6-sinf. Botanika 7-dars: gul



Yüklə 290,5 Kb.
səhifə73/73
tarix01.01.2022
ölçüsü290,5 Kb.
#107233
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
6-sinf. Botanika 7-dars gul

tropik va subtropik mamlakatlardan olib kelingan. Bu o‘simliklarning ko‘pchiligi o‘z vatanida ochiq havoda o‘sadi. Masalan, kaktuslar, fikuslar, palmalar va boshqalar. Yana bir muhim tomoni shundaki, vatanida daraxt yoki yirik buta bo‘lib o‘sadigan o‘simliklar bizning sharoitda past bo‘yli buta shaklida o‘sadi.

Xonalarda o‘sadigan manzarali o‘simliklarning ko‘pchiligini ko‘p yillik ildizpoyali, tugunakli va piyozboshli o‘simliklar tashkil etadi. Olib borilgan izlanishlar natijasida O‘zbekistonda tarqalgan o‘simliklarning 80 dan ortiq oila, 160 dan ziyod turkumga mansub 300 ga yaqin turlari borligi aniqlandi. Bular O‘zbekistonda iqlim va tuproq sharoitiga qarab har xil tarqalgan. Toshkent, Farg‘ona, Namangan va Surxondaryo viloyatlari turlarga boyligi jihatidan oldingi o‘rinda turadi. Xonadonlarda tarqalishiga ko‘ra kaktuslar birinchi o‘rindadir. Begoniya, sarsabil, qirqquloq, paporotnik, fikus, binafsha, aloe kabi turkumlarning vakillari boshqalariga qaraganda nihoyatda keng tarqalgan.

Xona o‘simliklari turli yo‘llar bilan ko‘paytiriladi. Bulardan begoniya, yorongul, fikus, kameliya, oleandr qalamchalari, aloe, sansevara, tradeskansiya tupini bo‘lib, lola va liliyalar esa piyozboshidan ko‘paytiriladi. Shuni ham aytish kerakki, xona o‘simliklarining ko‘pchilik qismi urug‘idan ko‘paytiriladi.

Ziynatliligiga qarab xona o‘simliklari bargi ziynatli, osilib turuvchi (ampel), ilashuvchi, chirmashuvchi, shox-shabbasi ziynatli va mevasi ziynatli o‘simliklarga bo‘linadi.



Xona o‘simliklarini ekishda, ularni ko‘paytirishda ehtiyot bo‘lish lozim. Chunki, ular orasida zaharlilari (masalan, oleandr) ham bo‘lishi mumkin.
Yüklə 290,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin