7 – Mavzu: Axloqiy qadriyatlar falsafasi (Etika). Ma’ruza rejasi



Yüklə 50,02 Kb.
səhifə3/7
tarix26.11.2023
ölçüsü50,02 Kb.
#136134
1   2   3   4   5   6   7
7 – Mavzu Axloqiy qadriyatlar falsafasi (Etika). Ma’ruza rejasi

2-savol bayoni: Har bir fan singari etika ham o‘z kategoriyalar sistemasiga ega. Etika kategoriyalarida etikaning nazariy asosini tashkil etuvchi axloqning eng muhim tomonlari va elementlari umumlashgan holda o‘z ifodasini topadi. Etika kategoriyalari axloqiy munosabatlarning ob’ektiv qonuniyatlarini, jamiyat axloqiy hayotining hamma tomonlari va rang-barangligini aks ettiradi. Ularda kishilar hatti-harakatlari, sinfiy-tarixiy nuqtai nazardan ma’qullanishi yoki qoralanishi o‘z aksini topgan.
Etika kategoriyalarining ko‘pchiligi qutbiy qarama-qarshi xarakterga ega, chunonchi, yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, baxt va baxtsizlik, vijdon va vijdonsizlik va hokazo.
Har bir kategoriyaning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib u shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatning ma’lum tomonlarini aks ettiradi, ilmiy bilishning turli pog‘onalarini ifodalaydi.
Ba’zi kategoriyalar (yaxshilik, yomonlik, adolat, adolatsizlik, ezgulik) axloq sohasini nisbatan juda keng qamrab oladi va o‘z mazmuniga ko‘ra birmuncha umumiy hisoblanadi, boshqalari esa (burch, vijdon, sha’n, qadr-qimmat, baxt) nisbatan tor kategoriyalar bo‘lib, axloqiy munosabatlarni shaxsning ichki dunyosi orqali bir muncha yaqqol aks ettiradi.
O‘tmishdagi etika sistemalari, odatda, u yoki bu kategoriyaning ustunligi va unga boshqalarining asosiga qurilgan. Masalan, Platon, Aristotel, Forobiy etikasida – yaxshilik, Kantda – burch, Gegelda – vijdon, Beruniy, Ibn Sinoda, Alisher Navoiyda – adolat, Demokrit, Epikur, Gelvesiy, Feyerbax etikasida – baxt belgilovchi kategoriyalar hisoblangan. Etika kategoriyalari jamiyat va axloq taraqqiyoti jarayonida yangicha belgilar kasb etib, o‘zgarib va rivojlanib boradi.
Asosiy mezoniy tushunchalar – kategoriyalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy tarzda ko‘zga tashlanadi. Axloqiy tamoyillar jamiyat tomonidan shaxsga qo‘yiladigan umumaxloqiy talablar tarzida namoyon bo‘lib, insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o‘zaro aloqalaridagi asosiy jihatlarini belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti-harakatining umumiy yo‘nalishini ko‘rsatgan holda, ko‘pgina axloqiy me’yorlar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Axloqning asosiy tamoyillariga insonparvarlik, vatanparvarlik, millatparvarlik, tinchliksevarlik kabilar kiradi.
Inson hayotida axloqiy me’yorlar ham katta ahamiyatga ega. Ular tamoyillarga nisbatan ancha sodda, umumlashmagan, tor qamrovli. Ularni kundalik xayotimizda ma’lum axloqiy tamoyillarning amalga oshish murvatlari ham deyish mumkin, ular axloqiy talablarning eng oddiy shakli sifatida ro‘yobga chiqadi. Halollik, rostgo‘ylik, xushmomalalik, boodoblik, kamtarlik singari me’yorlar ayniqsa, diqqatga sazovar. Shuni ham aytish kerakki, halollikni uning dastlabki tor diniy mazmunida-qaysi taom harom-u, qaysinisi halol, degan ma’noda tushunmaslik lozim. U allaqachon umuminsoniy ma’no kasb etgan me’yorga aylangan. Halollik, rostgo‘ylik vijdon tushunchasi bilan bog‘liq, insonning o‘zgaga munosabati o‘ziga munosabatidek sof bo‘lishini talab etuvchi ma’yorlardir.



Yüklə 50,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin