6 - sinf uchun ona tili fanidan test savollari
1.To’plamni ifodalovchi so’zlar qaysi qatorda berilgan.
a. kitob, daftar, qalam b. o’quv qurollari,milliy o’yinlar,ranglar
s. olma, o’rik, nok d. qizil, sariq, ko’k
2.O’zakdosh so’zlar berilgan qatorni toping/
a. bilimdon,aqlli,zukko b.odobli,mehribon,kamtarin
s.ishbilarmon,ishchi,ishboshi d.o’qimishli,ziyoli,ilmli
3.Qaysi qatorda yasama so’zlar berilgan.
a.kitob,maktab,muallim b.shahar,diyor,o’lka
s.dono,zukko,chaqqon d.san’atkor,unumli,no’malum
4.qaysi qatordagi gapda hozirgi zamon sifatdoshi mavjud
a.Bir shirin so’z olamga asal bo’lib tuyular edi.
b.Shiddat bilan yog’ayotgan yomg’ir bir zumda tindi.
s.Ishonch kishi qalbining hukmi ,u hech vaqt yoqotilmaydi.
d.Ilm-fan va fikr dami nihoyatda keng va chuqur.
5.Bo’lishsiz fe’l qo’llangan gap qatorini belgilang.
a.Mayin shabada esmoqda. b.Giloslar qiyg’os gullagan.
s.Uzoqdan yoqimli kuy eshitilardi. d.Birovga xolis xizmat qilib o’rganmagan.
6.Qaysi gapda kelasi zamon fe’li qo’llangan.
a.Sinfimiz o’quvchilari umumxalq hashariga chiqishdi
b.Sinfimiz o’quvchilari umumxalq hashariga chiqishadi
s.Sinfimiz o’quvchilari umumxalq hashariga chiqishibdi
d.Sinfimiz o’quvchilari umumxalq hashariga chiqqan ekanlar
7.Yasama fe’llar berilgan qatorni toping
a.o’qidi,yozdi,chizdi b.tingladi,yasadi,bormoq
s.oqlamoq,baholamoq,saralamoq d.javob bermoq,e’lon qilmoq
8.Qaysi qatorda qo’shma fe’llar berilgan?
a.shamol esmoqda,ochilgan gul b.sehrli olam,baxtli bolalik
s.mehr bilan ishlamoq,berilib tinglamoq d.nasihat qilmoq,o’rnak bo’lmoq,bino qo’ymoq
9.O’timli fe’l qo’llanmagan gap qatorini toping.
a.O’quvchilar darsni diqqat bilan tingladilar.
b.Kutubxonadan qiziqarli kitob olib o’qidik
s.A’lochi o’quvchilar taqdirlandi
d.Hamma uyga berilgan vazifani bajardi
10.Orttirma nisbatdagi fe’llar qaysi qatorda qo’llangan
a.kuzatdi,tingladi b.yurgizdi,chizdirdi
s.qiziqmoq,chekinmoq d.bajarmoq,ruhlanmoq
11. Qaysi so’zlarni ko’chma ma’noda qo’llash mumkin ?
a. daraxt , shamol , suv b. ko’z , bosh , sher
s. daftar , qalam , ruchka d. aqlli , dono , ziyrak
12. Qaysi qatorda ma’nodosh so’zlar berilgan ?
a. sinfdosh , maslakdosh , quroldosh b. ishchi , quruvchi , suvchi
s. katta , ulkan , bahaybat d. guldon , siyohdon , qalamdon
13. Shakldosh so’zlardan ijotkorlar asarning qaysi turida ?
a. G’azalda s.tuyuqda
b.dostonda d.chistonda
14.Maqoldagi tagiga chizilgan so’zlar qandayma’noli so’zlar.
To’g’ri yurdim-yetdim murodga
Egri yurdim-qoldim uyatga
a.ma’nodosh so’zlar s.shakldosh so’zlar
b.ko’p ma’noli so’zlar d.zid ma’noli so’zlar
15.Qaysi qatorda ibora berilgan.
a.Baliq suv bilan tirik. Odam el bilan
b.Birni birov beradi ,ko’pni mehnat.
s.Do’stlik barcha boylikdan afzal.
d.Bir yoqadan bosh chiqarib ishlamoq.
16.Ravishdosh qo’llangan gap tuzing.
17.Kesimi ko’makchi fe’l bo’lgan gap tuzing
18. Yasama fe’llarga misol keltiring
19.kesimi qo’shma fe’l bo’lgan gap tuzing
20.Juft fe’llarga misol yozing
21.Harakat nomiga misol yozing
22.Sifatdoshga misol yozing
23.Sifatdoshning bo’lishli shakliga misol yozing
24.Ravishdosh yasovchi qo’shimchalarni yozing
25.Fe’lning tuzilishiga ko’ra turi qaysilar
Dostları ilə paylaş: |