,38 Kb.
#124252
1   2   3   4   5
6-seminar

O‘zbekiston aholisining tadrijiy o‘sishi. Demografik siyosat. Demografik o’sish mavjud resurslarni taqsimlashga ham ta’sir etadi. Chunki, insonning muhim extiyojlarini qondirish uchun zarur hajmdagi tabiiy resurslar bo’lishi talab etiladi. Bundan tashqari aholi zich joylashgan mintaqalarda oddiy falokatlar ancha ko’p qurbonlar keltiradi. Inson va jamiyat tizimiga borib taqaladigan jiddiy umumbashariy muammolardan biri xavfli kasalliklarni tugatish vazifasidir. Bu kasalliklar birinchi navbatda, aholi ko’payishini boshqarish va tashkil etish yo’lga qo’yilmagan mamlakatlardagi ochlik, oziq - ovqatlar tarkibida oqsillarning kamligidan xam kelib chiqmoqda. Kishilik jamiyatining tabiat bilan munosabatlari va ularning ifodasi bo’lgan faoliyat turlari g’oyat xilma - xildir.
Ular ichida belgilovchi moddiy ishlab chiqarish faoliyati hisoblanadi. Bu faoliyat tufayli sayyora qiyofasi shunday o’zgardiki, oqibatda bir qator jiddiy muammolar kelib chiqdi. Ular ekologik muammolar deb qaralmoqda. Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan Ekologik muammoni bugungi kunda qanchalik dolzarb ekanligini BMT (1992 y)ning Umumbashariy muammolarga daxldor ma’lumotidan bilsa bo’ladi. Unda ta’kidlanishicha, chuchuk suv tanqisligi sezilmoqda, chunki uning 63% i qishloq xo’jaligiga, 23% i sanoatga va 8%igina turmushga sarf bo’lmoqda. Dunyo okeanlari shu darajada ifloslanmoqdaki buning natijasida uning satxi 3 ayrim joylarda 9 - 13 metrga pasayib, uni sho’rlanish darajasi 10 marotabaga oshdi.
Havoning halokatli tarzda ifloslanishi kuzatilmoqda, ayniqsa dunyodagi yirik shaxarlar Parij, Madrid, Rio - de Janeyro, Tokio, Sidney, Toronto, London, Bangkok, Nyu - York va boshqa shaxarlar shular jumlasidan.
Ekologik falokatlar ikki shaklda tabiiy hodisalar va inson faoliyati ta’sirida yuz beradi.
Buni Orol dengizi xavzasidagi ekologik falokat ham tasdiqlaydi. Juda qurg’oqchil mintaqada keyingi 30 - 40 yil ichida intensiv tarzda amalga oshirilgan xo’jalik faoliyati tufayli dengiz suvi keskin kamayib ketdi. Natijada:
- yana bitta saxro - orolqum saxrosi paydo bo’lmoqda;
- dengiz o’rnidan ko’tarilgan tuz changlari g’oyat katta maydonga tarqalmoqda (xatto Antarktidada pingvin vujudida xam) Grenlandiya muzliklarida, Norvegiya o’rmonlarida Orol mintaqasi pestidlari topilgan;
- kaspiy dengizining suv satxi keskin ko’tarilmoqda;
- mintaqadan tashqari g’arbiy sibirda xam qurg’oqchilik ro’y bermoqda;
- pomir va Tyan - Shan tog’laridagi doimiy muzliklar degradotsiyasi sodir bulmoqda;
- mintaqada qish fasli yildan yilga sovuqlashib bormoqda va h.k. Bular Orol fojiasi bilan bog’liq bo’lishi kerak.
Umumbashariy muammolar bo’yicha Amerikalik tadqiqotchi V. Smil so’zlari bilan aytganda uchta kit hozirgi zamon sivilizatsiyasini ushlab turadi, - bu energiya, oziq - ovqat va atrof muhitdir, qolgan barchasi ikkinchi darajalidir.
Dunyo okeani resurslaridan foydalanish kabi koinotni o’zlashtirish masalalari ham insoniyat oldidagi umumbashariy muammolardan hisoblanadi. Bu birinchidan, koinot tadkqiqotlarini qimmatlashuvi bo’lsa, ikkinchidan, koinot butun insoniyatni mulki deb tan olinganligidir. Koinotni o’zlashtirish muammolari umumbashariy bo’lgani uchun barcha mamlakatlarning kuch - g’ayratlarini birlashtirib, undan butun insoniyat manfaatlari yo’lida foydalanishi lozim.


Yüklə 22,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin