7- mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma'naviy va madaniy taraqqiyot.



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə34/76
tarix02.12.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#137469
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76
Mundarija t r

Bozor iqtisodiyoti - 1) iqtisodiy munosabatlar bozor qonunlari orqali boshqariladigan, erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan, antimonopol yo‘nalishdagi ishlab chiqarish usuli rivojlanishining navbatdagi bosqichini o‘rganadigan fan; 2) erkin tovar - pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimidir; 3) erkin tovar pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi, aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan va boshqarilib (tartibga solinib) turuvchi iqtisodiyotdir; 4) tovar ishlab chiqarish, ayirboshlash va pul muomalasi qonun-qoidalari asosida tashkil etiladigan va boshqariladigan iqtisodiy tizimdir.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish- ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyonitini xo‘jalik faoliyatining markazlaShuvini yo‘kotish, narxlar va tashqi iqtisodiy aloqalarni bosqichma-bosqich urkinlashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar asosida isloh qilish.
VAZIR- arabcha so‘z bo‘lib, yordam ko‘rsatuvchi, yordamchi degan ma’noni anglatadi. Birinchi bor vazir unvoni VIIIasrda abbosiylar sulolasi davrida paydo bo‘lgan. SHundan boshlab musulmon davlatlarining hukumatlari tarkibida oliy mansab egasi sifatida vazirlar faoliyat ko‘rsatishgan. Ular podshohlar, xonlar va viloyat hokimligiga tayinlangan shahzodalarning yordamchilari hisoblangan. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tarkibida bosh vazir va har soha bo‘yicha ish olib boruvchi vazir lavozimi mavjud bo‘lib, keng faoliyat ko‘rsatmoqda.
VAQF-davlat tomonidan, shuningdek, ayrim kishilar tomonidan diniy muassasalar- masjid, madrasalar hamda ayrim ruhoniylarga-eshon, muftiylarga, so‘fiylik jamoalari izmiga ixtiyoriy suratda o‘tkazilganligi to‘g‘risida hujjat. Vaqfnomada mulkning vaqfga o‘tkazilish sababi, mulk egasining nomi, vaqf qiligan mulkning mutavallisi (boshqaruvchisi), vaqf mulkidan foydalanish tartibi, guvohlar aniq ko‘rsatilgan. Vaqfnoma qozi tasdig‘idan keyin qonuniy kuchga kirgan.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin