7- mavzu: Mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma'naviy va madaniy taraqqiyot.


JAYHUN-VIII asrdan boshlab, hozirgi Amudaryo arab manbalarida shu nom bilan yuritilgan. ISLOM



Yüklə 1,69 Mb.
səhifə38/76
tarix02.12.2023
ölçüsü1,69 Mb.
#137469
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76
Mundarija t r

JAYHUN-VIII asrdan boshlab, hozirgi Amudaryo arab manbalarida shu nom bilan yuritilgan.
ISLOM- dunyoda eng ko‘plardan tarqalgan dinlardan biri bo‘lib, unga e’tiqodda bo‘lganlar musulmonlar deb ataladi. Islom dini yagona xudo-Ollohga e’tiqod qiladi.
ISTILO-qurol kuchi bilan o‘zga mamlakatni bosib olish, zabt etish.
ISTIQLOL- mustaqillik.
IJTIMOIY SIYOSAT – 1) daromadlarni taqsimlashda iqtisodiyot qatnaShuvchilari o‘rtasida tengsizlik natijasida vujudga keladigan ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan davlatning chora-tadbirlaridan iborat; 2) bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni iqtisodiyot qatnaShuvchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo‘naltirilgan siyosat; 3) davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnaShuvchilari o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlari.
IJTIMOIY TARAQQIYOT - 1) jamiyat (individlari emas), balki barcha a’zolari)ning taraqqiyoti; 2) jamiyat sohalaridan biri (ijtimoiy-iqtisodiy birlikning bir tomoni) taraqqiyoti.
IMPERIYA– (lot.imperium - hokimiyat) – 1)imperator boshqargan monarxiya davlatning nomi; ba’zi qadimgi zamon (Rim imperiyasi), o‘rta asr (“Muqaddas Rim imperiyasi”) yirik monarxiya davlatlari ham imperiya deb atalgan. Podsho Rossiyasi Pyotr1 davri(1721)dan Romanovlar hokimiyati ag‘darilguniga qadar (1917), Fransiya Napoleon 1 (1-imperiya) va Napoleon 111(2-imperiya) davrida, Avstriya 1804-1914 yillarda (1868 yildan Avstriya-Vengriya), Germaniya (1871 yildan 1918 yil inqilobiga qadar) imperiyabo‘lgan; 2) mustamlakalari bo‘lgan yirik davlatlar. Masalan, Buyuk Britaniya dominion va mustamlakalari bilan birga Britaniya imperiyasini tashkil etgan.
INAUGURATSIYA – (lot. inaugro - bag‘ishlayman) – davlat boshlig‘ining shu oliy lavozimni bajarishga kirishishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosim.
INTEGRATSIYA – (lot. integratio, integer – butun so‘zidan olingan) – biror-bir qism va elementlarni bir butunga birlashtirish, iqtisodda xo‘jalik hayotini internatsionalizatsiyalashning oliy formasi bo‘lib, bunga xalqaro mehnat taqsimotini chuqurlashtirish ob’ektiv ravishda sabab bo‘ladi. U turli mamlakatlarning o‘zaro yaqinlashuvida va ularning koxonalari, tarmoqlari vam hatto milliy iqtisodning yagona xo‘jalik organizmiga birlashuvida ifodalanadi hamda bu jarayonnitartibga solib turuvchi iqtisodiy siyosatdir.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin