Qovoqdoshlilarga mansub o‘simliklarning gullari ayrim jinsli bo‘lganligi uchun ularning changchi va urug‘chi gullariga alohida-alohida formula va diagrammalar beriladi.
Qovoqdoshlarning mevasi – etdor, sersuv, soxta qovoq meva.
O‘zbekistonda ko‘plab ekiladigan bu oilaga mansub o‘simliklardan biri oshqovoq (oyim qovoq)dir.
Oshqovoq – qovoq turkumiga mansub bir yillik poliz o‘simligidir. Poyasi silindrsimon, mayin tuklar bilan qoplangan, o‘rmalab yoki jingalaklari bilan ilashib o‘sadi. Barglari yirik, buyraksimon, yaprog‘i 5–7 ga bo‘lingan. Uning changchi va urug‘chi gullari bitta tupda yetishadi. Gullari sariq. Changchili gullari nisbatan yirik bo‘lib, urug‘chili gullardan oldinroq ochiladi, changchilari 5 ta. Urug‘chili gullarida 3 ta tumshuqchali 1 ta urug‘chisi bor.
Oshqovoqning mevasi yirik, soxta meva. Mevaning tashqi qavati qattiq, ichki qavali esa shirador va etdor. Urug‘ida 50% gacha moylar bor.
O‘zbekistonda qovoq turkumiga oid 3 ta tur o‘simlik ekiladi.
Qovoqdoshlar oilasiga mansub itqovun ekinlar orasida begona o‘simlik sifatida uchraydi.
Respublikamizda keng miqyosda ekiladigan shirin-shakar handalak, qovun, tarvuzlar hamda bodring, turli-tuman shakldagi idish-qovoqlar, qozonyuvg‘ichlar ham qovoqdoshlar oilasiga kiradi.
Dostları ilə paylaş: |