6-seminar mashg’uloti
Atrof-muhitning toksikantlari
Mashg’ulot maqsadi: Atrof-muhitning toksikantlari bilan tanishib chiqish.
Hozirgi kunda pestisidlik xususiyatiga ega bo’lgan 200000 ga yaqin moddalar topilgan. Bular asosida juda ko’p sonli preparatlar yaratilgan, ammo ulardan faqatgina 300 ga yaqini keng miqyosda ishlatilmoqda.
Pestisidlar ta’sir etishiga ko’ra quyidagichaguruhlanadilar:gerbisidlar-begona o’tlarga qarshi,fungisidlar: o’simliklarni kasalliklariga, zamburug’lariga va viruslarga qarshi,insektisidlar zararkunandalarga qarshi,akarisidlar-zarar keltiruvchi hasharotlarni yo’qotish uchun (kana), bakterisidlar-bakteriya sababli paydo bo’lgan kasalliklarga qarshi, zoosidlar-kemiruvchilarga qarshi, nematosidlar-nematodalarga qarshi, antiseptiklar-materiallarni mikroorganizmlar ta’sirida sifatsiz holga kelishidan asrash uchun ishlatiladi.
Yuqoridagilardan tashqari yana bir qator guruhlar ham mavjud(suv o’tlariga qarshi-al’gisid, arborisid-butalarga qarshi va h.k) Quyidagi terminlar ustida ham to’xtalib o’tishimizga to’g’ri keladi:kumulyativlik-ishlatilgan moddaning yig’ilib qolishlik xususiyati,persitentlik—atrof-muhitda parchalanmasligi; metabolizm moddaning qo’llanilgan muhitda o’zgarishi; kanserogen xususiyati-zararli o’simta;mutagenmytatsiya hosil qilish xususiyati;uzoq muddat effekti-uzoq yillardan so’ng ko’gilsiz holatlarni (masalan, allergiya) keltirib chiqarish; modifikatorlar-kimyoviy birikmalar tarkibidagi maxsus guruhlar. Ular shu moddalarning atrof-muhitda parchalanishiga xizmat qiladi.
U yoki bu kimyoviy preparatning asosiy ko’rsatkichlaridan biri-bu zaharlilik darajasi,ya’ni shu modaning (qo’llanilayotgan ) organizmga ta’siri.Bu ko’rsatkich LD-o’rtacha letal miqdori bo’lib, utajriba uchun olingan hayvonlarning 50 % o’lishiga mos kelgan modda miqdoriga to’g’ri keladi. Asosan zaharlilik darajasi to’rt guruhga bo’linadi: I-50 mg/kg gacha bo’lgan moddalar. Ular kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar; II-50 mg/k dan 200 mg/kg-yuqori zaharli; III-200-1000 mg/kg o’rtacha zaharli; IV-1000 mg/kg dan yuqori bo’lgan moddalar,kam zaharli;
Pestisidlarga bo’lgan talablar quyidagicha;
-oz miqdorda ishlatilishi kerak;
-zaharliligi kam (iloji bo’lsa IV-guruh) bo’lishi kerak;
-atrof-muhitda (tuproq,suv,havo va qo’llaniladiganda natriy ma’lum vaqtdan so’ng ko’ngilsiz ta’sir qilmasligi zarur.
Dostları ilə paylaş: |