7- mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma'naviy va madaniy taraqqiyot.



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə19/76
tarix02.12.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#137469
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76
Mundarija t r

V.V.Putin: «...biz har xil sohalarda munosabatlarni rivojlantirishdan manfaatdormiz» degan edi. O‘zbekistonda bir mln. ortiq rus millatiga mansub fuqarolar yashaydi. O‘zbekistonda rus tilida 159 ta maktab, rus-o‘zbek tillarida ishlaydigan 603 ta maktab mavjud. O‘zbekiston aholisining 84,9 foizi rus tilida erkin gaplashadi. Rus tilida 85 gazeta va 52 jurnal nashr etiladi. 2002-2004-yillari 500 mingdan ortiq darsliklarni Rossiya hukumati yubordi. Har yili Rossiya oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek yoshlari uchun tekin, barcha sharoitlarga ega o‘quv o‘rinlari ajratiladi.
Bunday uchraShuvlar nafaqat Rossiya Federasiyasi bilan, balki Ukraina bilan ham keng yo‘lga qo‘yildi.
1993-yil Markaziy Osiyo rahbarlarining Almatida bo‘lib o‘tgan uchraShuvidan so‘ng Markaziy Osiyo hamdo‘stligiga asos solindi. Hamdo‘stlikka a’zo bo‘lgan davlatlarga milliy mudofaani kafolatlashga, ilmiy texnika taraqqiyoti yutuqlari va aloqa vositalari, yangi texnologiyaga erishish, xorijiy davlatlardan mahsulot tashish, zarur xom-ashyo va tayyor mahsulotlarni keltirish hamda o‘z mahsulotini jahon bozoriga olib chiqish, tabiiy ofatlar oqibatini tugatish, ekologiya sohasida tadbirlarni birgalikda o‘tkazish uchun imkoniyatlar yaratildi.
Din, e’tiqod, til birligi, azaliy qardoshlik munosabatlari bu davlatlar iqtisodiy taraqqiyotida Shubhasiz katta ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda o‘ziga ruxan, urf-odatlari va an’analari bilan yaqin mamlakatlar bilan mustahkam munosabatlar o‘rnatish suveren O‘zbekistonning tashqi siyosatidagi muhim o‘nalishlardan biridir. Bu ishlar Turkiston xalqlarining asosiy manfaatlarini ifodalagani uchun, ular orasida qadimiy do‘stlik va birodarlikni mustahkamlash, o‘zaro iqtisodiy muammolarni echish, milliy-madaniy aloqalarni tiklash uchun juda qulay sharoit yaratib, kishilar qalbida mehr-oqibat, birodarlik tuyg‘ularini, uyg‘otib kelmoqda.
Ayni paytda O‘zbekiston Markaziy Osiyo respublikalari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yib borar ekan, bu mintaqada iqtisodiy, madaniy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdagi asosiy xavf Afg‘oniston mojorosi ekanligini doimo diqqat markazida saqlab turdi. Bularga siyosiy jihatdan diniy ruhdagi ekstremizm, xalqaro terrorizm, korrupsiya va jinoyatchilik, narkotik moddalarni tarqatish, qurol-yarog‘ savdosi kabi muammolarni kiritish mumkin.
Oxirgi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan O‘zbekistonning Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston respublikalari bilan munosabatlari yangi bosqichga chiqdi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqida : “Bizning mintaqamiz xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari bog‘lab turadi. Bizni tarix, din, umumiy madaniyat va an’analar birlashtiradi. 
Evroosiyoning “yuragi”da joylashgan mintaqamiz Evropa va YAqin SHarq, Janubiy va Sharqiy Osiyoni bog‘lovchi ko‘prik bo‘lib, Rossiya va Xitoy singari yirik davlatlar bilan chegaradoshdir. 
Mintaqamiz tabiiy resurslarga boy, bu erda ko‘plab mamlakatlar va butun mintaqalar rivojiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatgan noyob madaniyat va taraqqiyot salohiyati mavjud.
Ayni paytda Markaziy Osiyoda qudratli davlatlarning manfaatlari kesishmoqda, beqarorlik va qarama-qarshilik o‘choqlariga tutash bo‘lgan ushbu mintaqa yaqin va uzoq xorijda ro‘y berayotgan barcha salbiy jarayonlar ta’sirini his etmoqda. Tabiiy savol tug‘iladi: mintaqada vaziyat qanday rivojlanadi? Bu erda qanday kuch ustun keladi – nizo va qarama-qarshiliklarmi yoki hamkorlik va taraqqiyotmi? 
Umumiy aholisi 70 milliondan ortiq bo‘lgan mintaqamizning kelajagi bugungi kunda Markaziy Osiyoning har bir davlati tomonidan barpo etilmoqda.
Bizning qat’iy ishonchimizga ko‘ra, amaliy hamkorlikka tayyorlik va unga astoydil intilish, Shuningdek, barcha Markaziy Osiyo mamlakatlarining umumiy kelajak uchun mas’uliyatni his etishi mintaqaning barqaror rivojlanishi va farovonligining mustahkam poydevori va kafolatidir.
Bizning bosh maqsadimiz – umumiy sa’y-harakatlarimiz bilan Markaziy Osiyoni barqaror, iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdan iborat. 
Buning uchun biz turli nizolarni qo‘zg‘aydigan va unga ko‘maklashadigan sabab va omillarga birgalikda barham bermog‘imiz, umummintaqaviy ustuvor manfaatlarni inobatga olish asosida milliy rivojlanishni ta’minlamog‘imiz zarur. 
Biz bugun taraqqiyotimizning umumiy ustuvor yo‘nalishlarini anglagan holda, chegara, suvdan foydalanish, transport va savdo singari o‘tkir mintaqaviy masalalarni echish bo‘yicha oqilona murosa yo‘lini izlamoqdamiz. 
Bugungi konferensiya doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Turkmaniston tomonidan Davlat chegaralarining tutashgan nuqtasi hududi haqida shartnoma imzolandi. 
Ushbu shartnoma muddatsiz bo‘lib, denonsatsiya qilinmaydi, u uch qo‘shni davlat o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlaydi.
So‘nggi paytda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘z chegaralarining 85 foizi yuzasidan kelishuvga erishdi. Ko‘pdan buyon davom etib kelayotgan muammolardan biri deyarli hal etildi. 
Transport sohasidagi hamkorlik kengaydi. Tojikiston bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklandi. Tovar ayirboshlash hajmi oshmoqda, chegaraoldi hududlar o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanmoqda, madaniy-gumanitar sohadagi munosabatlar faollashmoqda. 
Shu bilan birga, qo‘lga kiritilgan dastlabki natijalardan xotirjamlikka berilishimiz mumkin emas, biz hali yo‘lning boshida turibmiz, deb hisoblayman, deb bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga e’tibor qaratdi. 2017-2018 yillarda Qo‘shni respublikalar bilan har tomonlam manfaatli bo‘lgan iqtisodiy, savdo, madaniy aloqalar, “Orol” masalasi bo‘yicha amaliy xarakterga ega bo‘lgan munosabatlar olib borilmoqda.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin