6-variant Maktabda lug‘at ustida ishlashning asosiy yo‘llarini tushuntiring. O‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirishdagi muvaffaqiyatga erishishning uch omilini misollar bilan tushuntiring. Insho ushun matеrial to‘plang



Yüklə 51,78 Kb.
səhifə11/14
tarix24.12.2022
ölçüsü51,78 Kb.
#121757
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
6-variant Maktabda lug‘at ustida ishlashning asosiy yo‘llarini t

Insho ushun matеrial to‘plang.

“Insho”arabcha so’z bo’lib, uning ma’nosi “yaratish”, “bino qilish” , “qurish”, “boshlash” demakdir. Tilimizda bu so’zning ma’nosi ancha torayib,asosan , o’quvchi va talabalar tomonidan yoziladigan ijodiy yozma ish ma’nosida qo’llanadi.
Insho o’quvchining malum bir mavzuni mustaqil ravishda ochib bera olish, o’z fikirlarini yozma shaklda to’g’ri, ravon, savodli bayon qila olish ko’nikma va malakalarini, shu mavzu bo’yicha bilimlarini namoish etuvchi ijodiy matn – kichik bir asardir. Yozuvchi va shoir, olim va muxbir o’zi yozadigan asar, ilmiy ish, maqolaga katta ma’suliyat bilan qaragani kabi o’quvchi ham insho yozishdan oldin unga har tomonlama tayyorlanishi lozim. Zero insho o’quvchi ma’naviyati va marifati ko’zgusidir. Unda o’quvchining bilimlari, his-tuyg’ulari,fikrlarini bayon etish ko’nikma va malakalari o’z aksini topadi.
Insho asosan 3 turlidir

  1. Adabiy insho;

  2. Adabiy-ijodiy insho

  3. Erkin insho

Inshoning har bir turi o’z shakliy va mazmuniy xususiyatlariga ega.
Bizga birinchi sinfdan tanish bo’lgan oddiy yozma tasvirlar, rasm asosidagi hikoya turli xil maktublar ham inshoga o’xshaydi.Lekin ularni tom ma’noda insho deb bo’lmaydi. Chunki bunday yozma ishlarda o’quvchining mustaqilligi va ijodiyligi chegaralangan bo’ladi.
Muayyan badiiy asar yoki undagi qahramonlar haqidagi insho adabiy inshodir. Bunday inshoda biror asar yoki qahramonlartaqdiri tahlil qilinadi.
Adabiy-ijodiy inshoda biror badiiy asar va unda ishtirok etuvchi qahramonlar taqdirini tahlil qilishda o’quvchi o’z mustaqil fikri bilan yondoshadi. Ya’ni adabiy-ijodiy inshoda ijodiy fikrlashga katta etibor beriladi. Bu insho turining adabiy inshodan farqi ham ana shunda.
O’quvchining ma’lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy siyosiy dunyoqarashi, fikr mulohazalarini aks etuvchi insholar erkin insholardir. Erkin insholarda o’quvchining bir mavzu bo’yicha turli fanlardan olgan bilimlari va uning shaxsiy ta’sutotlari birgalikda ifodalanadi.
Adabiyot, ona tili, tarix, geografiya, biologiya fanlari bilan aloqador erkin insho mavzularini shakillantiring. Ulardan birining muassal rejasini tuzing.

Yüklə 51,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin