Changchi guli formulasi - Gk(5) Gt(5) Ch(2)+(2)+1 U0 Urug`chi guli formulasi - Gk(5) Gt(5) Ch0 U(3)
20.8. Qovoqdoshlar oilasi
Oila vakillari: Bodring, handalak, qavoqlar, qovun, tarvuz, qozonyuvgich, idish qovoqlar
Yer yuzida mazkur oilaga mansub 800 ga yaqin, O‘zbekistonda esa 18 tur o‘simlik o‘sadi.
Qovoqdoshlar oilasiga asosan bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar kiradi. Ularning poyasi (palagi) o‘rmalab yoki jingalaklar bilan ilashib o‘sadi. Barglari oddiy, ketma-ket o‘rnashgan, yaproqlari panjasimon bo‘lingan yoki panjasimon qirqilgan. Gullari to‘g‘ri, ayrim jinsli, hasharotlar yordamida changlanadi. Gulkosachasi 5 ta gulkosachabargning, gultoji ham 5 ta gultojbargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Changchilari 5 ta, ulardan 4 tasi 2 tadan juft bo‘lib qo‘shilgan, 1 tasi erkin. Urug‘chilari 3 ta.
Dostları ilə paylaş: |